PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Mavsum_yumushlari
#FVB

Kuz-qish mavsumida yongʻinlar, is gazidan zaharlanish va boshqa ofatlarning oldini olish maqsadida 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yongʻin xavfsizligi oyligi eʼlon qilingan.

Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamda hamkor tashkilotlar birgalikda mahalla va xonadonlar, koʻp qavatli uylar, maktab va bogʻchalarda profilaktik tadbirlar, targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Bunda sovuq mavsumga tayyorgarlik bilan birga, uylarni isitish va ovqat tayyorlash jarayonida ehtiyot choralarini koʻrish, yongʻin xavfsizlik qoidalariga amal qilish haqida tushuntirib boriladi.

❗️Hurmatli fuqarolar! Yongʻin xavfi sezganda zudlik bilan Piskent tumani FVBning ☎️ 70 54 53 506 raqami yoki  101, 1050 qisqa raqamlariga xabar bering.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Аҳолини кичик ва ўрта бизнесга кенг жалб қилишнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

Батафсил: https://uza.uz/posts/538857

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#Tadbirkorlik

Ishbilarmonlik muhiti yaxshilanmoqda

Yurtimizda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholida tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, ularning biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Piskent tumanida 29 ta mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikka koʻmaklashish maqsadida hokim yordamchilari tomonidan 7 mingga yaqin arizalar qabul qilingan. Istiqbolli loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ushbu arizalarning 1 641tasi qanoatlantirildi. Buning natijasida 44 mlrd soʻm mablagʻ ajratib berildi.

Natijada mahallalarda parrandachilik, asalarichilik, issiqhona, tikuvchilik, xizmat koʻrsatish va boshqa yoʻnalishlarda oilaviy tadbirkorlik hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar safi kengaymoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tabrik

Bugun Piskent tumani hokimligi Qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi Ulugʻbek Qodirovning tugʻilgan kuni.

Shu munosabat bilan tuman hokimligi jamoasi nomidan Ulugʻbek Qodirovga uzoq va mazmunli umr, sihat-salomatlik, ishlarida omad hamda oilaviy baxt tilaymiz!


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев Сурхондарё вилоятига келиб, буюк олим Ҳаким ат-Термизий мақбарасини зиёрат қилди. Қуръон оятлари тиловат этилиб, Аллоҳдан юртимизга тинчлик, халқимизга фаровонлик тилаб дуо ўқилди.

По прибытии в Сурхандарьинскую область Президент Шавкат Мирзиёев посетил мавзолей великого богослова Хакима ат-Термизи. Были прочитаны аяты из Корана, дуа с просьбой к Всевышнему ниспослать мир и благополучие нашему народу.

#Mirziyoyev #safar #Surxondaryo #ziyorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Сариосиё тумани Боғистон маҳалласида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Тўпаланг сув омборидан ичимлик суви билан таъминлаш лойиҳаcининг биринчи босқичини ишга тушириш маросими бўлди.

В махалле Богистон Сарыасийского района с участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония запуска первой очереди проекта по питьевому водоснабжению из Тупалангского водохранилища.

#Mirziyoyev #safar #Surxondaryo #ichimliksuvi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Sport #Infografika

Bugungi kunda Toshkent viloyatida jami 4 590 ta sport obyektlari faoliyat koʻrsatmoqda

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Ijtimoiy_himoya
#Seminar

Joriy yilning 10-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash boʻyicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 596-sonli qarori eʼlon qilindi.

Ushbu qarorning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida Pensiya jamgʻarmasi Piskent tuman boʻlimi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi hamkorligida Moʻminobod hamda Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini raislari hamda 30 dan ortiq fuqarolar ishtirokida oʻquv seminari tashkil etildi.

Jarayonda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy himoyaga qamrab olish, nafaqalarni manzilligini taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan tadbirlar batafsil tushuntirildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi hamda Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi rahbarlari tomonidan atroflicha javob berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi