PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.78K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев: Ер ҳисоб-китобини жойига қўймасак, барқарор иқтисодиёт бўлмайди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Одоб_ахлоқ_қоидалари

⚡️Давлат хизматчилари томонидан Одоб-ахлоқ қоидаларига риоя этмаганлик ҳолати уларга нисбатан ахлоқий ва интизомий таъсир чораларини қўллаш учун асос бўлади

Каналга уланиш — t.iss.one/argos_uz
#Besh_tashabbus
#Natija

Voleybolchilarimiz yutuqlar bilan qaytishdi!

Mahalla yoshlari oʻrtasida boʻlib oʻtayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalarining respublika final bahslari oʻtkazilmoqda.

Navoiy viloyatida boʻlib oʻtayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning voleybol turi boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqalari “C” ligasining 16-21 yosh toifasida Piskent tumani Kelovchi MFY yoshlari faxrli 2-oʻrinni egalladi.

Musobaqa yakunida Respublika bosqichi gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.Tuman mutasaddilari esa sportchi yoshlarimizni karnay-surnay sadolari ostda tantanali kutib olishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Seminar

Yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan asrash – zamon talabi

Bugun tuman hokimligida yoshlarni turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishining oldini olish, ijtimoiy tarmoqlar orqali zararli kontentlardan foydalanishlariga qarshi choralar koʻrish mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda IIB terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash boʻlimi boshligʻi D.Qurbonov, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Piskent tumani masʼul vakili A.Jumaboyev, 29 mahallada faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, sport va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni muntazam oʻtkazish bilan bir qatorda bolalar va oʻsmirlarning telefon, smartfon va komyuterlardan samarali foydalanishlarini nazorat qilish, turli yot gʻoyalar ilgari surilgan kanal va guruhlarga kirib qolishlaridan ogoh boʻlish choralari toʻgʻrisida fikr almashildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Kuz-qish mavsumida Piskent tumani hokimligida uzluksiz faoliyat yurituvchi “TUMAN SHTABI” tashkil etilgan.

Murojaat uchun telefonlar:
🏢 Piskent tuman hokimligi markaziy shtabi:
☎️ (70)54-51-521

Shtab rahbari – Piskent tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Doniyor Abdazimov:
📱 Tel:(98)127-00-47, Bosh mutaxasis (95)128-16-12

Shtab rahbari o‘rinbosari – Piskent tumani Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Umid Ermatov:
📱 Tel:(90)347-30-30

🚒 Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Sa'dulla Islomov
:
📱 Tel:(94)625-25-00, (70)54-53-506 (dispecher), 101,1050

🔥 Piskent tumani Gaz ta’minoti filiali boshlig‘i Otabek To'raqulov:
📱 Tel:(99)403-00-15 (dispecher), 104, 99-961-10-04

⚡️ Piskent tumani Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Azim Atayev:
📱 Tel:(99)303-02-87 bosh muhandis 93-595-99-80 (70)54-51-105 70-54-53-098 (dispecher)

🚰 Piskent tumani Suv ta’minoti filiali Bekzod Qodirov:
📱 Tel:(99)111-26-37 (70)54-51-393 (dispecher)

🏫 Piskent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Baxtinisa Ishmuradova
📱 Tel:(91)003-97-86

🚑 Piskent tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Muhabbatxon Qodirova:
📱 Tel:(90)188-14-61, 103

🚓 Piskent tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Qodir Isakov:
📱 Tel:(97)543-70-07, (70)54-51-040


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Oʻrganish

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari Q.Sariyev Piskent tumanida boʻldi.

Respublika ishchi guruhi, tuman hokimi N.Yakubov, sektor rahbarlari hamrohligida Suvti mahallasida “Obod koʻcha, obod xonadon, obod mahalla”  mezonlarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi. 

Mahallada keng koʻlamdagi bunyodkorlik, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi. Shunindek, mahalla binosining ta'mirlanishi, ahоli uchun yangi tibbiyot punkti, kutubxona qurib berilishi, hududdagi qarovsiz maydonlar oʻrnida yashil maskanlar bunyod etilishi, yoshlar, xotin-qizlar bandligi uchun qurilayotgan tekstil korxonasida boʻlib, qurilish-taʼmirlash jarayoni koʻzdan kechirildi. O'rganish natijasida tegishli mas'ullarga ko'satmalar berildi.

Taʼkidlash joizki, qisqa vaqt oraligʻida sharoiti ogʻir boʻlgan ushbu mahallaning qiyofasi butunlay yangicha koʻrinishda namoyon boʻlyapti.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi