#Yashil_makon
Maktab bogʻiga nihol qadaldi
Lolaariq mahallasida joylashgan 9-maktab ustozlari ham maktab bogʻiga nihol ekishdi.
Kuni kecha maktabda oʻtkazilgan tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari M. Usmonova, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi rahbari S.Azimova, Maktabgacha va maktab taʼlimi rahbari B.Eshmurodova, 9-maktab jamoasi va boshqa taʼlim dargohlari direktorlari qatnashishdi.
Tadbir doirasida ustozlar maktab bogʻiga mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekishdi. Qariyb 15 sotixli bogʻda bugun 100 ga yaqin mevali daraxtlar oʻtqazilgan. Shu bilan birga maktab hududi va atrofdagi boʻsh yerlarga ham terak koʻchatlari ekildi.
Maqsad - ona tabiat sofligiga hissa qoʻshish, oʻsib kelayotgan yosh avlodga yashil makonni meros qoldirishdir.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi

#Iqtibos
Qadimdan ajdodlarimiz ona tabiat bilan uygʻun va hamohang boʻlib yashaganlar. Afsuski, bugungi kunda tabiatga nisbatan isteʼmolchilik kayfiyati kuchayib bormoqda. Iqlim oʻzgarishlari tufayli yuzaga kelayotgan turli muammolardan bugun insoniyat qattiq aziyat chekmoqda. Bunday holat barchamizdan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev.
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi nutqidan.

#Jarayon
Yurtimizda keng koʻlamda olib borilayotgan “Yashil makon” loyihasi doirasida tumanimizdagi mahallalarda kuzgi koʻchat ekish ishlari qizgʻin olib borilmoqda.
1-sektor hududidagi Istiqlol mahallasi faollari ham mahalla idorasi oldidagi 5 sotix boʻsh maydonni obod qildilar. Yaxshidan bogʻ qoladi, deganlaridek, maydon tekislanib, olma, oʻrik, bodom nihollari qadaldi, kichik bogʻ tashkil etildi.
Bu kabi xayrli ishlar mahallaga yoyilib, faollari tashabbusi bilan ichki koʻchalar va guzarlarga ham 200 tupdan ziyod terak, tut, tol koʻchatlari oʻtqazildi.

Turkiston hududida joylashgan “Shuhrat chorva” fermer xoʻjaligida kuzgi koʻchat ekish ishlari olib borilmoqda. Hududdagi ekin maydonlari chetlari yumshatilib, qariyb 1 km qismi 5 qatordan terak ekishga tayyorlandi.
Xoʻjalik rahbari Sh.Xudoyberdiyevning soʻzlariga koʻra, fermer xoʻjaligidagi paxta va gʻalla maydonlari hamda ariq va zovurlar chetlariga jami 2400 tup terak, 760 tup voyish usulida tok, 1300 tup tut koʻchatlari ekish koʻzda tutilgan. Ayni kunlarda obodonlashtirish tadbirlari jadal olib borilmoqda.

#hamkorlik
#tajriba
Ayni kunlarda Toshkent viloyati delegatsiyasi Xitoyda "SHHT mamlakatlari vakillari uchun kambag‘allikni qisqartirish" bo‘yicha o‘tkazilayotgan o‘quv seminarda qatnashishmoqda.
Xitoy Xalq Respublikasining Jangsi provinsiyasining Tashqi ishlar kanselyariyasi taklifiga binoan joriy yilning 5-12 noyabr kunlari Guanchjou shahridagi mazkur tadbirda Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Abdurasul Abdullayev, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Ziyodbek Yo‘ldashov, Piskent tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Obid Manayevlar ishtirok etishmoqda.
Viloyat delegatsiyasi dastlab, Jiangsi provinsiyasi tashqi ishlar vakillari va Guanjou shahrining bir guruh hukumat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda o‘zaro fikr almashildi, tajtiba almashilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 sentyabrida XXR Jiangsi provinsiyasi va Toshkent viloyati o‘rtasida imzolangan Memorandumda bu haqda kelishib olingan edi.
Telegram|YouTube|Facebook

#Tabrik
Bugun Piskent tumani hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Mehrinisa Usmonovaning tugʻilgan kuni.
Shu munosabat bilan tuman hokimligi jamoasi hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari nomidan M.Usmonovani samimiy qutlaymiz. Xalq xizmatidan aslo tolmang, oilalar tinchligi va mustahkamligini taʼminlash yoʻlidagi fidoyi mehnatlaringizga rivoj tilaymiz. Sihat-salomatlik, oilaviy baxt, farzandlar kamolini koʻrib yurish nasib etsin!

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing
Piskent tumani mahalliy budjetining 2023 yil 3-chorakdagi ijrosi to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbari Tohir Pardayevning hisoboti.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Piskent tumani mahalliy budjetining 2023 yil 3-chorakdagi ijrosi to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbari Tohir Pardayevning hisoboti.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bilasizmi
❗️Davlat xizmatchisi tadbirkor yoki uning muassisi bo'lishi mumkin emas
🚫 Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:
▪️o'zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo'lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o'g'illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo'ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo'ladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
▪️pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to'lanadigan boshqa faoliyat bilan shug'ullanishga, O'zbekiston qonunlarida hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
▪️tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga;
▪️tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo'lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;
▪️o'zi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega bo'lgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga;
▪️o'z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko'zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg'alar olishga;
▪️chet davlat fuqaroligini olishga;
▪️qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o'z xizmat mavqei bilan bog'liq holda foydalanishga;
▪️O'zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo'lishga, ko'chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta'lim olish, stajirovka o'tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;
▪️o'zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko'zlab amalga oshirishga.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla
Suvti mahallasida “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Hududdagi 522 ta xonadon toʻliq xatlovdan oʻtkazish natijasida 11 nafar keksa va yordamga muhtoj fuqarolarning xonadonida joriy va kapital taʼmir ishlari belgilab olingandi.
R.Tojiqulova Tinchlik koʻchasida yashaydi. “Ayollar daftari”ga roʻyxatga olingan 2-guruh nogironi boʻlgan ayolning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida tuman tashkilotlari tomonidan hashar oʻtkazildi. Eski ogʻilxona va qurilmalar o‘rniga hozirda homiylik asosida oshxona va maishi binolari, koʻcha devorlari yangitdan qurilmoqda.
Tinchlik koʻchasida yashovchi yana bir ayol- Z.Umarovaning turmush oʻrtogʻi vafot etib, 2 nafar yosh bolasi va qaynonasi bilan yashaydi. Yashash sharoiti ogʻir boʻlgani sababli davlat tashkilotlari homiyligida uy-joyi taʼmirlanib, tomorqasiga toʻqsonbosti ekinlari ekib berilmoqda.