PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.78K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Yoshlar bog‘ida bo‘lib o‘tgan bugungi konsert dasturidan fotolavhalar.
#Sessiya_69
#Onlayn

Ayni vaqtda Xalq deputatlari Piskent tumani kengashining navbatdan tashqari 69-sessiyasi onlayn tarzda bo‘lib o‘tmoqda.
#Sessiya_69
#Onlayn

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

- Piskent tumanidagi qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ochiq elektron
tanlov orqali ijaraga berish bo‘yicha tayyorlangan yer tuzish loyihalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida. Hisobot beruvchi: Piskent tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i (A.Obbosxonov)

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023- yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli qarorini tumanda ijrosi to‘g‘risida. Hisobot beruvchi: Tuman hokimi o‘rinbosari (B.Shermatov):

- “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ehtiyojmand fuqarolarga moddiy yordam ajratish to‘g‘risida. Hisobot beruvchi: “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si raisi (J.Sultonov).

- Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Forum

Piskent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi pedagog xodimlar uchun navbatdagi “Ustozlar milliy forumi” ga start berildi.

Bugun 6-umumta’lim maktabida boshlangan forumda Piskent tumani hokimi Yakubov qatnashdi va ustoz muallimlarga sharafli va mashaqqatli ishlarida ulkan muvaffaqiyat tiladi. Anjumanning tantanali ochilish marosimida 2023-2024 o‘quv yili oldidan tizimda faoliyat yuritayotgan bir guruh pedagog o‘qituvchilar taqdirlandi.

Shuningdek, bir necha sho‘balarda davom etadigan mazkur forumda yangi o‘quv yilida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida ta’lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga olib chiqish, sohada ustivor yo‘nalishlarni belgilab olish, ilg‘or maktablar tajribasini keng joriy etish, xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan o‘quv reja, dastur va o‘quv-metodik majmualarni samarali joriy qilish bo‘yicha yangi rejalar va takliflar ko‘rib chiqilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ko'p kvartirali uylardagi ko'chmas mulk bilan bog'liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so'ng tasdiqlanadi

“Ko'p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–278, 15.08.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko'p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritiladi.

🗓 2024 yil 1 yanvardan:

🔹ko'p kvartirali uylardagi ko'chmas mulk bilan bog'liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to'lovlar bo'yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;

🔹majburiy badallarning yoki to'lovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;

🔹agrotexnik ishlov berishdan hosil bo'ladigan (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko'p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo'lgan chiqindilarni maishiy chiqindilarni to'plash punktlarida yoki chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlari bilan kelishilgan maxsus joylarda yig'ishga ruxsat etiladi.

➡️ Shirkatlar va boshqaruvchi tashkilotlarning hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oldidagi qarzdorligi va ular uchun hisoblangan jarimalarning to'lov muddati 2024 yil 1 oktabrgacha kechiktiriladi.

🔰 Qaror bilan shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi qo'shimcha vakolatlar beriladi:

▫️ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta'minotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

▫️ko'p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta'mirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#DIQQAT

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi bayrami tantanalari o‘tkazilishi munosabati bilan Piskent tumani hokimining 2023 yil 24 avgustdagi 134-10-142-F/23-sonli farmoyishiga asosan, tadbir o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida 27 avgust kuni soat 16:00 dan 22:00 ga qadar

📍Lolaariq mahallasida joylashgan bayram tadbiri bo‘lib o‘tadigan "Yoshlik" markaziy o‘yingohi oldidan "To‘ytepa-Piskent" avtomobil yo‘lining ko‘prik ustidan tuman markazigacha 300 metr masofada umumiy ovqatlanish shoxobchasining oldigacha bo‘lgan qismida transport harakati cheklanadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги муносабати билан юқори натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении в связи с тридцать второй годовщиной независимости Республики Узбекистан группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter