PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.65K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Yashil_makon

Yoshlar ham “Yashil makon”ga hissa qoʻshmoqda

Piskent tumani hokimi oʻrinbosari Sherzod Mahmudov boshchiligida Yoshlar ishlari agentligi xodimlari va yetakchilar hashar uyushtirishdi.

Hasharda yoshlar yetakchilari tomonidan hamjihatlikda Suvti mahallasida yoʻl chetlariga 600 tupdan ziyod terak koʻchatlari ekildi. –Maqsadimiz tumanimizda yashil bogʻlar koʻproq boʻlishiga erishish. Buning uchun har bir yoshlar yetakchisi oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan mahallasida yoshlar bilan birgalikda kuzgi koʻchat ekish ishlarida faol qatnashishyapti,-deydi Yoshlar ishlari agentligi rahbari Doniyor Abduraimov.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Piskent tumanida ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Kun_tartibi

Kommunal sohadagi qarzdorliklar bartaraf etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 9-noyabrida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida kommunal tashkilotlarning debitor qarzdorliklarini joriy yil 1-dekabrga qadar toʻliq undirish vazifasi ham belgilab berilgan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Piskent tumanida kommunal soha tashkilotlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tuman hokimi oʻrinbosari D.Abdazimov boshchiligida oʻtgan yigʻilishda suv, elektr, gaz taʼminoti korxonlarining debitor qarzdorliklarini qisqartirish yuzasidan kunlik reja-jadval boʻyicha amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

Yigʻilish davomida xonadonbay, mahallabay, sektorlar kesimida ishlarni tizimli tashkil etish, debitor qarzdorliklarni keskin qisqartirish boʻyicha barcha choralarni koʻrish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида ичимлик суви, қишлоқ хўжалиги ва соғлиқни сақлаш соҳаларида халқаро молия институтлари иштирокида амалга оширилаётган лойиҳалар ижроси кўриб чиқилди.

При Президенте Шавкате Мирзиёеве рассмотрен ход проектов, реализуемых с участием международных финансовых институтов в сфере питьевого водоснабжения, сельского хозяйства и здравоохранения.

#Mirziyoyev #yigilish #loyihalar #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Яшил макон”: Пискентда умуммиллий лойиҳаси доирасида кенг кўламдаги ҳашар ишлари олиб борилди

Туманнинг «Сувти» маҳалласида «Яшил макон» умуммиллий лойиҳаси доирасида кенг кўламдаги ҳашар ишлари олиб борилди. Ҳашар доирасида ҳудудда ободонлаштириш билан бир қаторда кўчат экиш тадбирлари амалга оширилган.

Ҳашарда 5 минг туп терак, 2 минг 750 туп олма, 1 минг 240 туп олхўри ва 1 минг туп гилос кўчати ўтқазилди.

Лойиҳа доирасидаги амалий ишлар натижасида «Сувти» маҳалласидаги Ўзбекистон кўчасида 9 сотих бўш турган ер майдонида «Олмазор боғи» ташкил этилган. Шунингдек, 16 та эҳтиёжманд оила вакилларига 12 тупдан мевали дарахт кўчатлари тарқатилган.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Sport
#Sessiya72

Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari yetmish ikkinchi sessiyasi onlayn shaklda boʻlib oʻtdi.

Kun tartibida Piskent tumani mahalliy byudjetining 2023-yil III-chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi masalalar oʻrin oldi.

Kun tartibiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha tuman hokimi oʻrinbosari D.Abdazimov va tuman Moliya va iqdisodiyot boʻlimi rahbari T.Pardayevning maʼruzalari tinglandi. Deputatlar tomonidan muhokama etib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
PISKENT TUMANI HOKIMI NODIRBEK YAKUBOVNING HOKIMLIK JAMOALARIGA MUROJAATI

Mamlakatimizda davlat va jamiyat boshqaruvining turli sohalarida korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashish borasida keskin va murosasiz kurash olib borishga jiddiy kirishildi..

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Antikorrupsiya
#Seminar

Bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi!

Antikorrupsiya oyligi doirasida Piskent tumani hokimligida huquqiy seminar tashkil etildi.Seminarda viloyat Adliya boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, viloyat prokuraturasi, viloyat hokimligi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat shoʻbasi vakillari, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi, tuman Kengashi kotibiyati, hokimlik apparati xodimlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi doirasida oʻtkazilgan seminarda poraxo‘rlikni oldini olish hamda kelgusidagi vazifalar toʻgʻrisida fikr almashildi. Huquq-tartibot idoralari vakillarining poraxoʻrlik jinoyatiga jazo muqarrarligi borasida maʼruzalari tinglandi.

Jarayonda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. Poraxoʻrlikning shaxs va jamiyatga keskin salbiy taʼsiri toʻgʻrisida hayotiy voqealar asosida videoroliklar namoyish etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi