PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.8K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Yoshlar_siyosati_amalda

Respublikamizda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi va hududlarda yoshlar yetakchilari faoliyati natijasida yuzlab yoshlarning mustaqil hayotda oʻz oʻrnini topishi, jamiyatga zarur kasb-hunar egallashi va muammolari hal etilishiga erishilmoqda.

Piskent tumanida 2023-yilning yanvar – oktyabr oylarida "Yoshlar jamg‘armasi"dan jami 685 nafar yigit-qizga amaliy yordamlar koʻrsatilgan.

Ulardan 
12 nafar– haydovchilik kursida oʻqitish;
29 nafar– asbob-uskuna sotib olish;
175 nafar– taʼlim uchun kontrakt toʻlovi;
49 nafar– ilm-fan, sanʼat, sport yoʻnalishlarida oʻquv kurslarida oʻqish;
3 nafar– biometrik pasport;
28 nafar– davolanishi harajatlari;
88 nafar- harbiy xizmat uchun toʻlovlar;
4 nafar- turarjoy kompensatsiyasi
toʻlovlari uchun , jami 2 mlrd 659 mln soʻm mablagʻ ajratilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bildirish

❗️Ichimlik va oqova suv taʼminotidagi oʻzgargan tariflar.

#Infografika

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Тўқсонбости экинлар - мўл ҳосил гарови
#13nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Sport

VILOYATDA SPORT SOHASIGA E'TIBOR ORTIB BORMOQDA

Bugungi kunda mamlakatimizda sportni rivojlantirish, bu borada sportchilarga zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Korrupsiya_illat

Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligiga start berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-81-sonli qarori ijrosini taʼminlash, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasi hamda Toshkent viloyati hokimining 13-noyabrdagi 396-10-0-F/23-sonli farmoyishiga asosan, viloyatimizda joriy yilning 14-noyabrdan 14-dekabrga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” profilaktik tadbirlari oʻtkaziladi.

Ushbu oylik davomida jamiyatda poraxoʻrlikning oldini olish, unga olib boruvchi omillarga qarshi kurashish, korrupsiyaviy holatlarni tahlil etish va minimallashtirish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan profilaktik va targʻibot tadbirlari oʻtkazib boriladi.

Korrupsiya – jamiyat rivojiga toʻsqinlik qiluvchi illatdir. Shu bois ushbu oylikda faol qatnashing!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from Bandlik vazirligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

Kuz-qish mavsumiga hozirlik koʻrilmoqda

Piskent tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish borasidagi ishlar qizgʻin davom etmoqda. Xususan, hududlarga biriktirilgan masʼullar tomonidan koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlari, xususan maktab, bogʻcha va tibbiyot muassasalarida mavsum oldidan koʻrik oʻtkazilmoqda.

23-oktyabr-13-noyabr kunlari davomida 4 ta ishchi guruhi tomonidan 29 ta mahallada, 44 ta koʻp qavatli uylar, 2 ta kasb-hunar maktabi, 42 ta maktab hamda 21 ta bogʻcha, 8 ta davolash profilaktika muassasasi oʻrganib chiqildi. Mavsumiga tayyorgarlik borasida aniqlangan kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmoqda.

Hususan, Oybek mahallasida joylashgan 54-uyning 1000 m2 qismida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. 22 ta koʻp qavatli uylarning yoʻlak qismlari taʼmirlab, beton qoplamasi yotqazildi. Tungi yoritkich chiroqlari oʻrnatiladi. Shu bilan birga, uylar romlariga (framuga) oyna hamda eshiklar oʻrnatildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Piskent tumanida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2023 yilning uchinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi rahbari A.Ablazovning hisoboti.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Piskent tumani Departamenti tomonidan kuz-qish mavsumida aholi ehtiyoji uchun imtiyozli narxda sotiladigan koʻmirni talon-toroj qilish holatiga chek qo‘yildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Toshkent viloyati filiali rahbari S.I., ombori mudiri F.X. va boshqalar 2023-2024-yilgi kuz-qish mavsumida aholi ehtiyoji uchun imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan 794,2 tonna koʻmirni Piskent tumani aholisiga yetkazib bermasdan, qalbaki yuk xatlarini rasmiylashtirish orqali talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Manba

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Tabiatda kuzatilayotgan qum-chang boʻronlari, toʻfonlar va boshqa ofatlar insoniyatning ekologiyaga nopisand munosabatda boʻlishi natijasidir. Oʻzbekistonda ekologik muammolarning oldini olish maqsadida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi.

🌳Unutmaylik, bugun ekilgan bir nihol oʻsib-unib bir kuni azim daraxtga aylanadi, sof havodan nafas olishimizni taʼminlaydi.

🎞Videolavhada Piskent tumani hokimi N.Yakubov boshchiligida koʻchat ekish aksiyasidan lavhalar tasvirga olingan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Yilning sinov fasli boʻlgan kuz-qish mavsumini betelofat oʻtkazish maqsadida tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda

Avval xabar berganimizdek, Piskent tumani hokimligida tashkil etilgan kuz-qish shtabi huzuridagi ishchi guruhi tomonidan barcha maktab va bogʻchalarda, tibbiyot muassasalarida oʻrganishlar olib borildi. Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, milliy gvardiya, kommunal soha xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etib borilmoqda.

Hususan, 2 ta kasb-hunar maktabi, 42 ta maktab, 21 ta bogʻcha, 8 ta davolash-profilaktika muassasasida sovuq mavsumga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kesirilish natijasida 1 ta maktabning tom qismi, 2 ta taʼlim muassasasining iisitish tizimi, 11 ta muassasada koʻmir qozonlari bilan bogʻliq muammolar hal etib, taʼmirlash ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi