PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#FVB
#Jarayon

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yillik bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida Piskent tumani Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish shtabi a’zo tashkilotlarining kuch va vositalari ishtirokida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot jarayonida maxsus xizmatlar xodimlariga bayramni betalofat o‘tkazish, yong‘inlarni va favqulodda vaziyatlarning oldini olish buyicha yo‘riqnoma tushuntirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#онлайн

⚡️Тошкент вилоятида 1 сотих ер нархи қанча?

Айни пайтда Нурафшон шаҳридаги Ёшлар марказида Давактив агентлигининг "Roadshow" тақдимоти бўлиб ўтмоқда.

📍Тезкор янгиликларни биз билан кузатинг!
👉Toshkent haqiqati
#tuhfa

Davlatimizning mudofaa qudratini har tomonlama oshirish, yetuk va malakali harbiy kadrlarni tayyorlashga, Vatan himoyachilari, ularning oilalari uchun munosib hayot sharoitlarini yaratishga har doim alohida eʼtibor qaratilgan.

Vatanimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami arafasida Piskent tumanida joylashgan 92/27-chegara qism harbiy xizmatchilari uchun yangi bino foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanali marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev, DXX chegara qoʻshinlari 91/17 va 92/27- harbiy qism komandirlari, Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov, harbiy xizmatchilar, askarlar va ularning oila aʼzolari ishtirok etdi.

17 milliard soʻm mablagʻ evaziga bunyod etilgan yangi binoda chegarachilarning oʻquv va jismoniy mashgʻulotlari uchun oʻquv xonalari, maʼnaviyat va kutubxonalar, sport va trenajyor zallari, yotoqxona va oshxonalar, madaniy hordiq xonalari mavjud.

Shuningdek, tadbirda harbiy xizmatchilar uchun barcha sharoit tayyorlangan 18 ta oilaviy xizmat xonadonlari ham foydalanishga topshirildi. Buning uchun uy sohiblari oʻz minnatdorliklarini bildirishdi.

Tadbir davomida tuman madaniyat xodimlari ishtirokidagi konsert dasturi, ijro etilgan askar qoʻshiqlari yigʻilganlarga yanada xush kayfiyat bagʻishladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hashar

Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon shiori ostida Piskent tumani hududlarida obodonlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

Suratlarda: Ahil, Do‘ngqo‘rg‘on, Guliston, Oybek, Oqtepa, Mustaqillik, Taraqqiyot, Do‘stlik MFYda hashar jarayoni.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi