PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.8K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Piskent tumanida yangi Ma’naviyat va yoshlar markazi faoliyat boshladi

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ayollar_bandligi

Piskent tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan ishsiz va o‘zini band qilish istagidagi ayollar qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.

Jumladan, Mitan maxallasida yashovchi, Sh.Oripova tikuvchilik yo‘nalishida kasbga tayyorlangan va bugungi kunda ishsiz edi. Ayolga ehtiyojiga kura tikuv mashinkasi (qo‘shimcha mashinalari bilan) olib berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from MINENERGY.UZ
Elektr energiyasi yetkazib berishda yuzaga kelayotgan uzilishlar yuzasidan murojaat

So‘nggi kunlarda mamlakatimiz yoqilg‘i-energetika sohasida murakkab vaziyat yuzaga keldi. Xususan, yurtimizning deyarli barcha hududida kunning ma’lum vaqtida elektr energiyasini uzishga majbur bo‘linmoqda.

Jumladan, iyun oyida jami 34,8 mln kVt·soat majburiy cheklov kiritilgan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich iyul oyining o‘tgan 31 kuni mobaynida 175 mln kVt·soatni tashkil qildi. Yoz fasliga o‘tilganidan beri jami 210 mln kVt·soat majburiy cheklov qo‘llanilgan.

Bunga quyidagi omillar sabab bo‘lmoqda.

👉Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
Elektr energiyasi yetkazib berishda yuzaga kelayotgan uzilishlar yuzasidan murojaat So‘nggi kunlarda mamlakatimiz yoqilg‘i-energetika sohasida murakkab vaziyat yuzaga keldi. Xususan, yurtimizning deyarli barcha hududida kunning ma’lum vaqtida elektr energiyasini…
#Vaziyat

O‘zbekiston Energetika vazirligi ham mamlakatda murakkab energetik vaziyat yuzaga kelganini ta’kidladi.

Jazirama issiq sababli Piskent tumanida ham elektr tarmoqlarida yuklamalar ortib ketishi va muntazam ravishda elektr energiyasini uzish holatlari kuzatilmoqda. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, bunday  holat nafaqat tumanimizda, balki tumanlararo yuqori kuchlanishli havo tarmoqlarida yuzaga kelmoqda. Bugun ham Piskent tumanining L-parvoz 110 kB havo tarmog‘idagi uzilish oqibatida 1 soat mobaynida Fayzobod, Istiqlol, Oqtepa, Mingtepa, Do‘stlik, Yangiobod, Bekobod, Lolaariq,  Mitan, Maylobod, Navoiy, Oybek, G‘ayrat, Kelovchi MFYlarda elektr ta’minotida uzilish kuzatildi.

Tuman Elektr ta’minoti korxonasi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanishni so‘rab qoladi.

Piskent tumani Elektr ta’minoti korxonasi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
"CyberWeek" targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Piskent tumani IIB TQB tomonidan ijtimoiy soha vakillari bilan birgalikda ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimlari tomonidan “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” doirasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri davomida Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent viloyati IIBB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi ma’sul hodimlari so‘zga chiqdi. Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlar, ularga qarshi kurashish va bu turdagi jinoyatlardan jabrlanib qolmaslik bo‘yicha ijtimoiy soha vakillariga zarur ma’lumotlarni yetkazdi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from PISKENT TUMAN KENGASHI
#сессия_68

Олтинчи чақириқ Ҳалқ депутатлари Пискент туман Кенгашининг олтмиш саккизинчи сессияси бўлиб ўтмоқда.

Ulaning va ulashing⤵️
https://t.iss.one/PiskentTumaniKotibiyati
Forwarded from PISKENT TUMAN KENGASHI
#онлайн

Сессия кун тартибида қуйидаги масалалар ўрин олган:

1. Жиноят ишлари бўйича Пискент туман судининг 2023 йилнинг олти ойи давомида одил судловни таъминлаш борасида амалга оширган фаолияти тўғрисида.
Ахборот берувчи жиноят ишлари бўйича туман судининг раиси (М.Базаров)

2. Туман маҳаллий бюджетининг 2023 йилнинг 1-ярим йиллик ижроси тўғрисида.
Хисобот берувчи туман молия бўлими бошлиғи (Т.Пардаев)

3. 2023 йилнинг
6 ойи давомида туманда секторлар фаолияти, корхона ва ташкилотлар томонидан жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлар билан ишлаш ҳолати, ҳоким ёрдамчилари фаолияти тўғрисида.
Ахборот берувчи туман Ҳалқ қабулхонаси мудири
(А.Абдуқодиров).

4.Туман ИИБ ходимлари томонидан 2023 йил 6 ой давомида туман ҳудудида жиноятчиликни барвақт олдини олиш ва ҳуқуқбузарликларга қарши курашиш, жамоат тартибини сақлаш ва фуқаролар хавфсизлигини таъминлаш борасида олиб борилган ишлар юзасидан.
Ахборот берувчи туман Ички ишлар бўлими бошлиғи(Л.Рахматуллаев).

5. “Туман даражасидаги давлат органлари ва ташкилотларининг норма ижодкорлиги ҳамда ҳуқуқни қўллаш амалиёти ҳолати тўғрисида”ги ахбороти.
Ахборот берувчи туман Адлия бўлими бошлиғи (Л.Аблазов).

6. Бош прокуратура ҳузуридаги Мажбурий ижро бюроси томонидан биринчи ярим йилликда амалга оширилган ишлари тўғрисида.
Ҳисобот берувчи: Мажбурий ижро бюроси туман бўлими раҳбари.

7. Туманда камбағалликни қисқартириш ва аҳоли бандлигини таъминлаш борасида 2023 йилнинг 6 ойи давомида Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлими томонидан амалга оширилган ишлар юзасидан.
Ҳисобот берувчи: Камбағалликни қисқартириш ва аҳоли бандлигига кўмаклашиш маркази рахбари (М.Мирюнусов)

8. Туманда юқумли касалликларга қарши курашиш юзасидан амалга оширилаётган ишлар холати юзасидан туман СЭО ва ЖС бўлими раҳбарининг 6 ойлик хисоботи тўғрисида.
Ҳисобот берувчи: Туман СЭО ва ЖС бўлими бошлиғи (Д.Рустамова).

9. Кенгаш ваколатига кирувчи бошқа масалалар.

Ulaning va ulashing⤵️
https://t.iss.one/PiskentTumaniKotibiyati
Forwarded from PISKENT TUMAN KENGASHI
#онлайн

Камбағалликни қисқартириш ва аҳоли бандлигига кўмаклашиш бўлими рахбари М.Мирюнусовнинг туманда Камбағалликни қисқартириш ва аҳоли бандлигини таъминлаш борасида 2023 йилнинг 6 ойи давомида Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлими томонидан амалга оширилган ишлар юзасидан ҳисоботи эшитилди.

Ulaning va ulashing⤵️
https://t.iss.one/PiskentTumaniKotibiyati
#сессия

Сессия кун тартибига киритилган барча масалалар депутатларнинг фаол иштироки ва қизғин муҳокамаларига сабаб бўлмоқда.

@piskenthayoti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Intervyu 24 | Toshkent viloyati: yangi tashabbus va imkoniyatlar
#4aug #Uzbekiston24 #Piskent

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Agrar_soha
#Seminar

Qishloq xo‘jaligi sohasida dolzarb palla boshlandi. Bir tomondan paxta hosiliga mavsumiy agrotexnik tadbirlar, ikkinchi tomondan el rizqi bo‘lgan kuzgi bug‘doy sepadigan vaqt yaqinlashmoqda.

Shu munosabat bilan bugun Piskent tumani A. Do‘stbekov hududida seminar tashkil etildi. Unda agrar sohadagi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Seminarda tuman hokimi N.Yakubov rahbarligida sektor rahbarlari, klaster rahbarlari va fermer xo‘jaliklari raislari, agrar soha mas’ullari va mutaxassislar ishtirok etdi.

Jarayonda kuzgi boshoqli don ekish mavsumini samarali tashkil qilish, qulay ob-havo sharoitidan unumli foydalanish, g‘o‘za parvarishidagi mavsumiy tadbirlar va oziqlantirish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish to‘g‘risida so‘z yuritildi. Fermerlarga mutaxassis tavsiyalari berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi