PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Qiynalganga yelka tutish, nochorga imkon berish xalqimizga xos fazilatdir.

Bugun IIV, Mudofaa vazirligi mas’ullari, tuman Kambag‘allikka qarshi kurashish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari M.Miryunusov, Lolaariq mahallasi raisi R.To‘rayev va hokim yordamchisi K.Sobirjonov hududdagi uy ta’miriga muhtojligi uchun "Ayollar daftari" ga ro‘yxatga olingan xotin-qizlar xonadonida bo‘ldi.

Ehtiyojmand insonlar holidan xabar olish barobarida oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi. Shart-sharoitini yaxshilash choralari ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, "Ayollar daftari"ning 4-bosqichida 4 ta sektordan jami 35 nafar uy-joyi ta’mirga muhtoj xotin-qizlar ro‘yxati shakllantirilib, amaliy ishlar olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Республика ишчи гуруҳи ўз фаолиятини Тошкент вилоятида давом эттирмоқда

Давлатимиз раҳбари топшириғига асосан тузилган Республика ишчи гуруҳи ўз фаолиятини Тошкент вилоятида давом эттирмоқда.

📍https://uza.uz/posts/499140

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#infografika

"Dolzarb 30 kun"

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 iyul kunidagi tegishli farmoyishiga muvofiq joriy yilning 10 iyul kunidan  10 avgust kuniga qadar respublikamiz hududida "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun"" tadbiri o‘tkaziladi.

Hurmatli tumandoshlar! Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Хalq_bilan_muloqot

Bugun Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubovning fuqarolar bilan navbatdagi muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Yuzma-yuz o‘tgan qabul jarayonida 48 nafar fuqaroning muammo va murojaatlari tinglab, yechim berildi.
Murojaatlar mazmuniga ko‘ra, uy-joy uchun subsidiya, davolanishga moddiy yordam, yer ajratish, tadbirkorlik hamda moddiy yordam kabi masalalar aksariyatni tashkil etadi.

Qabul jarayonida barcha murojaatlar tuman hokimi hamda bevosita mas’ul rahbarlar tomonidan tahlil qilib, ijrosi bo‘yicha choralar belgilab olindi. Davolanish hamda moddiy yordam bilan bog‘liq ko‘plab masalalar ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

Shu bilan birga yechimi uchun qo‘shimcha o‘rganish hamda vaqt talab etiluvchi masalalar shaxsan tuman hokimining nazoratiga olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bildirish

А-373 yo‘lidagi "razvorot" joyi o‘zgaradi

Piskent tumani hududidan o‘tuvchi A-373 Sirdaryo-Bo‘ka-Piskent-Ohangaron- Angren-Andijon orqali-O‘sh xalqaro ahamiyatga ega 1-toifali  avtomobil yo‘lining  101-chaqirimida o‘zboshimchalik bilan ochilgan qayrilib olish (razvorot) joyi  yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida  Piskent tumani Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan yopildi.

Ushbu yo‘lning  99-chaqirimida  2 km oraliq masofada Piskent tumani Chimqo‘rg‘on mahallasi hududida  qayirilib olish (razvorot) uchun yengil va katta hajmli yuk transport vositalari xavfsiz harakatlanish joyi mavjud bo‘lib, transport vositalari ushbu yerdan harakatni amalga oshiradi.

Qodir Isakov, Piskent tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tabrik

Bugun Piskent tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Abid Manayevning tug‘ilgan kuni.

Shu munosabat bilan tuman hokimligi apparati, tuman rahbariyati nomidan samimiy tabriklaymiz. Tumanimiz va vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlaringizda muvaffaqiyat hamroh bo‘lsin. Sihat-salomatlik, mazmunli umr, oilaviy baxt va farzandlar kamolini ko‘rish nasib etsin!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Bugun «sukunat kuni»

Kecha O‘zbekiston prezidentligiga saylovoldi tashviqotning oxirgi kuni edi.

Saylov kodeksining 44-moddasiga ko‘ra, saylov kuni va ovoz berishga 1 kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ma’lumot uchun, saylovda ovoz berish ertaga, 9 iyul kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Inson_qadri

IIB mas’ullari qiynalgan oilalar holidan xabar olishdi

Respublika, viloyat va tuman rahbarlarining xonadonma-xonadon yurib o‘rganishlari davom etmoqda. Kuni kecha viloyat IIB mutasaddilari, 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i L.Rahmatullayev, mahalla raislari birgalikda hududlardagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdi.

Jumladan, G‘ayrat, Navoiy, Oqtepa mahallalarida yashovchi kam ta’minlangan hamda yashash sharoiti og‘ir bo‘lgan insonlar uyiga yo‘qlab borilib, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa yordamlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, sektor rahbari tashabbusi bilan 3-sektor hududida joylashgan Navoiy mahallasi Furqat dahasidagi ko‘p qavatli uylar atrofi shag‘allashtirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi