PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Taqdimot
#Infografika

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 avgustdagi "2023-2026 yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-260-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Piskent tumanida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Seminar

Tadbir davomida Farg‘ona viloyatining Oltiariq, Qo‘shtepa tumanlaridan tajriba almashish maqsadida kelgan bog‘bon va agronomlar o‘zlari yetishtirgan mevalar va tajribalarini ishtirokchilarga taqdim etishdi.

Toshkent va Farg‘ona viloyatlari xalqining mehnatsevarligi, bog‘ yaratishga oshuftaligini e’tirof etib, hududning iqlimi hamda uzumchilikni rivojlantirishdagi imkoniyatlarini tahlil etishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Hashar - elni birlashtirgan udum.
Piskent tumani yoshlari "Obod yurt" chellenjiga start berishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Keksalar_turizmi                    

O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SAYOHAT QIL  

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yillik bayrami arafasida "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil" loyihasi doirasida Piskent tumani "Mahalla" hayriya jamoat fondi va  "Nuroniylar"  jamg‘armasi hamkorligida mahallalardagi bir guruh keksalarning Parkent tumani "Kumushkon" va "Xazrati Ali buva"  ziyoratgohiga sayohati tashkil etildi.

Nuroniylar qadamjolarni kezib, so‘lim tabiatdan bahra oldilar. Sayohat davomida yurtimiz tinch, elimiz farovon yashashini tilab duolar qildilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bilasizmi

❗️Hududlarni tozalashga kim mas'ul?

Batafsil infografikada

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
"Oqila ayollar" harakati faoliyatiga 1 yil to‘ldi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 avgustdagi “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 437-sonli qarori asosida “Oqila ayollar” harakati jamoatchilik tuzilmasi tashkil etilgan.

Shu munosabat bilan Ma’naviyat va yoshlar markazida “Oqila ayollar” harakatining yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda mahallalarda “Oqila ayollar” harakati jamoatchilik tuzilmasiga saralangan yetakchilar ishtirok etdi. Tuman hokimi o‘rinbosari M.Usmonova so‘zga chiqib, milliy qadriyatlar, urf-odat va muqaddas an’analarni singdirish, oilalar mustahkamligi, farzand, ayniqsa qizlar tarbiyasi, o‘zaro mehr-oqibat, “oila – muqaddas” tushunchasini keng targ‘ib qilishda fidoiylik ko‘rsatgan harakat yetakchilarini tabrikladi. Sovg‘alar va tashakkurnomalar topshirildi.

Tuman “Oqila ayollar” harakati rahbari R.Turg‘unboyeva, viloyat vakili O.Qodirova so‘zga chiqib, mas’uliyatli ishlarida omad tiladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi