PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Tadbir

Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni munosabati bilan Piskent tumanidagi 1-sonli ixtisoslashtirigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Bolalarga bering dunyoni" deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilari, ota-onalar ishtirok etishdi. Bolajonlar bog‘cha opalari bilan birgalikda tayyorlagan kuy-qo‘shiq va raqslarni yig‘ilganlarga namoyish qildilar. Tadbir so‘nggida bolajonlarga sovg‘alar ulashildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | Созидательная работа в Пскентском районе Ташкентской области
#4dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Ayni paytda Toshkent viloyati xokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bulib turibdi.

Mazkur delegatsiya tarkibida Piskent tumani vakillari ham xitoylik tadbirkorlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik borasida qizgʻin uchrashuvlar oʻtkazmoqda. Xususan, tuman xokimi Nodirbek Yakubov Nankin shahrida Sumec kompaniyasi qarorgohida boʻlib, kompaniya vakillari bilan muloqot qildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ogohlik

Yemagan somsaga pul toʻlamang!

Soʻnggi vaqtlarda aholi orasida YOXB formasini kiygan kimsalar xonadonlarga kirib, fuqarolardan pul olish holatlari toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

Xoʻsh, ular kimlar?
Bugun Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi rahbari R.Axrorov tuman fuqarolaridan tushgan arizalar asosida oʻzini Yongʻinga qarshi kurash jamiyatidanman, degan shaxslar bilan suhbatlashdi. Asli Bekobod tumanidan boʻlgan ushbu shaxslar qoʻlidagi hujjatda belgilanganidek, Yongʻin xavfsizligi uchun moʻrkonlarni va gaz asboblarini tozalab, xizmat koʻrsatilganidan soʻng toʻlov qilinishi belgilangan boʻlsada, arizachi fuqarolar shikoyatiga koʻra, hech qanday xizmat koʻrsatilmasdan 49 000 soʻmdan 90 000 soʻmgacha miqdorida pul talab qilingan. Suhbat davomida holatga oydinlik kiritilib, mutasaddi rahbarlar tomonidan ogohlantirildi.

Hurmatli tumandoshlar! Yuqoridagi kabi holatlar sodir boʻlganida tuman FVBning 101 yoki Piskenttumangaz idorasining 104 raqamlariga murojaat qiling!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | «Обод хонадон», «Обод кўча» ва «Обод маҳалла» дастури амалда
#5dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Sarhisob

Yetakchi yoshlar hisobot bermoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2022-yil 19-yanvardagi qaroriga muvofiq joriy yil dekabr oyida yoshlar masalalari boʻyicha masʼullarning hisobotini eshitish belgilangan.

Ayni kunlarda Piskent tumani mahallalaridagi yoshlar yetakchilarining 2023-yilning yanvar-noyabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha mahallalar kesimida hisobotlari tinglanmoqda.

Bunda yetakchilar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bilim olish va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish borasida bajargan ishlari va kelgusi rejalarini taqdimot qildilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Samarali_hamkorlik
#Investitsiya

Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan Piskent tumani delegatsiyasi tomonidan jami 346 million dollarlik shartnoma va memorandumlar imzolanmoqda. Bu yangi zavod va korxonalar barpo etilib, yangi ish oʻrinlari yaratiladi demakdir.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi