PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.78K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Bilasizmi

✳️ Qonunchilikka ko'ra, fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yo'nalishida tomorqa yer egalariga 3 million so'mgacha mikrokreditlar berilishi hamda ushbu mikrokreditlar yagona elektron platforma orqali ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus
#Voleybol

Besh tashabbus olimpiadasi mahalla yoshlari, ayniqsa qizlar o‘rtasida sportning keng ommalashishiga olib kelyapti.

🎞Videolavhada 4-maktabda bo‘lib o‘tgan voleybol musobaqalari jarayoni aks etgan.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
тх-78.pdf
11.9 MB
#Мatbuot

"Toshkent haqiqati" gazetasining 2023 yil 21 oktyabrdagi 78-soni mutolaa uchun taqdim etilmoqda. Unda viloyat hayotiga doir materiallar qatorida Piskent tumani Suvti mahallasidagi bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida ham o‘qishingiz mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IT_haftaligi
#intervyu

Sarvar Pirnazarov, IT Park Toshkent viloyati direktori:

– Oʻzbekistondagi eng yirik IT haftaligi doirasida "ICTWEEK Uzbekistan 2023"da Toshkent viloyati dasturchilari faol ishtirok etishmoqda hamda yurtimiz IT bozorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligi yanada ortmoqda
.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI IJROSI YUZASIDAN SЕMINAR O‘TKAZILDI

“O‘zbekiston – 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari” bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuman hokimligida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimligi apparati, tashkilot va muassasalar mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Tuman Adliya bo‘limi rahbari A.Abzalov “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, belgilangan vazifalar va tarmoqlar bo‘yicha istiqboldagi o‘sish ko‘rsatkichlari, shu bilan birga, strategiya doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan maqsadlarga batafsil ma’lumot berdi.

Ma’lumot o‘rnida, Strategiya bo‘yicha Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qaror tarkibidagi yo‘nalishlar Germaniya, Fransiya va Koreya kabi rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, yangi usulda, aholi uchun tushunarli tarzda ishlab chiqilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев ҳудудларда ичимлик суви таъминоти ва оқова сув тизимини яхшилаш, озиқ-овқат экинларини экиш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам улучшения питьевого водоснабжения и системы канализации в регионах, посадки продовольственных культур.

#Mirziyoyev #yigilish #suv #qishloqxujaligi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

"Mahallaning obod bo‘lishi birgina davlat idoralariga bog‘liq emas. Bunda aholi ham o‘z xonadoni, hovlisiga e’tibor qaratishi, hududini tozalashi, tomorqasidan samarali foydalanishi zarur" - Nurafshon TVda Suvti mahallasidagi qurilish va obodonlashtirish ishlari yoritildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Eʼlon

Hurmatli tadbirkorlar va tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar!

e-auksion.uz platformasida  Piskent tumani, Do‘stlik MFY (Toshkent dengizi bo‘yi) hududidan ko‘chma savdo obyektlari uchun yer maydonlari savdoga chiqarilgan.

❗️150 ming so‘m evaziga Siz bahavo, qulay dam olish muhitidagi joyga ega bo‘lishingiz mumkin.

Bunda ko‘chma savdo obyektlariga vaqtinchalik asosda joylashtirilgan mavsumiy, shuningdek, istalgan vaqtda boshqa joyga oson ko‘chirish va yig‘ish mumkin bo‘lgan ko‘chma savdo obyektlari (lotok, palatka, savdo aravalari, peshtaxta va avtodo‘konlar, avtotirkamalar, avtosisternalar, fudtraklar, tonarlar, savdo avtomatlari, mobil konteynerlar, yengil konstruksiyalar kabi ko‘chma savdo obyektlari) o‘rnatib, foydalanishingiz mumkin.

Auksion g‘olibiga yerdan 3 yil (36 oy) foydalanish huquqi beriladi.

☎️Ma’lumot uchun Piskent tumani hokimligi Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limiga
+998998285811 bog‘laning.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Besh_tashabbus
#Kurash

Yoshlarni sportga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hududlarda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumi doirasidagi sport musobaqalari davom etmoqda.

Oqtepa mahallasida joylashgan 12-maktabda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumi doirasida milliy kurash bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda to‘rt sektordan saralangan jami 36 nafar o‘g‘il bolalar va polvon qizlar “Prokuror kubogi” uchun gilamga tushdilar.

Bellashuvda Istiqlol, Oqtepa mahallasining yosh polvonlari munosib ishtirok etishdi. Qizlar o‘rtasida 48-87 kg vazn toifasida 4 nafar, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 66-90 kgdan ortiq vaznda 5 nafar polvon g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi