PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.43K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Dolzarb_30_kun

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 iyuldagi "Respublika hududida "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirini joriy etish to‘g‘risida"gi 418-F-son farmoyishiga asosan 10 iyuldan boshlab respublikamizning barcha hududlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan tuman hududidagi korxona, tashkilot va tadbirkorlik subektlari va xonadonlarda ham profilaktik ishlar olib borilmoqda. “Parlar Fidan” MCHJ da tashkil etilgan tadbirda yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar va ularning oldini olish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda tushuntirib berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_rolik

Tozalik – siz uchun nima? Siz yurgan yo‘llar, bog‘lar o‘z o‘zidan toza bo‘lib qolmaydi.

🎞Videorolikni ko‘ring va xulosa qiling!

Manba

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍7
#Qabul

Piskent tumani hokimi fuqarolar uchun navbatdagi qabul o‘tkazdi. Qabulda Nodirbek Yakubov 30 nafar fuqaroning murojaatlarini tingladi.

Shuningdek, fuqaro qabulida qurilish, xizmat ko‘rsatish, iqtisodiy va ijtimoiy kompleks tashkilotlari mutasaddilari ham ishtirok etdi. Murojaatlarning aksariyatini moddiy yordam, tadbirkorlik uchun yer, dehqon xo‘jaligi uchun yer olish, uy-joy va asbob-uskuna uchun subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish singari masalalar tashkil etdi.

Tuman hokimi va mutasaddilar ishtirokida aksariyat murojaatlar o‘rganib hal etilgan bo‘lsa, uy-joy, subsidiya, yer olish singari murojaatlar yuzasidan hal etishning qonuniy yo‘llari tushuntirildi. Yechimi bo‘yicha mas’ul rahbarlarga aniq topshiriq berilib, ijrosi tuman hokimi nazoratiga olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍4🙏1
#Murojaat_va_natija

Tuman hokimi o‘rinbosari S.Tulepov G‘ayrat mahallasi Yangihayot ko‘chasida yashovchi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar oldi.

G‘ayrat mahallasida istiqomat qiluvchi N.Parmonovaga uyini ta’mirlash uchun qurilish materiali olib berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍5🙏5
#Bildirish

Iste’molchilar diqqatiga!

“Piskenttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi shuni ma’lum qiladiki, Piskent tumani Suvti va Do‘ngqo‘rg‘on MFY hududidagi “Bo‘katumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tasarrufida bo‘lgan yer usti va yer osti gaz quvurlarini zichlikka va mustahkamlikka kuchli bosim ostida sinov ishlari olib borilishi munosabati bilan mazkur hududlarda 25-27 iyul kunlari gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

“Piskenttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍4🙏3
#Ochiq_muloqot

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha respublika vakillari piskentlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍5