PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.8K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Tomorqa_xazina
#Seminar

Yerni boqsang, yer seni boqadi

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi va Piskent tuman kengashi tomonidan hokim yordamchilari va tomorqa yer egalari ishtirokida Navoiy mahallasida amaliy seminar tashkil etildi.

Piskent tumanida aksariyat mahallalar “bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida ixtisoslashgan boʻlib, Navoiy mahallasi aholisi asosan issiqxonalarda bulgʻor qalampiri yetishtiradi.

Seminarda Choʻlpon koʻchasi 47-uy egasi Yorqin Rahmonov yigʻilganlarga oʻz tomorqasidan samarali foydalanib qurgan 8 sotix issiqxonasini koʻrsatib berdi. Unda bulgʻor qalampiri va garmdori ekilgan boʻlib, salmoqli daromad koʻrib kelmoqda. Seminar davomida “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishoni sohibi oʻz tajribasi boʻyicha ishtirokchilarga mahorat darsi ham oʻtkazib berdi.

Shu koʻchadagi 43-xonadon sohibi Asrorxon Abdujabborov esa Kengash huzuridagi jamgʻarma kredit mablagʻi hisobiga tashkil etgan issiqxonada gidroponika usulida qulupnay ham yetishtirib kelmoqda. Choʻlpon koʻchasida yashovchi Sayburxonov, Qoirovlar oilasi ham namunali tomorqachilar hisoblanadi. Ushbu hovlilarda yetishirilgan ertaki mahsulotlar nafaqat mahalla, tuman bozorlarini ham sara meva-sabzavot bilan taʼminlab kelmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#tomorqa

ANOR DONIDEK DAROMAD TOPAYOTGANLAR...

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tomorqa_koni_foyda

Piskent tumani mahallalarida aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida fuqarolar yigʻini raislari tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Mingtepa, Oqtepa mahallalarida fuqarolarga qoʻl ostidagi imkoniyat boʻlgan boʻsh maydonlarini haydatib, ekin ekishga tayyorlash, piyoz, sarimsoqpiyoz, lavlagi, karam va gulkaram, rediska singari ekinlarni toʻqsonbosti usulida ekish, mavjud uzumzor va bogʻlarda qator oralariga kichik issiqxonalar tashkil etish boʻyicha tushuntirilib, yaqindan yordam berildi.

-Mahallamizda 502 ta xonadonda jami 114 gektar tomorqa mavjud. Aholi tomorqasidagi imkoniyatdan samarali foydalib kelmoqda. Umid Soipov, Obloqul Toʻraqulov singari tomorqachilarimiz mana shu toʻqsonbosti ekinlaridan erta bahorda 25-30 million soʻmgacha daromad qilishadi,-deydi Oqtepa mahallasi raisi J. Sheronov.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tomorqa_koni_foyda

Mirishkor dehqonlarimiz toʻqson kun qishda ham yerni boʻsh qoldirmaganlar. Sovuqqa chidamli sabzi, lavlagi, piyoz, kashnich, shovul, ismaloq kabi ekinlar ekib, yerdan samarali foydalanishgan.

Tumanimizda 17 950 dan ziyod xonadonlarda 2 695 gektar shaxsiy tomorqa maydoni mavjud. Ayni kunlarda qoʻl ostidagi imkoniyatdan unumli foydalangan piskentliklar to‘qsonbosti ekinlarni ekishmoqda. Mehnatning natijasi qishdan chiqib, “ilik uzildi” payt - erta koʻklamga yetganda natija beradi. Oilani servitamin sabzavot va koʻkatlar bilan taʼminlash barobarida qoʻshimcha daromad manbaiga aylanadi.

Suvti MFY da yashovchi Munira Azimova ham tomorqasidan halol daromad topayotganlardan. Uning aytishicha, 10 sotix yerga sarimsoqpiyoz ekib, bahorda har kilosini 15 ming soʻmdan jami 20 million soʻmga sotishgan. Bu yil ham oilasi bilan boʻsh vaqtida piyoz va sarimsoqpiyoz parvarish qilishyapti.

Sizchi, qish oldidan tomorqangizga foydali ekin ekdingizmi?

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Сайхунобод туманида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида томорқа ва уй хўжаликларидаги имкониятларни тўлиқ ишга солиш орқали аҳоли даромадларини ошириш чора-тадбирлари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

В Сайхунабадском районе под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам повышения доходов населения за счет полного использования возможностей приусадебных земель и домашних хозяйств.

#Mirziyoyev #videoselektor #tomorqa #daromad

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X