PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.8K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Uch_avlod_uchrashuvi

Faxriy chegarachilar yoshlar bilan uchrashdi

Keksalar tajribasi va yoshlar shijoati jam bo‘lgan sohadа rivojlanish bo‘ladi. Joylarda tashkil etilayotgan uch avlod uchrashuvlari esa faxriylarga hurmat-e’tibor ko‘rsatish, hayotiy va sohaviy tajribalarini o‘rganishga imkon beradi.

Mustaqillik mahallasida joylashgan DXX chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Unda chegara qo‘shinlari faxriylari, harbiy xizmatchilar, chegaraoldi maktab o‘quvchilari, “Yosh chegarachilar” klubi azolari ishtirok etdi.

DXX chegara qo‘shinlari faxriysi, iste’fodagi polkovnik R.Sultonov harbiylar va yoshlarga harbiy xizmatni o‘tash mashaqqatli va sharafli burch ekanligini ta’kidlab, xizmat davridagi esda qolarli xotiralarini yodga oldi. Vatan tinchligi uchun qilingan ishlar, davlat chegarasini buzgan jangarilar, qo‘lga olingan giyohvand va qurollar haqida so‘zlab berdi. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tabrik

Bugun Piskent tumani hokimligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi kotibi Doston Ortiqboyevning tug‘ilgan kuni. Shu munosabat bilan hokimlik jamoasi nomidan D.Ortiqboyevni samimiy tabriklaymiz.

Hamisha sihat-salomatlik, baxt-omad, ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
‼️Адашиб қолманг!

“Умра” тадбирини ташкил этиш бўйича талаблар 1-ноябрдан кучга киради.

Норма талабларига жавоб бермайдиган туроперторларга 1-ноябрдан "Умра" тадбирларини амалга ошириш ҳуқуқи бекор қилинади. 

Фулл ўқиш учун 👉 https://uzbektourism.uz/news/view?id=2898

@rezonans24 🎹
#Kitobxonlik

Besh tashabbus olimpiadasi doirasida 1-sektor hududidagi 10 ta mahalla yoshlari o‘rtasida kuni kecha “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovining sektor bosqichi bo‘lib o‘tdi. Kitobxonlar bellashuvida 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasida bahs olib borildi. Fayzobod, Do‘ngqo‘rg‘on va Bekobod mahallasi kitobxonlari g‘olib bo‘lishdi.

Bugun 3-sektor mahallalari o‘rtasida o‘tkazilgan kitobxonlik bahslari ham qizg‘in o‘tdi. Jarayonda Do‘stlik, Mingtepa mahallasining yosh kitobxonlari muvaffaqiyatli qatnashib, tuman bosqichiga chiqdilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

"Soliqlarni to'lash — bu nafaqat Konstitutsiyada belgilangan qonuniy burchimiz, balki halollik va ijtimoiy mas'uliyat yuki hamdir" — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G'aniyev

❗️15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Maʼnaviy_muhit

Islom – tinchlik dini. Uning asl mohiyatini o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga to‘g‘ri singdirish ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman vakili A.Jumaboyev, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘limi rahbari S.Azimova, tuman bosh imom xatibi Z.Qudratov, tuman IIB mas’ullari hamkorligida umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilmoqda. 4, 28 va 35-maktablarda bo‘lib o‘tgan tadbirlarda islom dinining asl mohiyati, uning tinchlikparvar din ekanligi, insoniyatni olijanoblikka chaqirishi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev tuman hokimi N.Yakubov va sektor rahbarlari hamrohligida Suvti mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Piskent tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Dilshod Yusupov 4-sektor hududidagi paxta dalalarida bo‘lib, terimchilarga yaratilgan shart-sharoitni o‘rgandi.

Jarayonda X.Qodirov hududi “Ma’mur” fermer xo‘jaligida bo‘lib, terim mavsumida peshqadam bo‘lib kelayotgan 102-otryad paxtakorlari bilan uchrashdi. Samimiy muloqotdan so‘ng terimchilar uchun osh tortildi, ilg‘or paxtakorlarga sektor rahbarining rag‘batlantiruvchi sovg‘alari topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi