PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Kun_tartibi

Bugun Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov rahbarligida haftanoma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda tuman sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik apparati xodimlari, tashkilot va korxona rahbarlari qatnashdi.

Kun tartibidan viloyat hokimi tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda koʻrilgan masalalarning tumandagi ijrosi, jumladan, kuz-qish shtabi faoliyati, sovuq kunlarda ijtimoiy soha obyektlarining isitish va yoritish tizimlari, qozonxonalarining yaxshi ishlashi, koʻp qavatli uylarning mavsumga tayyorgarligi, yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami uchun yarmarkalar tashkil etish hamda ijro intizomi masalalari muhokama etildi. Masʼul rahbarlarga  aniq vazifalar belgilab berildi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthоkimligi
#Bildirish

⚡️Piskent tumani Kultepa mahallasi hamda Guliston mahallasining bir qismida yuqori kuchlanishli havo tarmog‘ida uzilish bo'ldi. Ayni vaqtda avariya brigadasi tiklash ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so'raymiz.

Piskent TETK.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthоkimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbir

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Piskent tumani fermerlari, paxtakor, g‘allakor va pillakorlari, agrar soha fidoyilari uchun tashkil etilgan bayram tadbiridan videolavha.

Каналга уланиш⤵️

https://t.iss.one/piskenthоkimligi
#Tabrik

Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashi kotibiyati mudiri Xolmurod Karimovni tugʻilgan kuni munosabati bilan tabriklaymiz.

Tumanimiz ravnaqi yoʻlidagi ishlarida muvaffaqiyat, sihat-salomatlik, mazmunli umr, oilaviy baxt va farzandlar kamolini koʻrish nasib etishini tilaymiz.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthоkimligi
#Jarayon
#Hozir

Ayni vaqtda yarim tun, tuman hokimligidan kuz-qish mavsumi shtabiga biriktirilgan masʼul rahbarlar hududdagi maktab, bogʻcha va tibbiyot muassasalarida nazorat tadbirlarini oʻtkazishmoqda.

Jarayonda ijtimoiy soha obyektlari isitish tizimlarining qattiq sovuqda muntazam ishlashi, sinfxonalar va mashgʻulot zallari, kasalxona boʻlmalari sovib ketmasligi choralari koʻrilmoqda. Shu bilan birga, qozonxonalar va ularga masʼul shaxslar bilan suhbatlashib, tegishli topshiriqlar berildi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthоkimligi
#Jarayon
#Hozir

Ayni vaqtda Piskent tumani hokimi,1-sektor rahbari Nodirbek Yakubov qor boʻralab yogʻishiga qaramasdan, biriktirilgan hududda joylashgan maktablar va bogʻchalar, tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi shifoxonalarda boʻlib, mavjud vaziyatni koʻzdan kechirmoqda.

Dastlab tegishli mutasaddilar hamrohligida tibbiyot muassasasida boʻlgan tuman rahbari bemorlar uchun yaratilgan sharoit, isitish va yoritish tizimining samarali ishlashi, favqulodda avariya sodir boʻlganda ehtiyot choralari yaratilganligini nazorat qildi.

Shundan soʻng, 1-sektor hududidagi taʼlim muassasalarida bolajonlar sovqotmasdan oʻqishi va mashgʻulotlar oʻtishi uchun issiq tutishga koʻrilgan zarur choralarni koʻzdan kechirdi. Muassasa qorovullari va oʻt yoquvchilari bilan muloqotda avariya holatlarining oldini olish, agar sodir boʻlganda, zudlik bilan ogoh etish va yordam yetkazilishini tayinlab oʻtdi.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthоkimligi