PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.71K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Haftanoma

Piskent tumani hokimligida navbatdagi haftanoma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga tuman hokimi Nodirbek Yakubov raislik qildi. Tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va korxona rahbarlari, yoshlar yetakchilari qatnashdi.
#Haftanoma

Piskent tumani hokimligida navbatdagi haftanoma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga tuman hokimi Nodirbek Yakubov raislik qildi. Tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va korxona rahbarlari, yoshlar yetakchilari qatnashdi.

Haftanoma yig‘ilishi kun tartibida tashkiliy masalalar ko‘rildi. Piskent tumani prokurori lavozimiga Kenjayev Xolmurod Axrorovich, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Islamov Sa’dulla Shukurillayevich, “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi direktori lavozimiga Asqarov Akromxon Xasanxon o‘g‘li tayinlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda tuman hayotiga oid dolzarb masalalar o‘rin oldi. Jumladan, “qizil” toifaga kiruvchi yoshlar bilan ishlash, probatsiya ro‘yxatiga olingan hamda imkoniyati cheklangan yigit-qizlarga biriktirilgan rahbarlar tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordamlar tahlil etildi. Tumanda ushbu toifaga 296 nafar yoshlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, 166 nafarining muammolari ijobiy hal etilgan. 62 nafar yigit-qizning murojaatlari esa hal etish jarayonida.

Yig‘ilish davomida N.Yakubov yoshlarni, ayniqsa nogironligi bo‘lgan yoki hayotda qoqilgan yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash kelajakda ularning to‘g‘ri yo‘l topishlari va farovon hayot qurishlariga katta yordam bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Biriktirilgan har bir mas’ul bilan alohida suhbatlashib, zarur vazifalar belgilandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Tayinlov

Kenjayev Xolmurod Axrorovich Piskent tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.


X.Kenjayev 1985 yilda Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2010 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Ushbu vazifaga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati Zangiota tumani prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Tayinlov

Islamov Sa’dulla Shukurillayevich Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


S.Islamov 1981 yilda Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabini tamomlagan.

Ushbu vazifaga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Tayinlov

Asqarov Akromxon Xasanxon o‘g‘li Piskent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi.


A.Asqarov 1993 yilda Toshkent viloyati Piskent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2016 yilda Toshkent Axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.

Ushbu vazifaga tayinlangunga qadar Piskent tumani budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Bugun Piskent tumani hokimligi va tuman Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan 2023 yil 11 apreldagi "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-son Qonuni ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan seminarda tuman hokimi o‘rinbosari M.Usmonova, Adliya bo‘limi rahbari A.Ablazov, mahallada faoliyat yuritayotgan "beshlik” ishtirok etdi.

Seminar davomida yuqoridagi qonunning mazmun-mohiyati bo‘yicha tuman Adliya bo‘limi rahbari A.Ablazov, yuridik xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh yuristkonsulti R. Mavlanov tomonidan batafsil ma’lumot berildi.  So‘ngra ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan to‘liq javob hamda zarur maslahatlar oldilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab, imkoniyati cheklangan insonlar uchun bayram dasturxoni yozildi.

"Saodat" to‘yxonasida tashkil etilgan tadbirga tuman ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari, imkoniyati cheklangan fuqarolar, yolg‘iz yashovchi keksalardan iborat 80 nafar ishtirokchi qatnashdi. To‘kin dasturxon yozilib, milliy taom-palov damlandi. Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan musiqiy dastur namoyish etildi.

Tadbirga Toshkent viloyati ko‘zi ojizlar jamiyati raisi Z.Rahimova, tuman raisi Sh.Nazirova qatnashib, mustaqil Vatanimizda imkoniyati cheklangan insonlarga ham teng sharoitlar yaratilgani, qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risida so‘z yuritdi. Barchani istiqlol bayramining 32 yilligi bilan tabriklab, jamiyatning faol a’zolariga sovg‘alar topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi