PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.78K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Mehr_va_eʼtibor

Aholini ijtimoiy himoyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

Bosh Qomusimiz qabul qilingan sana arafasida Piskent tumani hokimligi tomonidan 100 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirga “Koʻzi ojizlar jamiyati”ning aʼzolari, ularni parvarishlovchi xodimlar, yakka-yolgʻiz yashovchi nuroniylar taklif etildi. “Mandarin” toʻyxonasida oʻtgan bayram dasturida madaniyat xodimlari tomonidan musiqiy dastur ijro etildi. Shundan soʻng mehmonlarga esdalik sovgʻalari ulashildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mehr_va_eʼtibor

Savob ishni har kun qilish kerak, har kim qilishi kerak

Bu bejiz emas. Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslar kuni munosabati bilan hayriya tadbirlari hamon davom etmoqda. Lolaariq mahallasi faollari va homiylar ham mahalla hududidagi nogironligi boʻlgan va yolgʻiz yashovchi keksa fuqarolar holidan xabar olishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Eslatma

Hurmatli isteʼmolchilar!
8-dekabr-Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan belgilangan bayram kunlari isteʼmol qilingan tabiiy gaz uchun toʻlov qabul qilish shoxobchalari ishlamasligini hamda ushbu kunlarda tizimdagi uzilishlarni inobatga olgan holda 2023-yil 7-dekabr kuni Sizdan xonadoningizdagi gaz sarfi uchun toʻlovlarni amalga oshirishingizni soʻraymiz.

Bundan tashqari 2023-yilning 9-dekabr kunidan ob-havo haroratining keskin pasayishi tabiiy gazga boʻlgan ehtiyojning ortishiga sabab boʻlishini inobatga olib, hisobingizga oldindan toʻlovlarni amalga oshirishingiz toʻgʻri qaror boʻladi.

☎️Murojaat uchun tel.: 70-54-51-104

“Piskenttumangaz” boʻlimi ma'muriyati.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Seminar

Mavsumiy agrotexnologiyalarni oʻz vaqtida bajarish oʻsimliklarni yaxshi rivojlanishi va yuqori hosil kafolati hisoblanadi.

Piskent tumani “Shukrullayev Qozoq” fermer xoʻjaligida boʻlib oʻtgan amaliy seminarda ana shu masala kun tartibidan oʻrin oldi. Seminarda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Sh.Haydarov, tuman hokimi oʻrinbosari S.Tulepov, tuman inspektorlari va bir guruh fermerlar ishtirok etdi.

Jarayonda dala maydonlariga mahalliy oʻgʻit chiqarishning ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi. Kompost tayyorlash texnologiyasi hamda uning qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishga beqiyos foydasi taʼkidlab oʻtildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik
#Live

Ayni vaqtda Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov va Xitoy Xalq Respublikasining Bochjou shahar meri Chin Feng Yu xonim bilan uchrashuv boshlandi. Muloqotda har ikki tomon oʻrtasida samarali hamkorlik masalalari muhokama etiladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Kelishuv #Xitoy_Toshkent_viloyati

PISKENT TUMANI VA XITOYNING ZIBO SHAHRI OʻRTASIDA BIR NECHTA SHARTNOMALAR IMZOLANISHIGA ERISHILDI

Ayni damda Toshkent viloyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasi Zibo shahrida boʻlib turibdi. Mazkur manzilda Zibo shahri meri Li Szyunde Piskent tumani hokimi N.Yakubov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida futbolning paydo boʻlish tarixi aynan mana shu Zibo shahriga bogʻliqligi xususida taʼkidlanib, sport inventarida Zibo shahri va Piskent tumani oʻrtasida ogʻzaki hamkorlik kelishuvlariga erishildi.

Uchrashuvda mahalliy hokimiyat rahbarlari tomonidan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish borasida taklif va mulohazalar bildirildi. Xususan, Piskent tumani hokimi N.Yakubov tumanda Zibo shahri tadbirkorlari ishtirokida maxsus sanoat hududi tashkil etish taklifini bildirdi. Zibo shahar meri mazkur taklifni qoʻllab quvvatladi.

Piskent tumani hokimi boshchiligidagi kichik guruh ishni Bochjou shahrida shahar merining birinchi kotibi, janob Li Lei  bilan uchrashuv oʻtkazib, Xitoy xalk tabobati bozori faoliyati bilan yaqindan tanishishdan boshladilar.

Mazkur bozor joriy yilda ishga tushirilgan boʻlib, 1,1 million kvadrat metr maydonda joylashgan.

Shu bilan birga, Piskent tumanida farmatsevtika sohasida loyiha qilish istagida boʻlgan tadbirkorlar va shahar meri bilan ham uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Piskent tumanidagi "Zonitan Chemical" va Zibo shahridagi "Shangdon Zhontien technology engineering" kompaniyasi oʻrtasida Piskent tumanida natriy hamda kansongenat ishlab chiqarish boʻyicha 20 million dollarlik shartnoma imzolanishiga erishildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM