PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.78K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_rolik

Chiqindilar o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladimi? O‘zimdan nari qilsam, qutuldim deb o‘ylaysizmi? Yo‘q!

Tabiatni asrang!


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan (307-son, 22.07.2023 y.) Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga muvofiq, kasanachilikni tashkil qilgan tadbirkorlarga Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'laridan ular faoliyatining dastlabki 3 oyida bir oylik o'rtacha daromadi miqdorida 1 martalik subsidiya beriladi.

📝 Subsidiya olish uchun hokim yordamchisi tavsiyasi asosida mahalliy mehnat organiga yoki YIDXP (my.gov.uz) portali orqali murojaat qilishi mumkin. Murojaatda kasanachi ma'lumotlari, subsidiya to'lab berilishi lozim bo'lgan hisobvaraq va manzili ko'rsatiladi.

🗓 Murojaat 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Subsidiya ajratish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:

🔹 hujjatlar to'liq taqdim qilinmaganida;

🔹 kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi YAgona elektron shartnomalar portalida ro'yxatdan o'tkazilmaganda;

🔹 kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi daromadi haqidagi ma'lumot haqqoniyligi tasdiqlanmasa.

🚫 Murojaat rad etilganida 1 kunda bu haqida murojaatchiga xabar beriladi.

📁 Subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganida 5 ish kunida subsidiya murojaatchiga o'tkazib beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Seminar

Paxtachilikda erta va mo‘l hosil yetishtirishda chilpish (chekanka) muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sh.Xaydarov va Piskent tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Tulepov boshchiligida A.Do‘stbekov hududidagi “Qurbonov Jo‘ra” fermer xo‘jaligida amaliy seminar o‘tkazildi. Paxta maydonlarida chilpish (chekanka) ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tashkil etilgan seminarda “Real аgro сotton” paxtachilik klasteri rahbari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va agrar sohaga aloqador barcha tashkilot mas’ullari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda g‘o‘za maydonlarida chilpish tadbirini o‘z muddatida va sifatli o‘tkazish orqali g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi hamda hosil to‘plashini yanada tezlashtirish mumkin bo‘ladi. Seminarda soha mutaxassislari tomonidan bu borada batafsil tushuntirish berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
📊Piskent tumanining ko‘rsatilgan bozor xizmatlar hajmi qanchaga yetdi?

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida Piskent tumanining ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 222,3 mlrd. so‘mga yetdi.

⚪️ 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 101,8 %ni tashkil etdi.

Bundan tashqari:

☑️Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar – 2 177,5 ming so‘m

☑️Transport xizmatlari – 80,1 mlrd. so‘m

☑️Moliyaviy xizmatlar – 35,2 mlrd. so‘m

☑️Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari - 16,1 mlrd. so‘m

☑️Ta’lim xizmatlari – 3,1 mlrd. so‘m

☑️Sog‘liqni saqlash xizmatlari – 0,9 mlrd. so‘m

☑️Yashah va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar –7,6 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
#Bildirish

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

Joriy yilning 27 iyul kuni soat 10:00da Piskent tumani hokimi va Toshkent viloyati Investitsiya, sanoat va savdo boshqarmasi mas’ullari tomonidan tadbirkor va eksportyorlarning sohadagi mavjud muammolarini bartaraf etish, takliflarini o‘rganish yuzasidan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

Shuningdek, muloqotda sektor rahbarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etishadi.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
995127570
999773200


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Tashqi reklamalarda davlat tiliga qay darajada amal qilinmoqda?

Piskent tumani hokimining Davlat tili bo‘yicha maslahatchisi A.Azizov va ishchi guruh tomonidan tumanda tashqi reklama yozuvlarida davlat tili me’yorlariga amal qilinishi bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tabrik

Piskent tumani hokimligi jamoasi hokimlikning Iqtisodiyot bo‘limi xodimasi Shahnoza Komilovani tug‘ilgan kuni munosabati bilan samimiy tabriklaydi. Uzoq va mazmunli umr, sihat-salomatlik, baxt doim hamroh bo‘lsin!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from O‘zsuvta'minot
⭕️⭕️⭕️
Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi

Batafsil: https://uzsuv.uz/uz/posts/779

|🗝Cabinet       |🌐Website
|🤖Bot                |Telegram
|💬Facebook    |🌐Instagram
|
📹YouTube      | 🕊 Twitter
| 💬Chat | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kengash_faoliyatidan

Doimiy komissiyalar faoliyati samaradorligi oshiriladi

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi