PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.45K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Mahallada duv-duv gap

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi va mahalla fuqarolar yigʻinlari hamkorligida aholiga yurtimizda boʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlarni aniq va sodda tilda yetkazish maqsadida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy maʼrifiy va madaniy tadbirlar davom etmoqda.

“Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida Istiqlol, Birlik, Doʻstlik, Chimqoʻrgʻon va Mitan mahallalarida tashkil etilgan tadbirlarda yozuvchi va maʼnaviyatchilar, mahalla faollari samimiy muloqot qildilar. Shundan soʻng konsert dasturlariga ulanib, madaniyat xodimlari va yosh ijodkorlarning chiqishlari bilan yanada fayzli oʻtdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵Ахборот ва калория: боғлиқликлар ҳамда ўхшашликлар

🔵Контентлар сифати ва даражаси – аудитория танлови

🔵Инсон ва гаджетлар муносабати, онлайн мулоқотнинг салбий жиҳатлари, виртуал қарамлик белгилари

〰️〰️〰️〰️〰️

⚡️ Бу факт:

10 ёшгача бўлган болаларнинг 41%и доимий онлайн режимда;

14 ёш оралиғидаги болаларнинг 85%и гаджетларсиз кун ўтказмайди;

Инсон кунига 70 марта, яъни ҳар 15 дақиқада телефонини текширади;

Гаджетларга қарам бўлган одамларнинг миясидаги биокимёвий ўзгаришлар гиёҳвандлик давридаги ўзгаришлар билан бир хил.
〰️〰️〰️〰️〰️

🎥 Видеоролик орқали глобал маълумотларга эга бўлинг!

https://t.iss.one/hudud_inform
📌 8-yanvar – Prokuratura organlari xodimlari kuni

Qonun ustuvorligi yo'lida xizmat qilayotgan barcha soha fidoyilarini kasb bayrami munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Imkoniyat

Aholini tadbirkorlikka jalb etish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda baliqchilik ancha serdaromad soha hisoblanadi.

Shu maqsadda tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan mahallalarda oʻtayotgan uchrashuvlarda baliqchilik tarmoqlarini tashkil etish yuzasidan taqdimotlar uyushtirildi.

Piskent tumanida kooperatsiya shaklida faoliyat boshlayotgan “RIBIN GUD” MCHJ kam taʼminlangan va tadbirkorlikka ishtiyoqi boʻlgan fuqarolar bilan mehnat shartnomalari orqali ishlab, baliqchilik faoliyatini olib borishga koʻmaklashadi. Bunda baliqchilikka oʻqitish, yetishtirish uchun xovuz qurish, chavoqlar yetkazib berish, ozuqa yem bilan taʼminlashda yaqindan yordam beradi.

-Maqsadimiz oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va serdaromad sohalar orqali ishsiz aholining daromadini oshirish,-deydi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi M.Miryunusov.

Batafsil infografikada

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Kun_tartibi

Ijro intizomi muhokama qilindi

Bugun tuman hokimligi apparati xodimlari uchun yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari X.Adhamov va hokimlik apparati xodimlari ishtirok etdi. Kun tartibidan tumаn hokimi qaror va farmoyishlarining oʻz vaqtida bajarilishi, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda ijro intizomi masalalari muhokama etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi