PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.63K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Profilaktika

Yoʻllarda baxtsiz xodisalarning oldini olish maqsadida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda

Piskent tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl harakati qoidalariga amal qilinishi maqsadida profilaktika tadbirlari oʻtkazilmoqda.

5-IDUM da boʻlib oʻtgan muloqotda ishtirokchilarga yoʻl harakati qoidalariga rioya etishlari boʻyicha profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, maxsus videoroliklar namoyish etildi.

Shuningdek, tuman IIB YHXB boshligʻi Q.Isakov hududda sodir boʻlayotgan yoʻl transport hodisalari va ularning sabab va ayanchli oqibatlari toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot berdi. Oldini olish choralari toʻgʻrisida fikr almashilib, muhokama oʻtkazildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Ayni damda Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uygʻur avtonom tumani – Urumchi shahrida Oʻzbekiston-Xitoy mintaqalararo forumi davom etmoqda.

Forumda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev nutq soʻzladi.

Viloyat hokimi rivojlanib borayotgan Oʻzbekiston, jumladan, Toshkent viloyati hamda Xitoyning oʻzaro doʻstona aloqalari, hamkorlikdagi ishlar, shuningdek, korxonalar faoliyatiga toʻxtaldi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkin, Toshkent viloyatida Xitoy kapitali ishtirokida 600 ta korxonalar mavjud boʻlib, ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar jami 2 milliard dollarni tashkil etadi.

Eʼtiborlisi, 2023-yilda ana shunday 234 ta yangi loyihalar amalga oshirilganligini taʼkidlash mumkin.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Vatanparvarlik oyligi doirasida Nurafshon TV ijodkorlari Piskent tumanida istiqomat qiluvchi "Shuhrat" medali sohibi, viloyat IIB YHXB xodimi, kichik serjant Adham Kuliboyev xonadonida boʻldilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
🔴Live

Urumchi shahrida boʻlib oʻtayotgan investitsiya, savdo va turizm forumi doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoy tomoni bilan B2B, G2B, G2G formatida amaliy muloqot va ishchi muzokaralar olib bormoqda.

Vakillarimiz ham mazkur oʻziga xos anjumanda faol ishtirok etib, Oʻzbekistonning, xususan, Toshkent viloyatining investitsiyaviy jozibasi, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirishmoqda, yangi investitsiya bitimlari shakllanmoqda, loyihalar yuzasidan dastlabki kelishuvlar tuzilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Mavsum_yumushlari

Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari X.Niyozov, respublika prokuraturasi masʼul xodimi A.Nabirayev Piskent tumani hokimi oʻrinbosari S.Tulepov hamrohligida tumanda agrar sohada amalga oshirilayotgan mavsumiy yumushlar bilan yaqindan tanishdi.

Oʻrganish jarayonida paxta va gʻalla ekin maydonlarida mavsumiy agrotexnik tadbirlar, shuningdek, kollektorlar hamda ariqlarni betonlash ishlari koʻzdan kechirildi. Hozirda suv yoʻllarini taʼmirlash-mustahkamlash ishlari qizgʻin davom etib, irrigatsiya boʻlimining ishchilari va texnika vositalari jalb etilgan.

Shundan soʻng masʼullar mashina traktor parklarida boʻldi. Ayni vaqtda bu maskanda oʻrim-yigʻim mavsumi uchun texnika vositalarini sozlash ishlari olib borilmoqda. X.Niyozov mavsumiy yumushlar bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi