PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.79K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Хитойга давлат ташрифининг иккинчи куни: икки мамлакат ҳудудлари ва ишбилармонлари ўртасидаги ҳамкорлик янада ривожланишига янги суръат бағишланди

Второй день государственного визита в Китай: придан новый импульс развитию межрегионального и делового сотрудничества двух стран

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Билган_яхши

⚡️Давлат фуқаролик хизматчиси коррупцияга нисбатан муросасиз муносабатда бўлиши шарт

"Давлат фуқаролик хизмати тўғрисида"ги қонунга кўра, давлат фуқаролик хизматчиси коррупцияга нисбатан муросасиз муносабатда бўлиши ва коррупцияга олиб келиши мумкин бўлган ҳаракатларнинг (ҳаракатсизликнинг) олдини олиши шарт.

Агар давлат фуқаролик хизматчиси коррупция фактлари тўғрисидаги ахборотга эга бўлса, у коррупциянинг олдини олиш учун зарур чоралар кўриши, шу жумладан юқори турувчи давлат органини (мансабдор шахсини) ёки коррупцияга қарши курашиш бўйича махсус ваколатли давлат органини дарҳол хабардор қилиши ёхуд ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органга мурожаат этиши керак.

Коррупция фактлари тўғрисида хабар берган давлат фуқаролик хизматчисига қонунчиликда белгиланган тартибда давлат ҳимояси таъминланади.

Каналга уланиш — t.iss.one/argos_uz
#Tadbir

Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida mahallalarda tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bugun Navoiy mahallasi 7-maktabda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash” yili munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida inson manfaatlari mujassam. Tadbir davomida maktabning ijodkor oʻquvchilari tomonidan ona Vatan, tinch va osoyishta hayot kuylangan sheʼr va qoʻshiqlar ijro etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Audio
🟦🟦🟩🟩

Juma – qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni

🔘Piskent tumani. "Birlik" mahallasidan kelib tushgan murojaat tuman Suv taʼminoti korxonasi mutaxassislari tomonidan bartaraf etildi.

🔘Bekobod tumani. "Mallaboy" mahallasining ko’chalarida shag’allashtirish ishlari olib borildi.

🔘Bo'ka tumani. Tuman hokimi "Bunyodkor" mahallasining "Mevazor" ko'chasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Mahallalarda ichki ko‘chalarni obodonlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔘Ohangaron shahri. Shahar hokimi qurilish va kommunal sohadagi muammolarni oʻrganib, takliflar bilan tanishdi.

🔘Angren shahri. “Yangi Hayot” mahallasi “Oʻzbekiston mustaqilligi” koʻchasida ichki yoʻllar shagʻallashtirildi.

🔘Chinoz tumani. Tumanda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida, bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda.

🔘Yangiyo'l shahri. Shaharda faoliyat olib borayotgan boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘lagi va bolalar maydonchalari ta'mirlanmoqda.

🔘Nurafshon shahri. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutasaddilari ishtirokida 26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Suvni birgalikda asraylik!" shiori ostidagi davra suhbati oʻtkazildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълими сифатини яхшилаш чора-тадбирларига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по улучшению качества школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktablar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Yoshlar_siyosati_amalda
                
Oʻzini band qilish istagida boʻlgan 10 nafar yigit-qizga subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirildi                                                            
Yoshlarning mustaqil hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish borasida Piskent tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun tuman hokimi oʻrinbosari Sh.Mahmudov, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bir guruh yoshlar va ularning oila aʼzolari bilan muloqot oʻtkazildi.

Unda Birlik, Lolaariq, Maylobod, Mitan, Ahil, Oybek, Mingtepa, Murotali, Taraqqiyot mahallasida yashovchi “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan va oʻzini band qilish istagidagi 10 nafar yigit-qizga noutbuk, pishiriq pechi, sovutkich hamda tikuv mashinalari (+overlok) topshirildi.

Sh.Mahmudov yoshlar bilan suhbatda boshlayotgan tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. Yoshlarning onalari ham bu imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi