PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Avval xabar berganimizdek, Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov bugun 1-sektor hududidagi Murotali mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi.

Ta’kidlash zarurki, har bir hududda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar va muloqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - aholini qiynagan muammolarga ichidan nazar solish va yechimini topishga ko‘maklashishdir.

Bu galgi muloqotda ham Murotali mahallasi fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan masalalar yechimi bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar mas’ul rahbarlar ishtirokida tahlil qilindi. Qabul davomida mahalladagi ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi ko‘tarilib, hal etish choralari aniqlandi. Prezidentimizning 408-sonli qarori 2-bosqichi asosida Murotalida 11 kilometr masofada yo‘llar asfaltlanishi ushbu muammoga yechim bo‘lishi aytildi.

Shuningdek, fuqarolarning ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasidagi murojaatlarini ijobiy hal qilish uchun Suv ta’minoti korxonasi mutaxassislariga aniq topshiriq yuklatildi. Qabuldan so‘ng, tuman hokimi murojaat yo‘llagan ayrim fuqarolarning xonadonida bo‘ldi. Muammolarini hal etish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga vazifalar belgilab berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

YANGI HAYOT UCHUN YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN! Piskent tumanida istiqlol bayrami tantanalari.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Istiqlol_inshootlari

Yangi bino piskentliklar uchun xizmat qiladi

Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi arafasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Piskent tuman bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilishi marosimida Davlat kadastrlari palatasi raisi, Piskent tuman hokimi N.Yakubov, Toshkent viloyati Kadastr boshqarmasi rahbarlari, tuman sektor rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda nuroniylar ishtirok etishdi.

Ramziy lenta kesilgach, barcha ishtirokchilar bo‘limda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, marosim davomida boshqarma rahbariyati tomonidan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan xodimlar taqdirlandi.

Zamonaviy va barcha sharoit yaratilgan binoda piskentliklar uchun samarali xizmat ko‘rsatilishi shubhasiz.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 30-31 avgust kunlari kutilayotgan kuchli yomg'irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va togli hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo vilovati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod. Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung'ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo'stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo'rg'on tumanlarida;
Farg'ona viloyati: So'x, Shohimardon, Farg'ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo'jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#Shukuh

Mustaqillik bayrami xalqimizning eng ulug‘ va eng aziz bayramidir

Mustaqillik mahallasida ham rais va hokim yordamchisi, 4-sektor mas’ullari birgalikda bayram tadbiri uyushtirdilar. Keksalar duoda, yoshlar xizmatda, bolajonlar esa o‘yin-kulgu bilan band.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi