PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.8K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Murojaat_va_natija

Yogʻingarchilik natijasida Moʻminobod mahallasi S.Rahimov koʻchasida suv toʻplangan holat boʻyicha murojaat yoʻllangan edi.

Murojaatni hal etish maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan ariqlar tozalandi va muammo bartaraf etildi.

Shu oʻrinda fuqarolardan oʻzlari yashab turgan xonadon, koʻchalar ozodaligiga eʼtibor qaratish, maishiy chiqindilarni suv yoʻllariga tashlamaslikka chaqiramiz. Suvga chiqindi tashlash ogʻir gunoh boʻlishi bilan birga turli noxushliklarga sabab boʻlishi haqida eslatib oʻtamiz!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hamkorlik

Gʻayrat mahallasida Xitoy kompaniyasi tomonidan yana bir uy-joy kompleksi quriladi

Oʻzbekiston va Xitoy investitsiya forumida Piskent tumani uchun 20 mln dollarlik yana bir loyiha uchun kelishuvga erishildi. “Xin YinSheng Real Estate Development Co.” Ltd tomonidan Gʻayrat mahallasida yangi, zamonaviy koʻp qavatli turarjoy kompleksi qurish uchun dastlabki kelishuvlar imzolandi. Ushbu loyiha uchun Xitoydan 20 mln dollar miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya kiritiladi. Investorlar mart oyida Piskent tumaniga kelishi rejalashtirilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Audio
🟦🟦🟩🟩

Shanba – qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni. “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Dehqon va fermer xoʻjaliklarida bahorgi mavsumda foydalaniladigan texnika vositalarini ta’mirlash ishlari boshlandi.

🔘Bekobod tumani. O’zbekiston Respublikasi fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining yuridik bo’lim boshlig’i  va tegishli mutasaddilar ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi.

🔘Bo'stonliq tumani. Suvni tejash maqsadida, tumandagi fermer xoʻjaliklari tomonidan ichki ariqlarni betonlashtirish va lotok yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔘Piskent tumani. Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari hamda tuman hokimligi masʼullari hamrohligida agrar sohada amalga oshirilayotgan mavsumiy yumushlar holati oʻrganildi.

🔘Zangiota tumani. Issiqxonalarda gidroponika usulida pomidor yetishtirilmoqda.

🔘Yangiyo'l tumani. Tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 3,3 trillion soʻmga yetdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Ayni kunlarda tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari tomonidan chorva mollarini oqsil kasalligiga qarshi guruh usulida  profilaktik emlash tadbirlari olib borilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Bildirish

Bugun, 28-yanvar kuni ertalab 6:00 da Murotali podstansiyasida avariyali o‘chish sodir bo‘lgan. Shu sababli Murotali, Taraqqiyot, Saidobod, Ahil mahallalarida elektr energiyasi oʻchgan. Holatni bartaraf etish maqsadida avariya brigadasi jalb etilgan. Hozirda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Piskent TETK

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Axborot 24 | Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan mavsumiy profilaktik tadbirlar oʻtkazib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Bolalar sport maktabida ota-onalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Piskent tumani Bolalar sport maktabida muassasa rahbariyati va ota-onalar uchrashuvi oʻtkazildi. Unda sport seksiyalari murabbiylari, shu yerda shugʻullanuvchi yoshlarning ota-onalari va sportchi yoshlar qatnashdi.

Kun tartibida muassasada maʼnaviy muhitni yaxshilash, sportchilar oʻrtasida korrupsiyaning oldini olish masalalari boʻyicha fikr almashildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент раислигида уй-жой, қурилиш, коммунал хўжалиги, транспорт ва экология соҳаларида амалга оширилган ишлар ва устувор вазифалар юзасидан йиғилиш бошланди.

Ушбу тизимда 3 та вазирлик ва идора, 3 та инспекция, 5 та компания, ҳудудларда қурилиш, уй-жой ва коммунал хўжалиги соҳаларига масъул ҳоким ўринбосарлари борлиги, пойтахт ва Тошкент вилояти ҳокимларига қурилиш ва коммунал соҳага алоҳида ўринбосар берилганига қарамай, бу комплекс халқимиз энг кўп норози бўлиб мурожаат қиладиган соҳалардан бири экани қайд этилди.

Давлатимиз раҳбари қурилиш соҳасига замонавий стандартларни жорий қилиб, қурилиш нормаларини янгилаш, ичимлик суви таннархи ва тармоқдаги йўқотишларни камайтириш, маҳаллий авиарейсларни кўпайтириш, Тошкент шаҳрида тирбандликни камайтириш ва жамоат транспортини яхшилашдаги камчиликларни бирма-бир санаб, мутасаддиларнинг бу борадаги ишлари қониқарсиз эканлигини қайд этди.

Шу муносабат билан транспорт вазири И.Маҳкамов, унинг биринчи ўринбосари М.Омаров, ИИВ Йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати бошлиғи О.Саидов ва “Тошшаҳартрансхизмат” АЖ раиси А.Жўраевга ҳайфсан эълон қилинди ва охирги огоҳлантириш берилди.

Facebook|Instagram|X
Президент раислигидаги йиғилишда Иқтисодиёт ва молия вазирининг ўринбосари лавозимида ишлаб келаётган Адиз Музаффарович Бобоев Ҳисоб палатаси раиси лавозимига, палата раиси ўринбосари лавозимини эгаллаб келган Меҳриддин Раззоқович Абдуллаев палата раисининг биринчи ўринбосари лавозимига тайинлангани эълон қилинди.

Facebook|Instagram|X
Шунингдек, йиғилишда транспорт тизимини рақамлаштириш, йўл қурилиши ва эксплуатациясига хусусий секторни жалб қилиш, темир йўлда юк ташиш автомобилга нисбатан 3 баробар кўп вақт талаб қилаётгани, ҳаво ифлосланишини олдини олиш бўйича илмий асосланган таклиф ва ҳисоб-китоблар қилинмаётгани бўйича тегишли вазирлик ва идоралар фаолиятидаги қолоқликлар кўрсатиб ўтилди.

Комплекс таркибига кирувчи вазир ва ҳокимларнинг режалари ва натижалари суст бўлган ўринбосарлари ишдан бўшатилиб, уларга аниқ KPI белгиланиши ва шундан кейин бир йил муддатга шартнома асосида ишга олиниши белгиланди.

Тошкент шаҳри ва Тошкент вилояти ҳокимларида қурилиш ва коммунал хўжалигига жавоб берадиган 1 нафар ўринбосар бўлиши қарор қилинди.

Facebook|Instagram|X