PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.48K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Tadbir

Mustaqillik, Maylobod va Kelovchi mahallasida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, bir necha kundan buyon tumanimizdagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlarida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda. Bugun Mustaqillik, Maylobod va Kelovchi mahallasida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari boʻlib oʻtdi. Unda mahalla faollari bilan birga respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi, Madaniyat boʻlimi vakillari, ijodkorlar hamda katta hayotiy tajribaga ega nuroniylar ishtirok etdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли бандлигини ошириш ҳамда тадбиркорлик соҳасидаги мажбурий талабларни қисқартиришга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по повышению занятости населения и сокращению требований в сфере предпринимательства.

#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #tadbirkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Прокуратура органлари ходимлари ва фахрийларига

Работникам и ветеранам органов прокуратуры

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Sayyor_qabul

Suvti mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi

Bugun Suvti mahallasida joylashgan 18-maktabda sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi oʻrinbosari Sh.Mahmudov, hokim maslahatchisi A.Azizov, tashkilot rahbarlari, Suvti va Doʻngqoʻrgʻon mahallasidan tuman hokimligiga savol va murojaatlari boʻlgan fuqarolar ishtirok etdi.

Muloqotda ichki koʻchalarni shagʻallashtirish, oʻrnatilgan elektr ustunlariga sim tortish jarayonlarini jadallashtirish, tungi yoritkichlar oʻrnatish, uy-joy kadastri, qishloq vrachlik punktiga malakali shifokorlar jalb etish, imtiyozli kredit olish singari 20 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.

Qabuldan soʻng masʼullar ayrim murojaatlarni joyiga chiqib oʻrganishdi. Hal etish boʻyicha choralar belgilab olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Dehqon va fermerlarga qish faslida ham yetarlicha yumush topiladi.  Zero, yozdagi toʻkin-sochinlik hozirgi mehnat samarasidir.

Ayni vaqtda mavsumiy yumushlar avj pallasida olib borilmoqda. Piskent tumanida 2024-yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlarini oziqlantirish uchun mahalliy oʻgʻit jamgʻarish, xandaq va oʻralar qazish, bugʻdoyzorlarni gʻoʻzapoyadan tozalash singari ishlar bajarilmoqda.

Tumanda joriy yilda jami 8 ming gektar maydonga bugʻdoy ekilgan. Gʻallaning boʻliq yetilishi uchun 40 ming tonna mahalliy oʻgʻit zarur boʻladi. Qish mavsumida fermerlar tomonidan kuniga 650 tonna, mavsum boshidan buyon 35 ming tonna oʻgʻit chiqarildi. 1 ming 454 ta xandaqlar qazib, sugʻorish mavsumiga tayyorlab qoʻyildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ijro hujjatlari bo'yicha sotuvga chiqarilgan mulklarni sotib oling!

"E-auksion" platformasida ijro hujjatlari bo'yicha mulklar 2017-yildan buyon realizatsiya qilinmoqda. 2023-yilda 1,25 trln so'mlik 3213 ta mol-mulk sotildi. Shundan 594 ta mulk davlat daromadiga olish yo'nalishida, 2098 tasi garovga qaratilgan mulklardir.

Bugungi kunda 533 ta avtomototansport vositalari, 921 ta ko'chmas mulklar hamda 154 ta maxsus texnikalar e-auksion.uz saytida turibdi. Istalgan shaxs ushbu mulklarni ochiq auksionda ishtirok etgan holda sotib olishi mumkin.

ESLATMA: Musodara qilingan maishiy texnika va boshqa tovarlar "E-auksionshop" elektron savdo do'konida sotiladi!

Mulklarni ko'rish ➡️https://e-auksion.uz/home

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi