PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.48K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Eʼtibor

3-dekabr –Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Inson” ijtimoiy himoya markazi hamda homiylar  tomonidan tumanda istiqomat quluvchi nogironligi mavjud boʻlgan keksa va yolgʻiz yashovchi fuqarolar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Bir piyola choy ustida oʻtgan tadbirga Oliy Majlis deputati V.N.Pak, OʻzLiDep tuman kengashi deputatlari ham qatnashdi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman boʻlimi rahbari A.Asqarov yigʻilganlarni samimiy tabriklab, yurtimizda hech kim eʼtibordan chetda qolmasligini taʼkidladi.

Shundan soʻng imkoniyati cheklangan insonlarga ularning ehtiyojiga koʻra, nogironlar aravachalari, koʻzi ojizlar hassasi, eshitish va yurishga yordam beruvchi moslamalar taqdim etildi. Tadbirga qatnashishga imkoni boʻlmagan insonlarning uylariga borib, holidan xabar olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Eʼlon

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Piskent tumani Suvti mahallasida bayram tadbirlari boʻlib oʻtadi.

Bayram dasturidan
-Sport marafoni
-Yangi mahalla binosining ochilishi
-Yangi tibbiyot punktining ochilishi
-Obod xonadon, obod koʻcha va obod mahalla mezonlari asosida taqdirlash marosimlari
-Estrada xonandalari va madaniyat xodimlari ishtirokida musiqiy dastur
-Sport musobaqalari tashkil etiladi.

Tadbirlar 2-dekabr, soat 9:00 da boshlanadi.

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Profilaktika
#Xavfsiz_tun

⚡️Piskent tumanida “Xavfsiz tun” tadbirlari doirasida tuman IIB binosida kechki va tungi xizmatga jalb qilingan shaxsiy tarkibga xizmat oldi yoʻriqnomasi oʻtkazilib, masʼul rahbarlardan xizmatni toʻgʻri tashkillashtirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar olindi.

Tadbir dаvomida kech vaqtda koʻchada bemaqsad yurgan, spirtli ichimlik ichgan holda bezorilik sodir etgan fuqarolar bilan profilaktik suhbat olib borilib, tegishli tartibda huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Shu bilan birga tashkilot va muassasalar qorovullarining xizmat jarayoni ham nazorat qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Мамлакатимиздаги уй-музейларнинг фаолиятини қайта кўриб чиқиб, уларни мазмун ва сифат жиҳатидан янги босқичга кўтариш вақти келди.
-
Пришло время пересмотреть деятельность домов-музеев нашей страны, а также вывести их на качественно и содержательно новый уровень.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1 dekabrdan nimalar o‘zgaradi?

Haydovchilarga yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi BATAFSIL

MCHJlarning taʼsis shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bekor qilinadi BATAFSIL

Subsidiya olish uchun arizani tuman (shahar) hokimligi tomonidan koʻrib chiqish bekor qilinadi BATAFSIL

Taekvondo (WT) hamma uchun” dasturi amalga oshiriladi BATAFSIL

Ayrim postlarda “Yashil” va “Qizil” tamoyili asosida avtotransportlar harakatlanishi yoʻlga qoʻyiladi BATAFSIL

Yagona darcha” bojxona axborot tizimi xizmatlari soni kengaytiriladi BATAFSIL

Fuqarolik va migratsiya sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish soddalashtiriladi BATAFSIL

Bojxona organlari xodimlari qoʻmitaning maxsus jamgʻarmasi hisobidan ragʻbatlantiriladi BATAFSIL

Avtomobil opsiyalari haqidagi maʼlumot avtomatik ravishda yetkaziladi BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tayyorgarlik_avjida

Ertaga Suvtida toʻymi?

Erta tongdan Suvti mahallasida tayyorgarlik ishlari avjiga chiqqan. Toʻyga toʻyona bilan, deganlaridek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayrami arafasida “obod xonadon, obod koʻcha va obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha bunyodkorlik va obodonlashtirishning oxirgi ishlari bajarilmoqda.

Mahallaning asosiy yoʻllariga yoritish chiroqlari oʻrnatildi. Davlatimiz ramzi boʻlgan bayroqlar ilindi.

Koʻchalar va xonadonlarda taʼmirlash va parzozlash ishlari yakunlanib, supurib sidirilmoqda. Ichki koʻchalar va markazdagi taʼmirtalab yoʻllar asfalt qilindi. Barchasi ertangi bayramga shay qilinmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi