PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.43K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
21 oktyabr  - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

“Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan Piskent tumanidagi 1-IDUM da “Ko‘ngil osmonida chaqmog‘im, tilim” deb nomlangan badiiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari M.Usmonova, 1-IDUM rahbari M.Qurbonova, maktabning ijodkor o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, ona tili — Vatanga, onaga, millatga qiyoslanadi, ular kabi ulug‘lanadi, madh etiladi. Tadbir davomida o‘quvchilar ijrosida ona Vatan, ona tili kuylangan she’ru qo‘shiqlar tinglandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍5🔥1👏1
#turizm

VILOYAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYALAR JALB QILINMOQDA

Toshkent viloyatida turizm sohasida bir qancha investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Joriy yilda 2,1 trillion soʻm boʻlgan jami 56 ta investitsiya loyihalari, 10 ta turistik firmalar hamda 178 ta yangi oilaviy mehmon uylari tashkil etish rejalashtirilgan.

Batafsil

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
👍8🔥1
#Kitobxon_oila

"Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili" davlat dasturi ijrosini ta’minlash hamda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Suvti mahallasida “Kitobxon oila” tanlovi tashkil etildi.

Mahalladagi Mavlonovlar xonadonida tashkil qilingan kitobxonlik tadbirida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ullari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi mutasaddilari, Axborot kutubxona markazi xodimlari, mahalladagi ziyoli oila vakillari ishtirok etdi. Jarayonda yosh shoira Shodiya Xasanovaning "Onam ekkan rayhonlar" nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari "Kitobxon oila", "Yosh kitobxon" nominatsiyalari bo‘yicha saralanib, Ma’naviyat va ma’rifat tuman bo‘linmasi tomonidan faxriy yorliq va kitoblar bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍6🔥2👏2🎉2🤩1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Millatramzi

📌21-оktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Har bir millatning o‘z qadriyati, milliyligini namoyon qiluvchi vosita va manbalari mavjud. Til ana shunday jihatlarning eng mukammal va munosibi hisoblanadi.

Yuragim tarannum etgan bayotman,
Ona tilim borki, men barhayotman!
..

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍7👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati

Ona tilim, desam, abad,
Navoiydan navo kelar,
Besh qit’aga nur taratgan beshta doston bosh ko‘tarar.   


21 oktyabr-O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlangan  she’riy tuhfa.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ОбодМаҳалла #ОбодХонадон

ЧИРОЙ ОЧАЁТГАН "СУВТИ" МАҲАЛЛАСИ

Давлатимиз раҳбари топшириғига асосан, ҳудудларда “Обод хонадон”, “Обод кўча” ва “Обод маҳалла” меъзонларини жорий этиш бўйича бугун жойларда амалий ишлар бажарилмоқда.

Пискент туманининг “Сувти” маҳалласида бошланган ишлар бугун натижа бера бера бошлади, маҳалла, кўча, хонадон обод бўлиб бораяпти.

Очиғини айтганда, сувнинг бошида, серунум тупроқда истиқомат қилаётган айрим фуқаролар ердан самарасиз фойдаланаётгани, маҳалла қаровсиз ҳолатга келиб қолгани ачинарли.

Бу борадаги ишларимиз ҳали давом этади, халқимиз турмуш даражасини яхшилаш борасидаги барча ишларга камарбаста бўламиз. Муҳтарам Президентимизнинг бугунги сиёсати, энг биринчи навбатдаги вазифамиз ҳам айнан мана шу.

📱 Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube | 📱 Facebook  | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏21🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍5😍2👏1
#Bilasizmi

✳️ Qonunchilikka ko'ra, fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yo'nalishida tomorqa yer egalariga 3 million so'mgacha mikrokreditlar berilishi hamda ushbu mikrokreditlar yagona elektron platforma orqali ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus
#Voleybol

Besh tashabbus olimpiadasi mahalla yoshlari, ayniqsa qizlar o‘rtasida sportning keng ommalashishiga olib kelyapti.

🎞Videolavhada 4-maktabda bo‘lib o‘tgan voleybol musobaqalari jarayoni aks etgan.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍6👏2🔥1🎉1
тх-78.pdf
11.9 MB
#Мatbuot

"Toshkent haqiqati" gazetasining 2023 yil 21 oktyabrdagi 78-soni mutolaa uchun taqdim etilmoqda. Unda viloyat hayotiga doir materiallar qatorida Piskent tumani Suvti mahallasidagi bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida ham o‘qishingiz mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍7🔥1
#Xorij_nigohida

Жоқтан бар: өзбектер темір-терсек қалдықтарынан бояу жасап отыр

"Yo‘qdan bor qilayotgan o‘zbeklar temir-tersak qoldiqlaridan bo‘yoq ishlab chiqaryapti"- Qozog‘istonning "Atameken business" telekanalida Toshkent viloyati Piskent tumanidagi «FUTURE PAINTS PLANT» MCHJ faoliyati yoritildi. Ushbu korxonada metall chiqindilaridan sanoatbop pigment olinadi.

Batafsil ko‘ring👇👇👇
https://youtube.com/watch?v=QkHWVRpjhxY&si=XGa-h-M98k5Mn2EA
👍7😍3👏1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IT_haftaligi
#intervyu

Sarvar Pirnazarov, IT Park Toshkent viloyati direktori:

– Oʻzbekistondagi eng yirik IT haftaligi doirasida "ICTWEEK Uzbekistan 2023"da Toshkent viloyati dasturchilari faol ishtirok etishmoqda hamda yurtimiz IT bozorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligi yanada ortmoqda
.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
#Seminar

“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI IJROSI YUZASIDAN SЕMINAR O‘TKAZILDI

“O‘zbekiston – 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari” bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuman hokimligida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimligi apparati, tashkilot va muassasalar mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Tuman Adliya bo‘limi rahbari A.Abzalov “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, belgilangan vazifalar va tarmoqlar bo‘yicha istiqboldagi o‘sish ko‘rsatkichlari, shu bilan birga, strategiya doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan maqsadlarga batafsil ma’lumot berdi.

Ma’lumot o‘rnida, Strategiya bo‘yicha Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qaror tarkibidagi yo‘nalishlar Germaniya, Fransiya va Koreya kabi rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, yangi usulda, aholi uchun tushunarli tarzda ishlab chiqilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍7👏1