PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.8K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг таклифига биноан давлат ташрифи билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина отбыл в эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
KOʻCHALARGA SARISHTALIK ULASHIB

Sarlavhadan ham maʼlumki,  gap mehnatkash obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari  haqida bormoqda. Qishning sovugʻi, qorli-yomgʻirli kunlarida ham erta tongdan oʻz vazifasini sidqidildan bajarayotgan mehnatkash ishchilarning mashaqqatli mehnatini hamma ham sabr-toqat bilan bajarmaydi.

🌐BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
2024-yil uchun Piskent tumani mahallalari kesimida yer soligʻi stavkalari tasdiqlandi

2024-yil 11-yanvar kuni Xalq deputatlari Piskent  tuman Kengashining VI-73-3-10-142-K/24-son qaroriga asosan, tumanning iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar kesimida 2024-yil 1-yanvardan yer soligʻi bazaviy stavkalariga qoʻllaniladigan koyeffitsiyentlar miqdorlari mahalla fuqarolar yigʻinlari kesimida tasdiqlandi.

Unga koʻra, tumandagi 29 ta mahalla boʻyicha yer soligʻi stavkalari uchun koeffitsiyentlar belgilandi. Tasdiqlangan qarorga koʻra, tuman markazida joylashgan Bekobod, Birlik, Lolaariq, Maylobod, Mitan, Moʻminobod, Navoiy, Oybek va Yangiobod MFYlarda jismoniy shaxslar uchun 1,1 koeffitsiyent belgilanib, 1 kv.m. yer uchun  421 soʻm 25 tiyin soliq stavkasi belgilandi.

Shuningdek , tumanning Ahil, Gʻayrat, Guliston, Doʻngqoʻrgʻon, Doʻstlik, Zominovul, Kelovchi, Koʻlota, Kultepa, Mingtepa, Murotali, Mustaqillik, Oqtepa, Oqtom, Saidobod, Suvti, Taraqqiyot, Fayzobod, Chimqoʻrgʻon, Istiqlol MFYlarda esa 0,95 koeffitsiyenti qoʻllanilib, jismoniy shaxslarga 1 kv.m. yer uchun yer soligʻi 363 soʻm 80 tiyin yer soligʻi stavkasi belgilandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️E-AUKSION platformasida elektron raqamli imzo kalitini olish

Auksionda qatnashib yer uchastkasi olmoqchisiz, biroq mazkur platformadan qanday foydalanishni bilmayapsizmi?

⬆️ Dastavval, siz E-AUKSION onlayn platformasida ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim bo‘ladi.

✔️Keyingi harakat esa elektron raqamli imzo kalitini olishdir. Mazkur videorolik orqali E-AUKSION platformasida elektron raqamli imzo kalitini olish tartibi ketma-ketligi bilan batafsil tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Audio
🟦🟦🟩🟩

Seshanba – hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimligida Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi mas'ullari hamda mahalla raislari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🔘Bekobod tumani. Tumanda sportning gandbol turi bo‘yicha U16 yoshlilar va qizlar o'rtasida Toshkent viloyati chempionati oʻtkazildi.

🔘Olmaliq shahri. Hokimlik binosida sektor rahbarlari boshchiligida shahar prokuraturasining muvofiqlashtiruvchi Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. 71-sonli maktabda "Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat" shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔘Toshkent tumani. Probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔘Nurafshon shahri. Prezident maktabi o'quvchilariga "Vatan tayanchi" ko'krak nishoni va guvohnomasi topshirildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. 34-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchilar oʻrtasida aniq fanlardan tuman fan olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

🔘Yangiyo'l tumani. Aʼlo baholarga oʻqigan yuqori sinf oʻquvchilariga “Direktor stipendiya”lari topshirildi.

🔘Ohangaron shahri. Shaharda mahalla tizimi xodimlari va masʼullar uchun seminar tashkil etildi.

🔘Bo'ka tumani. Joylarda sayyor qabullar o'tkazilmoqda.

🔘Zangiota tumani. Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi iqtidorli va iste’dodli o‘quvchilarining intelektual salohiyati, bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, seminar-trening tashkil etildi.

🔘Ohangaron tumani. 1-son kasb-hunar maktabida "Laziz" MChJ rahbari va boshqa sohalarda yuqori natijalarga erishgan shaxslar ishtirokida o'quv-seminar o'tkazildi.

🔘Yangiyo'l shahri. Madaniyat saroyida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Mahallalarda yoshlar yetakchilari tomonidan xatlov jarayonlari olib borilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикасига давлат ташрифини ХХР Давлат кенгаши Бош вазири Ли Цян билан учрашувдан бошлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев начал государственный визит в Китайскую Народную Республику со встречи с Премьером Государственного совета КНР Ли Цяном.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Piskent tumanida boʻlib oʻtgan sayyor sud majlisida 6 nafar mahkum ozod etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Kasbga_oʻqitish

200 nafar ayolni kasbga o‘qitish imkoniyati yaratildi

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xuzuridagi Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazida xotin-qizlar uchun oʻquv kurslari tashkil etildi.

Ayollarning shaxsiy tomorqa va yer maydonlaridan samarali foydalanish koʻnikmasini oshirish orqali ularning bandligini taʼminlash hamda daromadlarini oshirish maqsadida oʻquv kurslarida Piskent tumanidagi ishsiz ayollar va “Ayollar daftari”ga roʻyxatga olingan bir guruh xotin-qizlar yuborilmoqda.

4 bosqichda tashkil etiladigan oʻquv kursi 22-yanvardan 3-fevralgacha davom etib, piskentlik 200 nafar ishsiz ayollarni oʻqitish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bildirish

⚡️Piskent TETK ogohlantiradi!

Bugun, 24-yanvar kuni elektr tarmogʻida tamirlash ishlari munosabati bilan Bekobod, Yangiobod, Moʻminobod mahallasida soat 14:00 dan 15:30 gacha vaqtincha elektr energiyasi oʻchiriladi.

Shuningdek, Doʻstbekov hududi 4-boʻlimda daraxt butash ishlari munosabati bilan 10:00dan 16:00gacha Fayzobod va Istiqlol mahallasi hamda Suvti mahallasi bir qismida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchirildi.

Keltirilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Piskent TETK.

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi