PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Jarayon
#Hozir

Ayni vaqtda Piskent tumani hokimi,1-sektor rahbari Nodirbek Yakubov qor boʻralab yogʻishiga qaramasdan, biriktirilgan hududda joylashgan maktablar va bogʻchalar, tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi shifoxonalarda boʻlib, mavjud vaziyatni koʻzdan kechirmoqda.

Dastlab tegishli mutasaddilar hamrohligida tibbiyot muassasasida boʻlgan tuman rahbari bemorlar uchun yaratilgan sharoit, isitish va yoritish tizimining samarali ishlashi, favqulodda avariya sodir boʻlganda ehtiyot choralari yaratilganligini nazorat qildi.

Shundan soʻng, 1-sektor hududidagi taʼlim muassasalarida bolajonlar sovqotmasdan oʻqishi va mashgʻulotlar oʻtishi uchun issiq tutishga koʻrilgan zarur choralarni koʻzdan kechirdi. Muassasa qorovullari va oʻt yoquvchilari bilan muloqotda avariya holatlarining oldini olish, agar sodir boʻlganda, zudlik bilan ogoh etish va yordam yetkazilishini tayinlab oʻtdi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthоkimligi
#Jarayon
#Hozir

Yoʻllarda muzlamalarning oldini olish zarur

Nodirbek Yakubovning tungi nazorat tadbirlari davom etmoqda. Kun boʻyi yoqqan yomgʻir qorga aylandi. Bu esa ertaga yoʻllar sirpanchiq va muzlamalar boʻlishidan darak bermoqda. Bunday vaqtda tuman masʼuliyati yelkasida boʻlgan insonlar koʻziga uyqu kelmaydi.

Hokimning keyingi manzili tuz-qum aralashmasi zahira qilingan maydon boʻldi. Sinov mavsumi boʻlgan kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida tuz va qum zahirasi, tuman Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasining tezkor brigadasi shakllantirilgan. Ayni vaqtda ushbu insonlar kunu tun demasdan xizmatga shay holatda turishibdi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthоkimligi
#Jarayon
#Hozir

Sinovli qish kunlari kommunal soha xodimlari zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklaydi.

Bugungi nazorat tadbirlari davomida tuman hokimi Nodirbek Yakubov mutasaddi rahbarlar bilan birga “Piskenttumangaz” filiali, Elektr taʼminoti korxonasi, “Suvoqava” korxonasida ham boʻldi.

Ushbu korxonalarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini tezkor bartaraf etish maqsadida maxsus brigadalar, transport, asbob-uskunalar hamda navbatchilik tizimi tashkil etilgan.

Tuman hokimi shtab aʼzolari bilan suhbatlashib, tegishli koʻrsatmalar berdi. Kunu tun navbatchilik davomida murojaatlarga zudlik bilan javob berish va hal etish zarurligini taʼkidlab oʻtdi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthоkimligi
#Jarayon

Piskent tumani 4-sektor rahbari Dilshod Yusupov ham sektor hududida joylashgan maktablar va maktabgacha taʼlim muassasalarida boʻlib, sovuq kunlarga tayyorgarligini koʻzdan kechirdi.

5 va 12-sonli bogʻchalarda boʻlgan sektor rahbari ob-havoning keskin pasayishi oqibatida muassasalarda isitish tizimlari uzluksiz ishlashi, aks holda quvurlarda suv muzlab, avariya holati sodir boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirib oʻtdi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthоkimligi
#Jarayon

Yoʻllar bexatar boʻlsin!

Ob-havoning keskin oʻzgarishi, ayniqsa qor yogʻishi harakat qatnashchilariga noqulayliklar tugʻdiradi.

Yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida tuman hokimligi, IIB, Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan maʼlum chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Jumladan, tuman hududidagi davlat va mahalliy ahamiyatdagi yoʻllarga qum-tuz aralashmasi sepib chiqilmoqda.

📌Shu oʻrinda haydovchilardan xavfsizlik talablari va harakatlanish qoidalariga rioya etishlarini soʻraymiz.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi