PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Sport

Piskent tumani Bolalar sport maktabida voleybol hamda basketbol boʻyicha tuman ochiq birinchiligi musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Voleybol oʻyinlarida tumanimizdagi mahalla jamoalari faol ishtirok etishdi. Murosasiz bahslarda yigitlar oʻrtasida kuchli uchlikni Kelovchi, Navoiy va Istiqlol MFY jamoasi egalladi. Sportchi qizlar orasida esa Murotali, Istiqlol va Birlik voleybolchilariga tengi topilmadi.

Basketbol bahslari ham qizgʻin jarayonlarga boy tarzda oʻtdi. 2010-2011-2012-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida kechgan oʻyinlarda Piskent tumani 1-oʻrin, OKMK jamoasi 2-oʻrin va “Olmaliq-3” jamoasi 3-oʻrinni egalladi.

Musobaqa gʻoliblari tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari, diplom va medallar bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Тиббиёт ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы работников сферы здравоохранения в связи с Днем медицинских работников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
“Zulfiya”nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Piskent tuman 30 - sonli Musiqa va san'at maktabida "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti uchun tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 31 nafar faol, iste’dodli, zukko va iqtidorli qizlar ishtirok etdilar.

Mazkur tanlov nizomi talablari asosida 7 ta yo‘nalish - adabiyot, sport, madaniyat, fan, ta’lim, san’at va jamoatchilik bo‘yicha 31 nafar nomzodlarning erishgan yutuqlari va ijodiy faoliyati  o‘rganib chiqildi.
Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan yo‘nalishlar bo‘yicha har bir nomzodning tayyorlagan ishlari odilona baholanib, munosib nomzodlar saralandi.

Viloyat, respublika va xalqaro miqyosda yutuqlarga erishgan, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarning ro‘yxati viloyat komissiyasiga tavsiya etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#yashil_makon

Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Nurafshon shahrida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazilib, “Jurnalistlar bogʻi” tashkil etildi.

Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi hamkorligida oʻtgan aksiyada 1000 nafarga yaqin jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari, norasmiy axborot agentliklari vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Aksiya doirasida Nurafshon shahri stellasi atrofidagi koʻkalamzorlashtirish uchun moʻljallangan 6.8 gektar maydon jurnalist va blogerlar mehnati bilan obod etildi. Jarayonda hududning tuproq iqlim sharoitiga mos boʻlgan 6 ming 400 tup pavloniya, bagryanik, yasin va safora nihollari oʻtqazildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Mavsum_yumushlari

Bugun Piskent paxta tozalash zavodida agrar soha xodimlari uchun seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda respublika Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi mutasaddi vakillari, tuman hokimligi Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi rahbarlari, agrar soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Jarayonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish, oʻsimliklarni turli zararkunandalardan himoya qilish, dala madaniyatiga rioya qilish, kuzgi shudgorlash, toʻqsonbosti ekinlari ekish singari masalalar keng muhokama qilindi.

Shundan soʻng, dala maydonlari chetiga ekish maqsadida ekilishi rejalashtirilgan 50 ming tup terak koʻchati keltirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi