PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Hashar

Bugungi umumxalq hasharida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, ustoz va murabbiylar ham ishtirok etishdi.

"Obod va fayzli mahalla-yurt koʻrki", "Yangi Oʻzbekiston-yashil makonda birlashaylik!" shiori ostidagi
ko‘kalamzorlashtirish ishlari davomida barcha maktab va bog‘chalar hududi obodonlashtirildi. Jami 2 ming tupga yaqin mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hashar

Prokuratura va departament xodimlari "Yashil makon"ga hissa qo‘shishdi

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida  umumxalq xayriya hashariga bugun huquq tartibot organlari xodimlari ham oz hissalarini qoshishdi.

2-sektor shtabi binosi joylashgan Guliston mahallasida magistral yo‘l yoqasidagi 2 gektardan ortiq maydonda obodonlashtirish ishlari boshlandi. Hasharda tuman prokuraturasi, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti, majburiy ijro bo‘limi, hudud imom-xatibi va Guliston mahallasi xodimlari tomonidan 2 500 tup terak ko‘chati ekish uchun joy tayyorlandi.

Hashar ertaga ham davom etadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon

Maktabda "Ustozlar bog‘i" ga asos solindi

Avval xabar berganimizdek, viloyatimizda bugun ham umumxalq hashari davom etmoqda. Hashar doirasida bo‘sh turgan maydonlar obod qilib, bog‘lar barpo etishga kirishilgan.

3-sektor hududidagi Do‘stlik mahallasi 10-maktabda ham "Ustozlar bog‘i"ga asos solindi. Hasharga 3-sektor rahbari L.Rahmatullayev, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari B.Eshmurodova boshchiligida bo‘lim xodimlari, maktab direktorlari va 10-maktab jamoasi qatnashdi.

L.Rahmatullayev barcha ustozlarni xayrli ish boshlaganini quvvatlab, hasharda faol bo‘lishga chaqirdi. Shundan so‘ng 12 sotix bo‘sh maydonga 100 tup terak, 200 tupdan ortiq mevali daraxtlar, gullar o‘tqazildi. Ko‘ngillilar uchun dasturxon yozib, osh damlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Kun_surati

Hashar deganda ko‘z oldimga huddi shunday manzara kelardi. Bolaligimizda mahallada hashar chaqirilsa, oyim albatta bir tog‘ora somsa yoki osh qilib, qo‘limdan yetaklab, meni ham olib borardilar.

Hozir o‘ylasam, ota-onalarimiz shunday birga olib yurib, yoshlikdan el koriga yarashni o‘rgatishgan ekan. Qishloqlarimizda hali hamon shu odatlar saqlanib qolganiga quvondim.

Suratdagi ona-bola hasharga kelishyapti. Hozirgina Do‘stlik mahallasi 10-maktabda oldim.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Kuz-qish mavsumida Piskent tumani hokimligida uzluksiz faoliyat yurituvchi “TUMAN SHTABI” tashkil etilgan.

Murojaat uchun telefonlar:
🏢 Piskent tuman hokimligi markaziy shtabi:
☎️ (70)54-51-521

Shtab rahbari – Piskent tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Donyor Abdazimov:
📱 Tel:(98)127-00-47, Bosh mutaxasis (95)128-16-12

Shtab rahbari o‘rinbosari – Piskent tumani Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Umid Ermatov:
📱 Tel:(90)347-30-30

🚒 Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Islomov Sadulla:
📱 Tel:(94)625-25-00, (70)54-53-506 (dispecher), 101,1050

🔥 Piskent tumani Gaz ta’minoti filiali boshlig‘i Otabek To'raqulov:
📱 Tel:(99)403-00-15 (dispecher), 104, 99-961-10-04

⚡️ Piskent tumani Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Azim Atayev:
📱 Tel:(99)303-02-87 bosh muhandis 93-595-99-80 (70)54-51-105 70-54-53-098 (dispecher)

🚰 Piskent tumani Suv ta’minoti filiali Bekzod Qodirov:
📱 Tel:(99)111-26-37 (70)54-51-393 (dispecher)

🏫 Piskent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Baxtinisa Ishmuradova
📱 Tel:(91)003-97-86

🚑 Piskent tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Muhabbatxon Qodirova:
📱 Tel:(90)188-14-61, 103

🚓 Piskent tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Qodir Isakov:
📱 Tel:(97)543-70-07, (70)54-51-040


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hashar

Kuzgi daraxt ekish mavsumini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Taraqqiyot mahallasida ham yoshlar ishtirokida hashar o‘tkazildi.

Hashar doirasida mahallaga iqlim sharoitiga mos terak, tol, tok ko‘chatlari ekish, 24-maktab binosi hududida, qabristonlar hamda ichki koʻchalarida obodonlashtirish ko‘zda tutilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi