PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Oqtepalik fermerlar aholi uchun sayyor yarmarka tashkil etdi

Bayram dasturxoni uchun arzon narxlarda oziq-ovqat mahsulotlari uchun savdo yarmarkalari faoliyat koʻrsatmoqda. Oqtepa mahallasida hudud fermerlari tomonidan koʻchma savdo nuqtalari tashkil etildi. Unda birlamchi ehtiyoj uchun meva-sabzavotlar oʻrin olgan. Bundan tashqari, hududlarda muddatli toʻlov uchun (1 oy muddatga) goʻsht mahsulotlari ham sotilmoqda.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bildirish

"YANGI YIL" BAYRAMIDA BARCHA XODIMLAR KETMA-KET 4 KUN DAM OLADI

"Yangi yil" bayrami munosabati bilan, Prezidentimizning 2022-yil 23-dekabrdagi PF-270-son hamda 2023-yil 22-dekabrdagi 213-sonli farmonlariga asosan, yurtimizda qoʻshimcha dam olish kunlari eʼlon qilingan. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ham tegishli qarorni imzoladi.

Ish haftasining turidan qatʼiy nazar, barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam oladi:

30-dekabr – shanba;
31-dekabr – yakshanba;
1-yanvar – dushanba;
2-yanvar – seshanba kunlari qoʻshimcha dam olish kunlari etib belgilandi.

Shuningdek, mazkur qarorda viloyat aholisining bayram kunlari maroqli dam olishini tashkil etish maqsadida, turistik obyektlar, mehmonxona xizmatlari, sanatoriylar va sogʻlomlashtirish muassasalari uchun turli chegirmalar berilishi koʻzda tutilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

Piskent tumanida Yangi yil tantanalari

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolajonlar ko‘ngliga quvonch bag‘ishlab

Bayram avvalo bolajonlarniki. Jajji insonlar koʻngliga quvonch bagʻishlash maqsadida 1-sektor hududidagi Bekobod mahallasi raisi G.Gʻulomxonova imkoniyati cheklangan bolalar tarbiyalanuvchi 1-maxsus maktabgacha taʼlim muassasasida boʻldi. Homiylar va tashkilotchilar tomonidan tashkil etilgan bayram sovgʻalari, shirinliklar va oʻyinchoqlar ulashib, ularning quvonchiga sabab boʻldi. Shuningdek, mahalladagi e'tiborga loyiq bolalarga ham bayram sovg‘alari taqdim etildi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bayram_tuhfasi

Yaxshi ishning qanoti boʻladi. Goʻyo Yangi yil bayrami arafasida yaxshi amallarni koʻpaytirishga ahd qilgandek, hayriya tadbirlari haqida xabarlar eshitmoqdamiz.

Tuman Elektr taʼminoti korxonasi masʼullari ham uzoq yillar energetika sohasida xizmat qilib, vafot etgan insonlar oilasi, shuningdek, soha faxriylari hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar xonadoniga borib, bayram bilan tabrikladilar.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Eʼtibor

Inson ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari va masʼullari Bekobod, Birlik, Maylobod, Lolaariq va Navoiy mahallasidagi nogironligi mavjud fuqarolar xonadonida boʻlib, bayram dasturxoni uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat sovgʻa-salomlar topshirdilar. Samimiy suhbat qilib, muborakbod etishdi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi