PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Press_tur

Navbatdagi manzil A.Do‘stbekov hududida joylashgan "Nosir" fermer xo‘jaligi bo‘ldi.

Ushbu xo‘jalikda 2023 yil hosili uchun 43,7 gektar maydonda paxta yetishtirilgan. Mavsumda Mingtepa mahallasi chevar terimchilari 25-otryadga birlashib, mehnat qilishmoqda. Terimchilar orasida bir kunda 150-200 kg paxta terayotgan ilg‘orlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Tadbirda qatnashgan Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov, IIB boshlig‘i Lutfulla Rahmatullayev ilg‘or terimchilarning mehnatini alohida e’tirof etishdi. Otryadning yuz nafar terimchilarining barchasiga sovg‘alar topshirildi. Tuman madaniyat bo‘limi xodimlarining kuy-qo‘shiq va raqslari esa davraga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bildirish

“Piskenttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi ogohlantiradi!

Piskent tumani Said, Ahil, Murotali, Taraqqiyot, Oqtom mahallasi hududiga gaz keltiruvchi quvurlarda filtrlarni tozalash va ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2023 yil 25 sentyabr kuni soat 8:00 dan 19:00 ga qadar ushbu hududlardagi aholi va ijtimoiy soha ob'yektlari, ulgurji tabiiy gaz iste'molchilarida vaqtincha, ta’mirlash ishlari yakunlangunga qadar gaz ta'minoti to‘xtatiladi.

“Piskenttumangaz” GTB maʼmuriyati


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hokim_hududlarda

Piskent tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
тх-70.pdf
13.6 MB
#Мatbuot

"Toshkent haqiqati" gazetasining 2023 yil 23 sentyabrdagi 70-sonida piskentlik ilg‘or va shijoatli mahalla raisasi to‘g‘risida "Oqtomning Barnosi" nomli maqolada mutolaa qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Islohotlar_amalda

Obod xonadon, obod ko‘cha va obod mahalla uchun

Obod xonadon, obod ko‘cha va obod mahalla mezonlarini joriy etish bo‘yicha Toshkent viloyati ishchi guruhi rahbari V.O‘rinboyev Piskent tumanida bo‘ldi. Tuman shtabi rahbari, sektor rahbarlari va tuman hokimligi vakillari hamrohligida hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Suvti mahallasida bo‘lgan V.O‘rinboyev ushbu hududdagi obodonlashtirish va ko‘kalamlashtirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash ishlarini mas’ullar ishtirokida xonadonbay ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, hududdagi ijtimoiy soha obyektlaridagi shart-sharoitlar, mavjud muammolarni o‘rganib, tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️TADBIRKORLIK QILMOQCHIMISIZ ?

📌Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 68 ta (кўриш)
▫️Ohangaron tumanida 93 ta (кўриш)
▫️Bekobod tumanida 125 ta (кўриш)
▫️Bo‘stonliq tumanida 18 ta (кўриш)
▫️Bo‘ka tumanida 201 ta (кўриш)
▫️Quyichirchiq tumanida 206 ta (кўриш)
▫️Zangiota tumanida 32 ta (кўриш)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 23 ta (кўриш)
▫️Qibray tumanida 41 ta (кўриш)
▫️Parkent tumanida 20 ta (кўриш)
▫️Piskent tumanida 257 ta (кўриш)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 66 ta (кўриш)
▫️Chinoz tumanida 133 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l tumanida 71 ta (кўриш)
▫️Toshkent tumanida 10 ta (кўриш)
▫️Nurafshon shahrida 31 ta (кўриш)
▫️Olmaliq shahrida 82 ta (кўриш)
▫️Angren shahrida 192 ta (кўриш)
▫️Bekobod shahrida 3 ta (кўриш)
▫️Ohangaron shahrida 29 ta (кўриш)
▫️Chirchiq shahrida 5 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l shahrida 1 ta (кўриш)

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Eʼlon

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida ertaga, 26 sentyabr kuni soat 7:00da Suvti mahallasida “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” marafoni o‘tkaziladi.

Marafonga barcha ko‘ngillilarni, mahalladagi 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarni faol qatnashishga taklif etamiz.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида темир йўл соҳасида ҳал қилиниши лозим бўлган асосий масалалар юзасидан йиғилиш бошланди.

Сўнгги етти йилда мамлакатимизда саноат корхоналари сони 2,7 бараварга ошиб, 110 мингтага етгани, 2 мингдан зиёд турдаги янги маҳсулот ишлаб чиқариш йўлга қўйилгани, саноат ҳажми 1,5 бараварга ошгани қайд этилди.

Экспорт ҳажми 1,6 баробар кўпайиб, ўтган йили 19 миллиард долларга етди. Булар ҳисобига мамлакатимизда юк айланмаси 30 фоизга ошди. Айниқса, Тошкент шаҳри, Тошкент вилояти, Самарқанд ва водий вилоятларига юк ташиш 1,5 баравар кўпайди.

Шу билан бирга, ҳалқаро майдондаги вазият ҳисобига транспорт-логистика харажатлари бир неча баробар ошиб кетди.

Ўзбекистон каби дунё океанларига тўғридан-тўғри чиқиш имкони йўқ мамлакатлар учун энг қулай ва арзон транспорт бу – темир йўл ҳисобланади.

Лекин, ҳозир ички бозорда маҳсулотнинг атиги 5 фоизи, экспортда эса 45 фоизи темир йўл орқали ташилмоқда. Яъни, темир йўл компанияси автомобилда юк ташиш билан рақобат қила олмаяпти.

Facebook|Instagram|Twitter
Йиғилишда темир йўл соҳасидаги ислоҳотлар суръати иқтисодиётнинг барча тармоқларида амалга оширилаётган янгиланишлардан ортда қолаётгани, бу соҳада ҳам туб ўзгаришларни амалга ошириш вақти келгани таъкидланди.

Жумладан, бундан икки ой аввал соҳага янги раҳбар тайинланган эди. Тизимда эскича фикрлайдиган, ташаббус билдирмайдиган 30 га яқин раҳбар янгиланди. Самарасиз штатлар қисқартирилди.

Президент топшириғига кўра, 191 та темир йўл станциясига борилиб, улардаги ҳақиқий аҳвол таҳлил қилинди, 500 дан зиёд тадбиркорлар билан учрашилди.

Ушбу тадбирлар натижасида соҳада ҳал қилиниши бўлган асосий муаммолар аниқланиб, уларнинг ечимлари белгилаб олинди.

Жумладан, айрим темир йўл корхоналари рентабеллиги паст, вагонлар паркининг бир қисми таъмирталаб ва янгиланишга муҳтож, соҳада хусусий сектор иштироки учун зарур имкониятлар яратилмаган, билет сотишдаги коррупция, вагонлардаги шароит ва сервисдан аҳолимиз норози. Буларнинг барчаси соҳани ислоҳ қилиш заруриятини кўрсатмоқда.

Facebook|Instagram|Twitter
Давлатимиз раҳбари айрим темир йўл станцияларининг даромади ўз харажатларини қопламаётганига эътибор қаратди.

Масалан, “Назарбек” станцияси атрофида ҳам акциядорлик жамиятига қарашли, ҳам хусусий логистика компаниялари жойлашган.

“Темир йўл”га қарашли “Юксарой” корхонаси йилига 1 гектар майдондан 277 миллион сўм даромад топган бўлса, хусусий корхоналар 1 миллиард сўмдан ортиқ даромад олаяпти.

Шу муносабат билан темир йўл станцияларига хусусий секторни жалб қилиш ва инвестиция киритиш муҳимлиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

Bugun — Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni

👮‍♂️Davlat xavfsizlik xizmati idoralari  saflarida sharaf va mas’uliyat bilan  xizmat qilayotgan soha hodimlarini — umrini yurt tinchligi va osoyishtaligi, el ravnaqi va farovonligi, davlat va xalq manfaatlari himoyasiga bag‘ishlagan yurtdoshlarimizni  bugungi qutlug‘ sana, 26 sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni bilan  samimiy muborakbod etamiz!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sogʼlom_hayot

Sog‘lom hayot sari 5000 qadam

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlar va xotin-qizlar, keksa avlod vakillarini faol hayot tarziga chorlash maqsadida maqsadida Piskent tumanida sport - sog‘lomlashtirish tadbirlari, musobaqalar va turnirlar muntazam tashkil etib boriladi.

Avval xabar berganimizdek, bugun tumanimizning Suvti mahallasida "Sog‘lom hayot sari 5000 qadam" shiori ostida piyoda yurish marafoni hamda badantarbiya mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Erta tongda start olgan marafonda tuman hokimi Nodirbek Yakubov boshchiligida tashkilot va muassasa xodimlari, yosh sportchilar, xotin-qizlar, mahalladagi aholi vakillari, nuroniylar qatnashdi. Marafonning eng keksa va shu bilan birga faol ishtirokchilariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi