PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.8K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Tuman sektor rahbarlari Suvti mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini nazorat qilishdi

Bugun tuman hokimi Nodirbek Yakubov va sektor rahbarlari Suvti mahallasida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlarini joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilishdi. Tumandagi tegishli tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida mahallada xonadonlar va tomorqalarni tartibga keltirish, sanitariya holatini yaxshilash, tibbiyot punkti tashkil etish, salomatlik yo‘lagi qurish, elektr va gaz, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan bajarilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Hududdagi ehtiyojmand va yolg‘iz yashovchi 11 nafar fuqaroning xonadonida yashash sharoitini yaxshilashga yordam berish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga biriktirib berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Suvti mahallasida amaliy ishlar davom etmoqda

Jumladan, tuman Moliya bo‘limi rahbari ko‘magida Mustaqillik ko‘chasi 1-uydan 30-uyga qadar aholi xonadonlari obodonlashtirib, maxsus texnika bilan shudgorlandi. Shuningdek, kuzda tomorqalarga to‘qsonbosti ekinlari ekish maqsadida tuman Fermerlar kengashi tomonidan sarimsoq va piyoz urug‘ligi yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Farovon ko‘chasiga salomatlik yo‘lagi qurilmoqda

Tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan Suvti mahallasi Farovon ko‘chasiga salomatlik yo‘lagi qurish ishlari jadal bajarilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Turkiyalik investorlar bilan hamkorlikda mahallada yangi tekstil korxonasi bunyod etiladi

Suvti mahallasidagi keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari doirasida hududda joylashgan kichik sanoat zonasida yangi korxona bunyod etish va aholi uchun bo‘sh ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda bugun tuman Investitsiya va tashqi savdo bo‘limi mas’ullari bilan birgalikda Turkiyalik investorlar tashrif buyurdi. Maqsad – kichik sanoat zonasi hududida "Zeynep” tekstil korxonasi tashkil etish. Ushbu loyiha uchun turklar tomonidan 1 million dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilib, 2024 yil yanvar oyida qurib bitkazish ko‘zda tutilgan. Loyihaning 1-bosqichida 300 nafar Suvti va atrof mahallalardan ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlanadi.

Ayni kunda yangi korxona uchun poydevor ishlari boshlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Хитой Халқ Республикасида бўлиб ўтган XIХ ёзги Осиё ўйинларида иштирок этган Ўзбекистон спорт делегацияси аъзоларига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева членам спортивной делегации Узбекистана, принявшей участие в XIХ летних Азиатских играх в Китайской Народной Республике

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter