PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.78K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Murojaat_va_natija

Bekobod mahallasi A.Alaviya koʻchasida ichimlik suvi quvuri yorilgani toʻgʻrisida murojaat “Suv taʼminoti” tuman filiali xodimlari tomonidan bartaraf etildi.

Shuningdek, mahallaga tungi yoritish chiroqlari ham oʻrnatilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Jarayon

Suv tarmoqlari mustahkamlanmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-noyabr kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yoʻqotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari belgilab berildi. 2024-yilda 1,5 ming km, yaʼni bu yilgiga nisbatan 4 barobar koʻp kanallarni betonlash vazifasi qo‘yildi.

Piskent tumanida ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Avvalo muhim vazifa boʻlgan kanal va ariqlarni betonlash ishlariga eʼtibor qaratildi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, behuda isrof boʻlishining oldini olish maqsadida 2023-yilning dekabr oyida 3 kilometr kanal, kollektor va ariqlar betonlandi. Joriy yilning yanvar-fevral-mart oylarida esa jami 81 kilometr uzunlikda suv yoʻllarining betonlab mustahkamlanishi rejalashtirilgan.

Bunda Piskent tumani fermerlari hamda suv xoʻjaligi xodimlari, zarur texnika vositalari safarbar etilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bilasizmi

🔰Davlat xizmatchilarining Odob-axloq qoidalariga rioya etishi ularning faoliyati hamda xizmatdagi axloqini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

💼 Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi holati ularni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlash va rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Seminar

Piskent tumani Kasb-hunarga tayyorlash oʻquv markazida ish qidirayotgan shaxslar hamda ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish boʻyicha oʻquv amaliy seminari boʻlib oʻtdi.

Seminarda Piskent, Boʻka, Ohangaron tumanlari hamda Olmaliq, Ohangaron, Angren shaharlaridan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshliqlari, hokim yordamchilari ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-sonli “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan ushbu markazda fuqarolarni mehnat bozoridagi talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻrgatish maqsadida bugungi kunda axborot texnologiyalari, santexnik, elektrogazpayvandchi, uy hamshirasi, massaj, tarbiyachi, oshpaz-qandolatchi, tikuvchi, umumqurilish ishlari singari qisqa muddatli oʻquv kurslari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Statistika

Piskent tumanining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari

✔️ 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 442,7 mlrd. so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,4 %ni tashkil etdi.

✔️ Tumanda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 549,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

✔️ 11 oy davomida tumanda 164,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
⚡️⚡️⚡️
Piskent tumanini elektr bilan taʼminlovchi 110 kVt yuqori kuchlanishli havo tarmogʻida avariya holati yuzaga kelgani sababli, ayni vaqtda Lolaariq, Mitan, Navoiy mahallasi isteʼmolchilari elektr taʼminotidan uzilib qolgan.

Hozirda Elektr taʼminoti korxonasi avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash tiklash ishlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi