PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Yashil_makon

Piskent tumani Elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida hashar tashkil etilib, 500 tup terak ko'chatlari ekildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
201-10-142-Q_23 Сессияни чақириш.pdf
219.1 KB
#Rasman

Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashining navbatdagi VI chaqiriq 71-sessiyasi 2023 yil 31 oktyabr kuni soat 10:00 ga Piskent tumani hokimligi katta majlislar zaliga chaqiriladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Диққат, сўровнома!

ЭНГ ФАОЛ ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИГА ОВОЗ БЕРИНГ!

🔘"Ёшлар кундалиги" йилнинг энг яхшиларини аниқлашда давом этади. Юқоридаги суратда вилоятимиз маҳаллаларида самарали фаолият юритаётган ҳоким ёрдамчилари ўрин олган.

⚡️Сизнингча, қайси ҳоким ёрдамчиси йилнинг энг яхшиси бўлишга лойиқ? Муносибларни қўллаб-қувватланг.

Сўровнома  30 октябрь куни соат 18:00 га қадар давом этади.

Сўровнома ҳомийси:
"ЖАННАТ МАКОН" мебел компанияси

🎁Энг кўп овоз тўплаган иштирокчи йил якунида ҳомийимизнинг махсус совғаси билан тақдирланади.

ОВОЗ БЕРИШ УЧУН
#Kun_tartibi

Piskent tumani hokimligida viloyat hokimligida oʻtkazilgan “Hokimlik soati”da berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, tashkilotda mehnat va ijro intizomini yaxshilash, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” singari qator vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan ichki yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Hokimlik apparati xodimlari ishtirokida oʻtgan yigʻilishda fuqarolar tomonidan yoʻllangan murojaatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish, qonun doirasida hal etish yuzasidan fikr almashildi. Joriy yil oktyabr oyining shu kuniga qadar tuman hokimligiga jami 218 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning 80 tasi ijobiy hal etilgan. 167 tasiga huquqiy maslahat berilib, 51 ta murojaat hal etish jarayonida turibdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Umumxalq_hashari

Piskent tumanida 28-29 oktyabr kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” va “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan hashar doirasida tumanda 5 mingdan ortiq fuqaro, 120 nafardan ortiq xodimlar ishtirok etdi. 29 ta mahalladagi 275 gektar hudud tozalanib, obodonlashtirildi. Bu ishlar uchun 25 ta texnika vositasi jalb etilib, 120 tonna maishiy chiqindi olib chiqildi. 8 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari yetkazilib, yo‘l yoqalari, ichki ko‘chalar, bo‘sh maydonlarga 5 mingdan ortig‘i ekildi. Kuzgi ko‘chat ekish ishlari davom etadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Piskent tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Mehrinisa Usmonova boshchiligida “Oqila ayollar” harakati a’zolari Suvti mahallasining Farovon, Tinchlik ko‘chalarida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdi. Xonadonlar obod bo‘lishida uy bekalarining saranjom-sarishtaligi katta ahamiyatga ega ekanligini hayotiy misollar bilan tushuntirildi. Mahallada 528 ta xonadon bo‘lib, har bir xonadonga mas’ullar kirib, “obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlarini joriy etish uchun amaliy choralar olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bilasizmi

🔰 Maktablarda o'quv yili davomidagi ta'tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

kuzgi ta'til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta'til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta'til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta'til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o'tkazilgan kundan boshlab 1 sentabrgacha.

Ta'tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to'g'ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg'ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

🗓 I sinf o'quvchilari uchun fevral oyi davomida qo'shimcha bir haftalik ta'til belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#OAV_nigohida
#matbuot
#Press_tur

Respublika xotin-qizlari nashri “Saodat” jurnalining 2023 yil oktyabrdagi 10-sonida Piskent tumani paxtazorlarida mehnat qilayotgan chevar terimchilar to‘g‘risida maqola chop etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sessiya_71
#Onlayn

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining yetmish birinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi. Unda sektor mas'ullari, tuman kengashi deputatlari, tegishli korxona, muassasa va tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari qatnashmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sessiya_71

Xalq deputatlari tuman Kengashining yetmish birinchi sessiyasi kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

1.Tuman mahalliy budjetining 2023 yil uchinchi chorakdagi ijrosi to‘g‘risida. Hisobot beruvchi: tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi (T.Pardayev).

2. 2023 yilning 9 oyi davomida tumanda sektorlar faoliyati, korxona va tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlar bilan ishlash holati, hokim yordamchilari faoliyati to‘g‘risida. Axborot beruvchi: tuman Xalq qabulxonasi (X.Odinayev).

3.IIB xodimlari tomonidan 2023 yil 9 oy davomida tuman hududida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida. Hisobot beruvchi: tuman IIB rahbari (L.Raxmatullayev).

4.Tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2023 yilning uchinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlar to‘g‘risida. Ahborot beruvchi: tuman adliya bo‘limi (A.Ablazov).

5.“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha hududiy chora-tadbirlar rejasining ijrosi to‘g‘risida. Hisobot beruvchi: tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis (I.Raimqulova).

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarorining tumanda ijrosi to‘g‘risida. Hisobot beruvchi: tuman hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (A.Manayev).

7.Tumanda 2023 yilning uchinchi choragida mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida. Hisobot beruvchi: tuman Davlat soliq inspeksiyasi (D.Yusupov).

8.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-sonli hamda Toshkent viloyati hokimining 2022 yil 8 iyuldagi 410-10-0-Q/22-sonli qarorlarning tumanda ijrosi to‘g‘risida. Hisobot beruvchi: tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va hotin qizlar bo‘limi boshlig‘i (M.Usmonova).

9. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ehtiyojmand fuqarolarga moddiy yordam ajratish to‘g‘risida. Axborot beruvchi: Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi (J.Sultonov).

10. Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham qabul qilinadi

Prezident qarori (PQ–349, 30.10.2023-y.) bilan ayrim qarorlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi

🔰 Unga ko'ra:

2024/2025-o'quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi O'zbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi;

Milliy gvardiya Qo'riqlash bosh boshqarmasi Bolalar psixologiyasi markazi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlari oshiriladi.

▶️ Shuningdek, Milliy gvardiya bo'linmalari va harbiy qismlarining obyektlariga quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari bosqichma-bosqich o'rnatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Диққат

📢 Тошкент вилоятида фаолият юритаётган давлат фуқаролик хизматчилари диққатига!

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Ишчи гуруҳи жорий йилнинг 3 ноябрь куни, Тошкент вилоятида давлат фуқаролик хизматчиларининг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш, улар учун шарт-шароит яратиш ҳамда давлат фуқаролик хизматига ишга кириш масалаларида сайёр қабул ўтказади.

Ҳудуддаги давлат фуқаролик хизматчилари, давлат фуқаролик хизматига ишга кириш истагидаги номзодлар мурожаатларини @murojaat_argos_bot, @vacancy_argos_bot манзилларига ёзиб юборишлари ҳамда (70) 762-58-71 телефон рақамига боғланишлари мумкин.

Сайёр қабул билан боғлиқ жараёнлар масаласида масъуллар сиз билан боғланишади.

◽️Хоҳишингизга қараб, шахсингиз сир сақланади.

Каналга уланиш — @argos_uz
#Infografika

📊Piskent tumani mahalliy byudjetining 2022 yil 3-chorak tasdiqlangan rejasiga nisbatan 2023 yil 3-chorak daromadlar tushumining bajarilishida solishtirma tahlili.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi