PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.51K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Kun_tartibi

Yoʻl qoidasi-umr foydasi

Yoʻl qoidasi-umr foydasi, deb bejiz aytilmaydi.Bugun musiqa va sanʼat maktabida yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, bolalar bilan bogʻliq hodisalarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Viloyat IIB YHXB, tumani IIB hamkorligida tashkil etilgan tadbirda viloyat YHXB masʼullari, tuman IIB boshligʻi L.Rahmatullayev, tuman YHXB boshligʻi Q.Isakov, kommunal soha mutasaddilari, maktab rahbarlari, tibbiyot birlashmasi masʼullari ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, seryogʻin kuz-qish mavsumida harakat qatnashchilarining yoʻl qoidalariga amal qilishi, oʻzi va boshqalar xavfsizligini taʼminlashga masʼulligini ortishi juda muhim. Boisi, yoʻldagi kichik bir xato inson hayotiga rahna solishi mumkin. Joriy yilning 10 oyida tumanda 3 mingdan ortiq qoʻpol qoidabuzarliklar sodir etilib, ularning 83 tasi mast holda, 1ming 551 tasi esa piyodalar tomonidan sodir etilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Боку шаҳрида ўтаётган БМТнинг Марказий Осиё иқтисодиётлари учун махсус дастури саммитидаги нутқидан энг муҳим фикр ва ташаббуслар.
инфографика
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#Qabul

Fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi

Piskent tumani hokimligida tuman hokimi Nodirbek Yakubovning fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi. Unda tegishli hokim oʻrinbosarlari va masʼullar hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy olish, kredit soʻndirish, tadbirkorlik bilan shugʻullanish, kommunal sohadagi muammolar, davolanish va mahalladan moddiy yordam olish, uy-joy taʼmiri, toʻlov-kontraktni toʻlashda amaliy yordam kabi 20 ga yaqin muammolar boʻyicha murojaatlar tinglandi.

7 ta murojaat qabul jarayonida hal etish choralari belgilab, ijobiy yechim topiladigan boʻldi. Ijrosi muddat talab etilgan muammolar joyiga chiqib oʻrganilishi lozim boʻlganligi sababli tuman hokimi tegishli masʼullarga aniq koʻrsatmalar berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Taʼziya

Piskent tumani hokimligi jamoasi tumanning faol, oqila ayollaridan boʻlgan Goʻzal Nazirqulovaning vafoti munosabati bilan marhumaning oila aʼzolari hamda yaqinlariga chuqur taʼziya bildiradi.

Goʻzal Nazirqulova 1959-yilda Piskentda ziyoli oilada tugʻilgan. U tuman hokimining oʻrinbosari, xotin – qizlar qoʻmitasi raisi, deputat, Lolaariq mahallasi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan. Oilasida ham el koriga yaraydigan farzandlar tarbiyalab, jamiyatga qoʻshgan. Goʻzal Nazirqulova tumandoshlarimiz xotirasida halol, sabr-matonatli, fozila ayol sifatida qoladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon

Tumanimizda “Yashil makon” loyihasi doirasida amaliy ishlar qizgʻin davom etmoqda.

Xususan, Mingtepa mahallasida avtomobil yoʻllari boʻyi hamda ichki koʻchalarga iqlimga mos terak, tut hamda mevali daraxtlar koʻchatlari oʻtqazilmoqda. Koʻchat ekib bogʻ yaratishdek xayrli ish mahalla faollari va hududdagi fermerlar, yoʻlsozlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi