PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.84K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Eʼlon

Hurmatli tadbirkorlar va tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar!

e-auksion.uz platformasida  Piskent tumani, Do‘stlik MFY (Toshkent dengizi bo‘yi) hududidan ko‘chma savdo obyektlari uchun yer maydonlari savdoga chiqarilgan.

❗️150 ming so‘m evaziga Siz bahavo, qulay dam olish muhitidagi joyga ega bo‘lishingiz mumkin.

Bunda ko‘chma savdo obyektlariga vaqtinchalik asosda joylashtirilgan mavsumiy, shuningdek, istalgan vaqtda boshqa joyga oson ko‘chirish va yig‘ish mumkin bo‘lgan ko‘chma savdo obyektlari (lotok, palatka, savdo aravalari, peshtaxta va avtodo‘konlar, avtotirkamalar, avtosisternalar, fudtraklar, tonarlar, savdo avtomatlari, mobil konteynerlar, yengil konstruksiyalar kabi ko‘chma savdo obyektlari) o‘rnatib, foydalanishingiz mumkin.

Auksion g‘olibiga yerdan 3 yil (36 oy) foydalanish huquqi beriladi.

☎️Ma’lumot uchun Piskent tumani hokimligi Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limiga
+998998285811 bog‘laning.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Besh_tashabbus
#Kurash

Yoshlarni sportga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hududlarda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumi doirasidagi sport musobaqalari davom etmoqda.

Oqtepa mahallasida joylashgan 12-maktabda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumi doirasida milliy kurash bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda to‘rt sektordan saralangan jami 36 nafar o‘g‘il bolalar va polvon qizlar “Prokuror kubogi” uchun gilamga tushdilar.

Bellashuvda Istiqlol, Oqtepa mahallasining yosh polvonlari munosib ishtirok etishdi. Qizlar o‘rtasida 48-87 kg vazn toifasida 4 nafar, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 66-90 kgdan ortiq vaznda 5 nafar polvon g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_nigohida

Toshkent viloyatining Piskent tumanida turli xildagi keraksiz temir-tersak qoldiqlaridan boʻyoq ishlab chiqarayotgan “Future paints plant” MCHJ korxonasi faoliyati toʻgʻrisida Qozogʻiston Respublikasining “Atameken business” telekanali ijodkorlari tomonidan tasvirga olish ishlari olib borildi.

Telekanal lavhasida batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim o'simliklar importida bojxona boji nol stavkada qo'llaniladi

“Gulchilik va ko'chatchilik sohalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-341, 23.10.2023 y) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, 2023-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvargacha tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetasiya yoki gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik o'simliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parxishi (TIF TN kodi 0601 va 0602) importida bojxona bojining nol stavkasi qo'llaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Президент Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилоятига ташрифини "Sulton Tex Group" пахта-тўқимачилик кластери фаолияти билан танишувдан бошлади.

Президент Шавкат Мирзиёев начал поездку в Кашкадарьинскую область с ознакомления с деятельностью хлопково-текстильного кластера "Sulton Tex Group".

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Seminar

Vatanparvar, bilimli va yetuk insonlar yurtimiz kelajagini yuksaltiradi. Piskent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan seminar shu mavzuga bag‘ishlandi.

"Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot olib borish bo‘yicha "El yurt umidi" jamg‘armasining xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari" asosida ta’lim olishi, ulardagi imtiyozli stipendiyalar , ustuvor yo‘nalishlar va xujjatlarni topshirish tartibini tushuntirishga bag‘ishlangan onlayn amaliy-uslubiy seminarda 5-IDUM va 42-maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari, uslubchi va psixolog mutaxassislar ishtirok etishdi.

Seminar davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Chet eldagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz bilan bo‘lgan muloqotda faol qatnashdilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#IT_haftaligi
#infografika

Toshkent viloyatida xotin-qizlarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb qilishda yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumot

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik nazorat qilindi

Tumanimizda ijtimoiy soha obektlari va aholining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil etilgan. Bugun tuman hokimi Nodirbek Yakubov boshchiligida ishchi guruh sinov davri bo‘lgan kuz-qish mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha nazorat qildi.

Xususan, Navoiy mahallasida joylashgan ko‘p xonadonli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi "MMM Servis boshqaruv" MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan ta'mirlash ishlari ko‘rib chiqildi. Tom qismlari, kirish yo‘laklaridagi qurilish ishlarini sifatli yakunlash yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi