PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.47K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Bildirish

Hurmatli tumandoshlar!

Ertaga, 19 dekabr kuni Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov Maylobod va Bekobod mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazadi.

Qabul vaqti: 19 dekabr, soat 11:00.
Manzil: 4-maktab faollar zali
.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Oziq_ovqat_taʼminoti
#Zaxira

Piskent tumani aholisini zarur oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish, narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha tibbiy meʼyorlarga asosan talab etiladigan kartoshka, piyoz, sabzi, guruch va boshqa mahsulotlar roʻyxati shakllantirilgan.

Tumanda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida tuman hokimligi va taʼminotchi korxonalar bilan hamkorlikda zaxira yaratilmoqda. 2023-2024-yil qish-bahor mavsumida aholi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni zaxiraga jamgʻarish boʻyicha aniq vazifalar amalga oshirildi.

Shu jumladan, asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan 576 tonnalik zaxira jamgʻarib qoʻyilgan boʻlib, shundan 200 tonna kartoshka, 70 tonna piyoz, 204,5 tonna sabzi, 102 tonna guruch (sholi) zaxirasi tayyorlab qoʻyildi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Majburiy badal pullari uy-joy sharoitini yaxshilashga sarflanadi

Prezidentimizning 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qaroriga koʻra, koʻp qavatli uylarning holatini saqlash uchun majburiy badal pullari toʻlanishi belgilangan.

Piskent tumanida 36 ta koʻp qavatli uylar boʻlib, 624ta xonadon barchasi “Mening uyim” elektron billing tizimiga ulangan,har biriga abonent raqami ochilgan. Bu badal pullari hisoblanishiga inson omili aralashmasligini anglatadi.

-Hozirda 36 ta koʻp qavatli uylarning umumiy qarzdorligi 420 million soʻmni tashkil etib, undiruv jarayonlari prokuratura va MIB, respublika Milliy gvardiya, Uy-joy kommunal xizmat boʻlimi va BSK nazoratiga olgan,-deydi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi U.Ermatov.

Taʼkidlash zarurki, majburiy badal pullari tom va fasadni taʼmirlash, kirish yoʻlaklarga temir eshik va framuga oʻrnatish, bolalar maydonchalari qurish, hudud yoʻlaklarini betonlash, yaʼni uy-joy sharoitini yaxshilashga sarflanadi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Kun_tartibi

Tuman hokimi profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi

Piskent tumani hududida jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov bugun IIB da boʻlib, IIB boshligʻi Lutfulla Rahmatullayev hamda barcha mahaladagi profilaktika inspektorlari bilan muloqot qildi. Unda tuman hududida xavfsiz muhitni yaratish va kriminogen vaziyatni yaxshilash masalalari kun tartibidan oʻrin oldi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasida targʻibot tadbirlarining ahamiyati, jinoyatchiliksiz hududni taʼminlash uchun profilaktika inspektorlarining mahalla va boshqa hamkor tashkilotlar bilan aloqalarini yanada mustahkamlash, yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayramini tinch va betalofat oʻtkazishda amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида юқори қўшилган қийматли тайёр маҳсулотлар ишлаб чиқариш ва экспорт қилиш учун шароитларни янада кенгайтириш, хизмат кўрсатиш ва туризм соҳаларини ривожлантириш бўйича навбатдаги вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по задачам дальнейшего расширения условий для производства и экспорта готовой продукции с высокой добавленной стоимостью, а также развития сфер оказания услуг и туризма.

Facebook|Instagram|Twitter