PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.57K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#IT_haftaligi
#taʼlim

TATU NURAFSHON FILIALI TALABALARIGA JAHON TALABLARI ASOSIDA BILIMLAR BERILMOQDA

Batafsil

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Umumxalq_hashari

Toshkent viloyati mahallalarida 28-29 oktyabr kunlari hashar o‘tkaziladi

Kuzgi daraxt ekish mavsumini yuqori saviyada tashkil etish uchun Toshkent viloyati mahallalarida 28-29 oktyabr kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” va “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” shiorlari ostida hashar o‘tkaziladi.

Hashar doirasida ko‘chat yarmarkalarini tashkil etish, turarjoy mavzelari va mahallalarda iqlim sharoitiga mos daraxt ko‘chatlari ekish, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish ko‘zda tutilgan.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi farmoyishi imzolandi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Piskent tumani hokimligida “Yashil makon” umummilliy dasturi ijrosini ta’minlash, kuzgi mavsumda daraxt ekish ishlarini samarali o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga tuman hokimi Nodirbek Yakubov rahbarlik qildi. Sektor rahbarlari, deputatlar, tashkilot va korxona rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida o‘tgan yig‘inda Toshkent viloyati hokimining viloyatimiz ahliga yo‘llagan murojaatnomasi o‘qib eshittirildi.

Unga ko‘ra, 28-29 oktyabr kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” va “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” shiori ostida 29 ta mahallada hashar o‘tkazish belgilab olindi. Hashar doirasida ko‘chat sotish yarmarkalari, tumanning iqlim sharoitidan kelib chiqib, terak va tut ko‘chatlari, mahallalar ko‘chalari va xonadonlarga mevali daraxtlar ekib, yoshlar jamoalari tomonidan “Yoshlar bog‘i” da, mehnat jamoalari tomonidan o‘z hududida yashil bog‘lar tashkil etiladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#2023_yil_1_noyabrdan

🔰 "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o'tkazishga oid xizmatlarni ko'rsatuvchi turistik faoliyatni amalga oshirish lisenziyasi mavjud tashkilotlarga nisbatan quyidagi qo'shimcha lisenziya talab va shartlari qo'llaniladi.

kamida 100 ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablag'larni Xavfsiz turizm jamg'armasiga zaxiraga qo'yish;

ziyoratchilarning guruh rahbari etib O'zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislarini tayinlash;

turoperator shtatida diniy (islomiy) mutaxassisning bo'lishi;

xizmatlarni voyaga yetmagan fuqarolarga ko'rsatmaslik;

xizmatlarini Saudiya Arabistoni Podshohligidagi hamkor tashkilot orqali amalga oshirish.

📌 Bunda ulardan lisenziyani qayta rasmiylashtirishda arizani ko'rib chiqish uchun to'lanadigan yig'im va lisenziya uchun davlat boji undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Natija

"YANGI LOYIHA VA SAMARALI EKSPORTYOR" NOMINATSIYASIDA PISKЕNT TUMANIDA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN "ZHONGTIAN CHEMICAL" MCHJ G‘OLIB BO‘LDI

26-27 oktyabr kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahrida metallurgiya, kimyo sanoati, elektroenergetika, elektrotexnika, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi texnikalari sohalariga ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazildi.

Mazkur yarmakada Piskent tumanida faoliyat olib borayotgan "Zhongtian Chemical" MCHJ korxonasi muvaffaqiyatli qatnashdi. "Yangi loyiha va samarali eksportyor" nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimligi tomonidan g‘olib va faol ishtirok etgan sanoat korxonalari taqdirlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yosh_kitobxon

"Yosh kitobxon" tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Axborot kutuxbona markazi hamkorligida 7-maktabda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida
"Yosh kitobxon" tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tumanimizdagi 29 ta mahalladan saralanib, tuman bosqichiga yetib kelgan 10-14, 15-19 va 20-30 yosh toifasidagi ishtirokchilar o‘rtasida zukkolik bellashuvi o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra,

10-14 yosh toifasida
Dustlik MFYdan Z.Islomov;

15-19 yosh toifasida Mo‘minobod MFYdan N.Obidjonova

20-30 yosh toifasida
Bekobod MFYdan D.Buvaxonova 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
BUGUN HAMMA HASHARGA!

Toshkent viloyati, jumladan Piskent tumani mahallalarida kuzgi daraxt ekish mavsumi tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida 28-29 oktyabr kunlari hashar o‘tkaziladi.

📍 Bu haqda Toshkent viloyati hokimi
farmoyishi chiqarilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hashar
#Har_bir_yoshga_oʻn_nihol

Piskent tumani yoshlar yetakchilari “Har bir yoshga o‘n nihol” aksiyasiga start berishdi

Xabaringiz bor, “Yashil makon” umummilliy dasturining joriy yil kuzgi mavsumi uchun tumanimizda ham hashar uyushtirib, ko‘chat o‘tqazish ishlari jadal olib borilmoqda.

Piskent tumani mahallalarini ko‘kalamzorlashtirishga hissa qo'shish maqsadida  tashkil etilayotgan mazkur hasharda mahallalardagi yoshlar yetakchilari faol qatnashishmoqda. Ko'chat ekish va obodonlashtirish ishlarini o‘z xonadonidan boshlab, ko‘chasi va mahallasida davom ettiradi.

Aziz yoshlar! 
Siz ham faol ishtirok eting va mahallangiz obodligiga oʻz hissangizni qoʻshing!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi