PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.68K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Жиноятчиликни жиловлаш ва аҳоли билан ишлашда сусткашликка йўл қўйганлиги учун Бош прокурорнинг биринчи ўринбосари Б.Валиев, ички ишлар вазирининг биринчи ўринбосари Ш.Раҳмоновга, маҳаллада профилактика инспекторлари ишини лозим даражада ташкил қилмагани учун, ички ишлар вазирининг ушбу соҳага масъул ўринбосари Б.Абдуллаевга ҳайфсан эълон қилинди ва уч ой синов муддати тайинланди

Барча вилоят прокурорлари ва ИИБ бошлиқларининг биринчи ўринбосарлари ўзига тегишли хулоса қилмаса, йил якуни билан барчаси лавозимидан озод этилиши қайд этилди.

Шунингдек, жиноятчиликка қарши курашишда сусткашликка йўл қўйган:

- Сергели, Янгиҳаёт, Шайхонтоҳур, Ғиждувон, Когон, Тупроққалъа, Тахтакўпир, Томди, Яккабоғ, Олтинсой, Зафаробод, Боёвут, Гулистон, Мингбулоқ, Олтинкўл туманлари ички ишлар бошлиқлари;

- Андижон, Бандихон, Бувайда, Нарпай, Юнусобод туманлари прокурорлари эгаллаб турган лавозимидан озод қилинди.

Facebook|Instagram|Twitter
Ўзбекистон халқига Халқлар дўстлиги куни муносабати билан байрам табриги

Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Yangiliklar 24 | Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha «Dolzarb 30 kun» tadbirlari Piskent tumani misolida
#30july #uzbekiston24

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Seminar

Piskent tumani Musiqa va san’at maktabida yoshlarning sportga qiziqishlarini oshirish mavzusiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i 1-o‘rinbosari A.Turopov, tuman hokimi o‘rinbosari S.Xamdamov, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi va Bolalar sport maktabi rahbar va xodimlari, yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Kun tartibida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, sport orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, besh tashabbus olimpiadasi musobaqalarini har bir qishloq va mahallada tashkil etish va u orqali olis hududlarda ham iqtidorli sportchi yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, targ‘ibot ishlarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollari va bir guruh ma’rifat targ‘ibotchilarining O‘zbekiston xalqiga MUROJAATI

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/1865

🌐 @manaviy_markaz
Forwarded from PISKENT TUMAN KENGASHI
106-10-142-Q_23 68-сессияни чақириш.pdf
219.2 KB
#Rasman

Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashining navbatdagi VI chaqiriq 68-sessiyasi 2023-yil 2-avgust kuni soat 10:00 ga Piskent tumani hokimligi katta majlislar zaliga chaqiriladi.

Ulaning va ulashing⤵️
https://t.iss.one/PiskentTumaniKotibiyati
#Sport

Tashkilot xodimlari tuman hokimi kubogi uchun bellashdilar

Piskent tumani hokimi kubogi uchun voleybol bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Sport maktabida o‘tkazilgan bellashuvlarda erkaklar jamoalari o‘rtasida 1-o‘rin 5 maktab, 2-o‘rin Yoshlar ishlari agentligi, 3-o‘rinni Sport maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Ayollar jamoalari o‘rtasida kechgan qizg‘in bahslarda 1-o‘rin Sport maktabi, 2-o‘rin 41-maktab jamoasi va 3-o‘rin Oila va xotin-qizlar bo‘limi jamoasiga nasib etdi.

Goliblar tashkilotchilar hamda Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг июль ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Senat a’zosi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi

Piskent tumaniga Oliy Majlis Senati a’zosi Malika Qodirxonova keldi. Tuman hokimi Nodirbek Yakubov bilan uchrashuvda senat a’zosi kommunal soha rahbarlari ishtirokida hududlarda kuz-qish davri mavsumiga tayyorgarlik masalalarini muhokama etishdi.

Xususan, mahallalarda ijtimoiy soha obektlarida 2023-2024 yil kuz-qish davri mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi, shuningdek, elektr energiyasi, gaz, issiqlik, ichimlik suvi ta’minoti, zarur ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi