PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли бандлигини ошириш ҳамда тадбиркорлик соҳасидаги мажбурий талабларни қисқартиришга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по повышению занятости населения и сокращению требований в сфере предпринимательства.

#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #tadbirkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Прокуратура органлари ходимлари ва фахрийларига

Работникам и ветеранам органов прокуратуры

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Sayyor_qabul

Suvti mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi

Bugun Suvti mahallasida joylashgan 18-maktabda sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi oʻrinbosari Sh.Mahmudov, hokim maslahatchisi A.Azizov, tashkilot rahbarlari, Suvti va Doʻngqoʻrgʻon mahallasidan tuman hokimligiga savol va murojaatlari boʻlgan fuqarolar ishtirok etdi.

Muloqotda ichki koʻchalarni shagʻallashtirish, oʻrnatilgan elektr ustunlariga sim tortish jarayonlarini jadallashtirish, tungi yoritkichlar oʻrnatish, uy-joy kadastri, qishloq vrachlik punktiga malakali shifokorlar jalb etish, imtiyozli kredit olish singari 20 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.

Qabuldan soʻng masʼullar ayrim murojaatlarni joyiga chiqib oʻrganishdi. Hal etish boʻyicha choralar belgilab olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Dehqon va fermerlarga qish faslida ham yetarlicha yumush topiladi.  Zero, yozdagi toʻkin-sochinlik hozirgi mehnat samarasidir.

Ayni vaqtda mavsumiy yumushlar avj pallasida olib borilmoqda. Piskent tumanida 2024-yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlarini oziqlantirish uchun mahalliy oʻgʻit jamgʻarish, xandaq va oʻralar qazish, bugʻdoyzorlarni gʻoʻzapoyadan tozalash singari ishlar bajarilmoqda.

Tumanda joriy yilda jami 8 ming gektar maydonga bugʻdoy ekilgan. Gʻallaning boʻliq yetilishi uchun 40 ming tonna mahalliy oʻgʻit zarur boʻladi. Qish mavsumida fermerlar tomonidan kuniga 650 tonna, mavsum boshidan buyon 35 ming tonna oʻgʻit chiqarildi. 1 ming 454 ta xandaqlar qazib, sugʻorish mavsumiga tayyorlab qoʻyildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ijro hujjatlari bo'yicha sotuvga chiqarilgan mulklarni sotib oling!

"E-auksion" platformasida ijro hujjatlari bo'yicha mulklar 2017-yildan buyon realizatsiya qilinmoqda. 2023-yilda 1,25 trln so'mlik 3213 ta mol-mulk sotildi. Shundan 594 ta mulk davlat daromadiga olish yo'nalishida, 2098 tasi garovga qaratilgan mulklardir.

Bugungi kunda 533 ta avtomototansport vositalari, 921 ta ko'chmas mulklar hamda 154 ta maxsus texnikalar e-auksion.uz saytida turibdi. Istalgan shaxs ushbu mulklarni ochiq auksionda ishtirok etgan holda sotib olishi mumkin.

ESLATMA: Musodara qilingan maishiy texnika va boshqa tovarlar "E-auksionshop" elektron savdo do'konida sotiladi!

Mulklarni ko'rish ➡️https://e-auksion.uz/home

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ekologiya uchun zararsiz: Oʻzbekistonga ilk bor chiqindi tashiydigan elektromobil olib kelindi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tashabbusi bilan endi yurtimizda chiqindi tashishda elektrda yurishga moʻljallangan texnika vositasidan foydalaniladi.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Jarayon

Xotin-qizlarning murojaatlari joyiga chiqib oʻrganilmoqda

Piskent tumani hokimi oʻrinbosari-Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Z.Xilvatullayeva qiyin turmush sharoitida boʻlgani sababli murojaat yoʻllagan ayollarning xonadonida boʻldi.

Mustaqillik va Mingtepa mahallasida boʻlib oʻtgan oʻrganish jarayonida murojaatchi ayollar bilan suhbat qilinib, ularning yashash sharoiti, ishlashga istagi yoki oʻzini band qilishga shart-sharoiti borligi, oilaviy holati oʻrganildi. “Ayollar daftari” va qonunchilikda belgilangan tartibda muammolari hal etilishi bildirib oʻtildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi