PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Mavsum_yumushlari

Bugun Piskent paxta tozalash zavodida agrar soha xodimlari uchun seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda respublika Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi mutasaddi vakillari, tuman hokimligi Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi rahbarlari, agrar soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Jarayonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish, oʻsimliklarni turli zararkunandalardan himoya qilish, dala madaniyatiga rioya qilish, kuzgi shudgorlash, toʻqsonbosti ekinlari ekish singari masalalar keng muhokama qilindi.

Shundan soʻng, dala maydonlari chetiga ekish maqsadida ekilishi rejalashtirilgan 50 ming tup terak koʻchati keltirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi koʻchat ekish ishlari Piskent tumanida qizgʻin davom etmoqda.

Xayrli ishga tuman Moliya va iqtisodiyot boʻlimi, Gʻaznachilik hamda Pensiya jamgʻarmasi xodimlari ham qoʻshilishdi. Bugun Murotali mahallasida oʻtgan hashar davomida jami 200 nafar hasharchi - moliyachilar va mahalla faollari mehnati bilan boʻsh yotgan maydonlar obodonlashtirib, 1000 tup terak koʻchatlari oʻtqazildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон соғлиқни сақлаш соҳаси ходимларига

Работникам сферы здравоохранения Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Yashil_makon

Tuman hokimi boshchiligida yoʻl boʻylariga koʻchat ekildi

Bugun Piskent tumani 1-sektor hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi koʻchat ekish ishlari davom ettirildi. Jumladan, Suvti mahallasi Mustaqillik koʻchasining 1 kilometr qismida yoʻl yoqalari obodonlashtirildi. Maxsus texnika jalb etib, koʻchat ekishga tayyorlangandan soʻng, yoʻllar chetiga tuman hokimi Nodirbek Yakubov boshchiligida besh qator qilib, jami 3 ming tup terak koʻchatlari ekildi.

Obodonlashtirish va koʻchat ekish tadbirlari mahalla faollari tomonidan ichki koʻchalar va xonadonlarda ham davom ettirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi