PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.43K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoat_transporti_nazorati

Toshkent viloyatida jamoat transportini isloh qilish, avtomobil qatnovidagi ko'ngilsizliklarning oldini olish hamda haydovchi va yo'lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida, reyd tadbirlari o'tkazilmoqda.

Tafsilotlar "Nurafshon" telekanali lavhasida

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

“Sport targ’ibotchisidan 10 ta ko’chat” aksiyasi doirasida Piskent tumani Sport maktabi jamoasi tomonidan Yoshlik stadionida hashar uyushtirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍6👏3🔥1
#Vatan_tayanchi

⚡️Piskent tumanidagi 4,21,23,28,31-maktablarida ta’lim olayotgan Vatan tayanchi otryadi a’zolariga «VATAN TAYANCHI»  guvohnomasi va ko‘krak nishonlari topshirildi.

Sport maktabida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Toshkent viloyati va Piskent tumani Mudofaa ishlari bo‘limi rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari faxriylari, Vatan tayanchi otryadining 100 nafar a’zolari
ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun,  «VATAN TAYANCHI»  guvohnomasi va ko‘krak nishoni sohiblariga respublika oliy harbiy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyozga ega bo‘ladilar. Tavsiyanomalar berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍8👏3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Piskent tumani Oqtepa mahallasidagi 12-maktabda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kurash bahslari oʻtkazildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍3👏2🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Огоҳ_бўлинг

Ҳурматли фуқаролар!

Ижтимоий тармоқларда асоссиз ва ёлғон хабар тарқатиш, қонун билан жавобгарликка сабаб бўлади!

Шов-шувли хабарларнинг ҳаммаси ҳам кўринганидек бўлмаслиги мумкин.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍4😱3🔥2👏1
#Kuz_qish_mavsumi
#Taraddud

Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov rahbarligida ijtimoiy soha ob'yektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.
👍6🔥1🤩1
#Kuz_qish_mavsumi
#Taraddud

Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov rahbarligida ijtimoiy soha ob'yektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda ishchi guruh tomonidan oʻrganilgan maktab, bogʻcha va tibbiyot muassasalaridagi mavjud holat, issiqlik, gaz, elektr, ichimlik suvi va boshqa xizmatlarda muammolarning oldini olish, sovuq mavsumga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalari masʼullar ishtirokida koʻrib chiqildi.

Tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik shtabi tashkil etilgan boʻlib, shtab nazoratida 46 ta transformator punkti, 170 km havo tarmoqlari mukammal, 99 ta transformator punkti va 310 km havo liniyasi joriy taʼmirlandi. Mavsum oldidan 149,6 km gaz quvurlari zichlikka sinash va kuchli bosim ostida sinovdan oʻtkazib, 13,9 km tarmoqlari taʼmirlandi.

Tumandagi 42 ta maktab va 21 ta bogʻchada isitish tizimlari sozlanib, koʻmir yoqilgʻisi bilan isitiluvchi 18 ta maktabga yoqilgʻi zaxirasi tayyorlandi. Barcha taʼlim muassasalariga dori-darmon uchun 19 mln, elektr sarfi uchun 92 mln, tabiiy gaz uchun 1 mlrd 421 mln, ichimlik suvi uchun 155 mln, internet harajatlari uchun 24 mln soʻm mablagʻ ajratildi.

Shuningdek, yigʻilish davomida kuz-qish mavsumida gaz resurslaridan oqilona foydalanish, is gazidan zaharlanish va boshqa noxush xodisalarning oldini olish yuzasidan mutaxassis tavsiyalari berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍6🔥2
#Bildirish

Hurmatli Piskentliklar!
Isteʼmolchilarning is gazidan zaharlanish va hayot uchun xavfli hodisalar toʻgʻrisida ogohligini oshirish, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan aloqador baxtsiz voqealarning oldini olish maqsadida telegram tarmogʻida “XAVFSIZ GAZ - PISKENTTUMANGAZ” guruhi tashkil etilgan.

👉 https://t.iss.one/Piskenttumangaz 👈 ushbu havola orqali ulanib, fuqarolar tabiiy va suyultirilgan gaz bilan aloqador barcha savollariga javob olishlari hamda gazdan oqilona foydalanish qoidalaridan xabardor boʻlib borishlari mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
🔥3👍2👏1🤝1