PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.48K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#press_tur
#oltiariq_tajribasi

Piskent tumanida hozirgi kunda Mingtepa, Yangiobod, Birlik mahallalarida “bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida tok soʻrilarida uzum yetishtirish rivojlangan. Aholi tomorqalarida 700 gektarga yaqin uzumzorlar mavjud.

Kelgusida “Oltiariq tajribasi” asosida tumandagi Mingtepa va Yangiobod mahallasida 390 gektar yer maydoni uzumchilikka loyihalashtiriladi. Bunda 20 gektari agroturizmga ixtisoslashtiriladi. 370 gektar kooperatsiya usulida 740 nafar ishsiz aholi ajratib beriladi.

Natijada, 5920 tonna hosil olinib, 3 600 tonnasi vinochilikka, 2 320 tonnasi esa qayta ishlashga (mayiz) yoʻnaltiriladi. mazkur jarayonlar bilan yaqindan tanishitirish maqsadida Piskent tumanining mazkur mahallalariga OAV vakillari va blogerlar uchun press tur tashkil etildi.

Bundan tashqari, jurnalistlarga 1 gektarda 500 tonnali muzlatkich, uzum plantatsiyalari barpo etish orqali yangi ish oʻrinlari, tadbirkorlar tomonidan qurilishi rejalashtirilayotgan savdo va maishiy xizmat obektlari, uzumni qayta ishlash sexi borasidagi loyihalar taqdimoti ham oʻtkazildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#Press_tur

Parkent va Piskent uzumlarining farqi nimada?

Lavhada, shuningdek, bir mavsumda tomorqasidan 6 tonnagacha hosil olayotgan piskentlik bogʻbonlar haqida soʻz yuritiladi.

Batafsil “Mening yurtim” telekanali lavhasida


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Piskent_tumani
#No_comment

Uzumchilik – xalqimizning asriy qadriyatlaridan biri

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Dushanba - viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli o‘rganiladi va muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni o‘rganish va amaliy ko‘mak berish kuni.

🔘Chinoz tumani. Rossiyada ogʻir ahvolga tushib yurtga qaytgan Feruza Orziyeva tuman hokimligi yordami bilan tadbirkorga aylandi.

🔘Nurafshon shahri. Daftardagi 34 nafar ayollarning farzandlariga sogʻlomlashtirish oromgohlariga yoʻllanmalar berildi.

🔘Piskent tumani. Imkoniyati cheklangan yigit-qizlarning 166 ta muammosi yechim topdi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tuman hokimligi tomonidan 40 nafar kam taʼminlangan oilalarning farzandlari sogʻlomlashtirishga yuborildi.

🔘Zangiota tumani. Zoʻravonlik va tazyiqqa uchragan, muammoli, notinch va ajrim yoqasida boʻlgan oilalardagi ayollar bilan suhbat oʻtkazildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Hokimlik binosida tashkil etilgan yigʻilishda chet davlatda yurgan fuqarolarni vatanga qaytarish masalasi koʻrib chiqildi.

🔘Boʻka tumani. "Ezgulik" MFY hududidagi 14 nafar daftarda turuvchi oilaning xonadoni taʼmirlab berildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиевнинг таклифига биноан давлат ташрифи билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Азербайджанской Республики Ильхама Алиева отбыл в эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Seminar

Piskent tumani hokimligi Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tuman bo‘limi hamkorligida amaliy seminar tashkil etildi.

2023 yil hosili uchun g‘o‘za maydonlarida defoliatsiya tadbirlarini sifatli o‘tkazish maqsadida Piskent tumani Oxunboboyev hududidagi “Mamatqulov Ravshan” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan seminarga tuman hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Tulepov, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi inspektori A.Risboyev, agrar soha mas’ullari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar jarayonida g‘o‘za maydonlarida defoliatsiya tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish hosildorlik bilan birga paxta hosilining sifatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlab o‘tildi. Agronom mutaxassislar tomonidan amaliyotda ko‘rsatib, tegishli yo‘l-yo‘riqlar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi