#Sessiya_73
Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar oʻrin olgan:
1.Piskent tumanining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida.
2.Piskent tumanining 2024-yilgi soliq stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
3.Tuman aholisini kuz-qish mavsumida uzluksiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash toʻgʻrisida.
4.2023-yilning oʻtgan davrida tumanda investitsiyalar jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlari va kelgusidagi istiqbolli rejalar yuzasidan.
5.Tuman tibbiyot birlashmasining aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi faoliyati toʻgʻrisida.
6.Tumanda 2023-yilda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.
7.Tuman Xalq qabulxonasi axboroti yuzasidan “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Piskent tuman filialining 2023-yilda tumanda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash borasidagi ishlari toʻgʻrisida.
8.Piskent tumani hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisida.
9.Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan yer ijara shartnomasini bir tomonlama bekor qilish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli sud organlari murojaat qilish toʻgʻrisida.
10.“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ehtiyojmand fuqarolarga moddiy yordam ajratish toʻgʻrisida.
11.Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi

#Bayonot
Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Kultepa mahallasida parrandachilik fermasida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish harakatlari olib borilmoqda. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Piskent tumani FVB.

Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Захар Прилепиннинг “Ўзбекистонни босиб олиш" таҳдиди мутлақо қабул қилиб бўлмайдиган ҳолат.
Рус сиёсатчиларининг бундай қарашлари шубҳасизки, ўзбекистонликлар орасида Россия Федерациясига салбий муносабатни кучайтирмоқда.
Унинг тобора камайиб бораётган нуфузини янада пасайтирмоқда. Рус сиёсатчилари агрессив кайфият ва сўзлар билан дўст орттириб бўлмаслигини англаб етиши зарур. Айнан шундай агрессив ҳаракатлари дўстона муносабатдаги мамлакатлар билан алоқаларнинг ёмонлашишига сабаб бўлмоқда.
Иккинчидан, Захар Прилепинни бундай ҳаракат Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 159-моддасида назарда тутилган жиноий жавобгарликни келтириб чиқариши ҳақида қатъий огоҳлантирамиз.
Учинчидан, Прилепин ва бошқа рус сиёсатчилари илгари сураётган бундай қарашлар иллюзиядан бошқа нарса эмас. Кимгадир ёқадими, ёқмайдими, Ўзбекистон мустақил, мустаҳкам суверенитетга эга мамлакатдир.
Қолаверса, қарийб 60 минг аъзога эга бўлган Ҳаракат номидан Россия расмийларини иттифоқчи мамлакатга нисбатан бундай агрессив баёнотларга эътибор қаратишга ва батамом чек қўйишга чақираман.
Прилепин бу гаплари билан Россия Конституциясининг ўзга давлатлар билан тинч ҳаёт кечириш, ички ишларига аралашмасликни назарда тутувчи 79.1 моддасига зид чиқмоқда.
BOBUR BEKMURODOV

Forwarded from ZAMON | RASMIY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PARRANDACHILIK FERMASIDA YIRIK YONG'IN YUZ BERDI
#Toshkent vil
muxbir: Elyor Go‘ro‘g‘liyev
https://t.iss.one/zamon_lavhalar
#Toshkent vil
muxbir: Elyor Go‘ro‘g‘liyev
https://t.iss.one/zamon_lavhalar
#Harbiy_vatanparvarlik
Xalq va armiya bir tanu, bir jondir!
Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida bugun Amfiteatr maydonida “Xalq va armiya bir tanu, bir jondir!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy, koʻrgazmali tadbir oʻtkazildi.
Vatan himoyachilari kuni oldidan oʻtkazilgan tadbirda Piskent tuman hokimligi, Mudofaa boʻlimi, harbiy qismlar, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari, Yoshlar ishlari agentligi hamda tumandagi tashkilotlar, yoshlar hamda keng aholi vakillari ishtirok etishdi.
Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlangan tantanada harbiy orkestr konserti, jangchi askarlarning jang sanʼati namunalari, gvardiyachilarning tantanali koʻrigi, yuksak jangovar tayyorgarligi namoyish etildi.
Tadbir yakunida tuman hokimligi va Mudofaa bo‘limi rahbariyati tomonidan bir guruh yoshlar ragʻbatlantirildi.

Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchisi O.Malginov Tashqi ishlar vazirligiga taklif etildi
2023-yil 21-dekabr kuni Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi O.Malginov taklif etildi. Uchrashuv davomida Rossiya vakiliga “Rossiya segodnya” matbuot-markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda “Spravedlivaya Rossiya – za pravdu” partiyasi hamraisi Zaxar Prilepinning O‘zbekiston hududini Rossiyaga qo‘shib olish zarurligi haqidagi taklifi mamlakatimizda chuqur tashvish hissi bilan qabul qilingani qat’iy tarzda yetkazildi.
Rossiya Federatsiyasi kabi do‘st mamlakat partiya rahbarlarining bunday o‘ylamay bildirayotgan munosabatlari, afsuski, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhiga mos kelmasligi ma’lum qilindi.
Rossiya ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan bu kabi bayonotlar ataylab provokatsion ruhda bo‘lib, xalqlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan tarixiy do‘stona munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
O‘z navbatida, O.Malginov to‘liq mas’uliyat bilan Z.Prilepinning bayonotlari Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining do‘st va mustaqil O‘zbekiston to‘g‘risidagi rasmiy pozitsiyasiga umuman aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.
Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi vakili sifatida Elchi "O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi uning mamlakatida hech qachon shubhaga olinmagan"ligini bildirdi.
O.Malginov, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi yaqin vaqt ichida ushbu hodisa bo‘yicha izoh berishni rejalashtirayotganini qayd etdi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter