PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Kasbga_oʻqitish

200 nafar ayolni kasbga o‘qitish imkoniyati yaratildi

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xuzuridagi Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazida xotin-qizlar uchun oʻquv kurslari tashkil etildi.

Ayollarning shaxsiy tomorqa va yer maydonlaridan samarali foydalanish koʻnikmasini oshirish orqali ularning bandligini taʼminlash hamda daromadlarini oshirish maqsadida oʻquv kurslarida Piskent tumanidagi ishsiz ayollar va “Ayollar daftari”ga roʻyxatga olingan bir guruh xotin-qizlar yuborilmoqda.

4 bosqichda tashkil etiladigan oʻquv kursi 22-yanvardan 3-fevralgacha davom etib, piskentlik 200 nafar ishsiz ayollarni oʻqitish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bildirish

⚡️Piskent TETK ogohlantiradi!

Bugun, 24-yanvar kuni elektr tarmogʻida tamirlash ishlari munosabati bilan Bekobod, Yangiobod, Moʻminobod mahallasida soat 14:00 dan 15:30 gacha vaqtincha elektr energiyasi oʻchiriladi.

Shuningdek, Doʻstbekov hududi 4-boʻlimda daraxt butash ishlari munosabati bilan 10:00dan 16:00gacha Fayzobod va Istiqlol mahallasi hamda Suvti mahallasi bir qismida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchirildi.

Keltirilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Piskent TETK.

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Осиё инфратузилмавий инвестициялар банки бош қароргоҳига ташриф буюриб, банк президенти Цзинь Лицюнь билан музокара ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев посетил штаб-квартиру Азиатского банка инфраструктурных инвестиций, где провел переговоры с президентом банка Цзинь Лицюнем.

#Mirziyoyev #uchrashuv #OIIB #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Murojaat_izidan

Piskent tumani hokimi oʻrinbosari D.Abdazimov aholi murojaatlari izidan Doʻstlik mahallasida boʻldi. Tuman gaz taʼminoti filiali va boshqa kommunal soha rahbarlari bilan birgalikda bir guruh fuqarolar bilan muloqot oʻtkazildi.

Doʻstlik mahallasi Piskent tumanining oʻrta bosimli gaz quvuridan 17-18 km olisda joylashgan boʻlib, masofani hisobga olganda hududni tabiiy gaz bilan gazlashtirish ijobiy natija bermasligi aniqlangan. D.Abdazimov aholi bilan suhbatda ushbu muammoni hal etishda nisbatan yaqinroq boʻlgan qoʻshni tumanlardan yuqori bosimli gaz tarmoqlari orqali gazlashtirish yoʻllarini koʻrib chiqilayotganini tushuntirdi.

Bunga qadar, masʼullar tomonidan suyultirilgan gaz bilan muntazam taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Shuningdek, arzonlashtirilgan narxda koʻmir yoqilgʻisi harid qilish imkoniyati yaratilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Tumanimiz obodligi har birimizga bogʻliq

Piskent tumani hokimligi mutasaddilari hamda “Toza hudud”, Obodonlashtirish boshqarmasi vakillari bilan birga tungi reydlar oʻtkazilmoqda.

Kuni kecha oʻtkazilgan tungi nazorat tadbirlarida markaziy Amir Temur va Bobur koʻchalarida faoliyat yurituvchi bir necha tadbirkorlar tomonidan Toza hudud bilan shartnoma tuzmasdan, tunda chiqindilarni yoʻl yuzalariga tashlab ketilayotgan holatlar aniqlandi. Holat boʻyicha tegishli choralar koʻrildi.

Aziz tumandoshlar! Piskent tumani oʻzimiz tugʻilib oʻsgan joy. Uning ozodaligi ham avvalo oʻzimizga kerak. Shu bois barchani uning obodligiga hissa qoʻshishga chaqiramiz.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Пекин шаҳридаги тадбирлар доирасида Хитой Экспорт-импорт банки раиси Ву Фулинни қабул қилди.

В рамках программы пребывания в городе Пекине Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял председателя Экспортно-импортного банка Китая Ву Фулина.

#Mirziyoyev #qabul #Eksimbank #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kun_tartibi

Prezident Sh.Mirziyoyevning 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-sonli Farmoni hamda “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Piskent tumanida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Toshkent viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi boshligʻi F.Abdullayev, tumandagi 29 ta mahallaga biriktirilgan masʼul rahbarlar ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, yuqoridagi qarorlar mahalla instituti nufuzini yanada oshirishda muhim oʻrin tutadi. Uning ijrosini taʼminlashda avvalo mahallalarda xatlov olib borilmoqda. Yigʻilishda xatlov va aniqlangan muammolarni hal etish borasida zarur koʻrsatmalar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi