PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Piskent tumani markaziy ko‘chalarida suv quvuri yorilib, ichimlik suvi isrof bo‘layotgani haqida tanqidiy material e’lon qilindi.

"Toshkent suv ta’minoti" MCHJ tuman filiali avariya bartaraf etish brigadasi tomonidan ushbu ichimlik suv tarmoqlarida vujudga kelayotgan nosozliklar bartaraf etilmoqda.

Shu bilan birga tuman aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash holatini yaxshilash maqsadida "Toshkent dengizi" va "Hamkor" suv inshootlariga yangi ichimlik suvi nasoslari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

"Toshkent suv ta’minoti" korxonasi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Seminar
#PQ260

Bugun Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev rahbarligida Piskent tumanida amaliy seminar tashkil etildi.

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Taqdimot

Seminarda Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov so‘zga chiqib, Prezidentimizning 260-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Piskent tumanida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalarni taqdimot qildi.

Unga ko‘ra,
390 gektar yer maydoni uzumchilikka loyihalashtiriladi. Bunda 20 gektar agroturizm imkoniyatlari qo‘llanib, 40 nafar ish o‘rni yaratiladi, 320 tonna hosil olish imkoni bo‘ladi.

370 gektar kooperatsiya usulida ishlab, 740 nafar ishsiz aholi band qilinadi, 5920 tonna hosil olib, 3 600 tonna vinochilik, 2 320 tonna qayta ishlashga (mayiz) yo‘naltiriladi.

390 gektar yangi bog‘larga dastlabki 3 yilda oraliq ekinlar ekish hisobiga

120 gektar kartoshka – 1 800 tonna

50 gektar piyoz – 2 500 tonna

30 gektar sarimsoq piyoz – 300 tonna

65 gektar sabzi – 3 900 tonna

47 gektar bodring – 2 115 tonna yetishtirish mumkin.

Natijada 1 yilda olinadigan yalpi hosil 10 615 tonna, kutilayotgan daromad 21 mlrd 780 ming so‘mga to‘g‘ri keladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Taqdimot
#Infografika

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 avgustdagi "2023-2026 yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-260-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Piskent tumanida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Seminar

Tadbir davomida Farg‘ona viloyatining Oltiariq, Qo‘shtepa tumanlaridan tajriba almashish maqsadida kelgan bog‘bon va agronomlar o‘zlari yetishtirgan mevalar va tajribalarini ishtirokchilarga taqdim etishdi.

Toshkent va Farg‘ona viloyatlari xalqining mehnatsevarligi, bog‘ yaratishga oshuftaligini e’tirof etib, hududning iqlimi hamda uzumchilikni rivojlantirishdagi imkoniyatlarini tahlil etishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi