PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.68K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
YANGI BOG‘CHA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Bugun Oybek mahallasi bolajonlari uchun ajoyib sovg‘a-yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi. Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 13-bo‘g‘cha 1970 yilda qurilgan, moslashtirilgan binoda faoliyat yuritar edi. Hududda bolalar soni ortishi yangi va zamonaviy binoga ehtiyoj tug‘dirdi.

Mana bugun esa Investitsiya dasturi asosida 2 milliard 600 million so‘m evaziga 90 o‘rinli yangi bino bolajonlar ixtiyoriga topshirildi. Tantanali ochilish marosimida Piskent tumani hokimligi mas’ullari, viloyat va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlari, deputatlar, faollar va nuroniylar, ota-onalar jam bo‘lishdi.

Muassasada sifatli ta’lim-tarbiya olish uchun barcha sharoit yaratilgan. Keng, shinam va yorug‘ xonalar, mashg‘ulot va ovqatlanish zallari, oshxonalar issiqlik tizimiga ulangan.

Tadbir doirasida OAV vakillari uchun press tur tashkil etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
MITAN MAHALLASIDA HAM YANGI BOG‘CHA OCHILDI

Bolajonlar va ota-onalarining bayram kayfiyati davom etmoqda. Gap shundaki, bugun yana bir yangi hususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tantanali ochildi.

Mitan mahallasida joylashgan yangi bog‘cha ayniqsa tuman markazida joylashgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi onalarga katta qulaylik yaratdi. Yosh tadbirkor Sh.Atayeva tashabbusi bilan qad rostlagan muassasa 50 nafar bolajonlarni o‘z bag‘riga oldi. Shinam va yorug‘ xonalarda bolajonlar ona tilidagi mashg‘ulotlardan tashqari rus va ingliz tili, musiqa va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Tadbirda qatnashgan Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari S.Azimova, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari B.Ishmurodova o‘z so‘zida bolajonlar bu maskanda yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalanib, Vatanimiz kelajagi uchun zarur insonlar bo‘lib yetishiga tilak bildirdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Эксперт_минбари

«ЖИМЛИК КУНИ» сайловнинг қонуний ва адолатли ўтишида қандай ўрин тутади?

🔰Жорий йил 9 июль куни бўлиб ўтадиган Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови давлатимиз ва халқимиз ҳаётида муҳим ўрин тутади. Биз сайлов жараёнларини кузатар эканмиз, у бир нечта босқичлардан иборат эканини кўриш мумкин.

📂Аниқроқ айтганда, Сайлов кодексининг 44-моддасига кўра, сайловолди ташвиқоти Марказий сайлов комиссияси томонидан Ўзбекистон Республикаси Президентлигига номзодларни рўйхатга олиш учун белгиланган охирги куннинг эртасидан эътиборан бошланади ва овоз беришга бир кун қолганида тугайди.

‼️Сайлов куни (9 июль) ва овоз беришга бир кун қолганида (8 июль) бундай ташвиқотга йўл қўйилмайди.

🔗 Батафсил

✍️ Хушвақт Хайитов,
Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат бошқаруви академияси кафедра мудири, юридик фанлари доктори, профессор

@olimlar_minbari
#bunyodkorlik

Bolajonlar uchun qo‘shaloq sovg‘a - Рiskеntda bir kunda ikkita bog‘cha foydalanishga topshirildi

BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qiynalganga yelka tutish, nochorga imkon berish xalqimizga xos fazilatdir.

Bugun IIV, Mudofaa vazirligi mas’ullari, tuman Kambag‘allikka qarshi kurashish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari M.Miryunusov, Lolaariq mahallasi raisi R.To‘rayev va hokim yordamchisi K.Sobirjonov hududdagi uy ta’miriga muhtojligi uchun "Ayollar daftari" ga ro‘yxatga olingan xotin-qizlar xonadonida bo‘ldi.

Ehtiyojmand insonlar holidan xabar olish barobarida oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi. Shart-sharoitini yaxshilash choralari ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, "Ayollar daftari"ning 4-bosqichida 4 ta sektordan jami 35 nafar uy-joyi ta’mirga muhtoj xotin-qizlar ro‘yxati shakllantirilib, amaliy ishlar olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Республика ишчи гуруҳи ўз фаолиятини Тошкент вилоятида давом эттирмоқда

Давлатимиз раҳбари топшириғига асосан тузилган Республика ишчи гуруҳи ўз фаолиятини Тошкент вилоятида давом эттирмоқда.

📍https://uza.uz/posts/499140

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#infografika

"Dolzarb 30 kun"

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 iyul kunidagi tegishli farmoyishiga muvofiq joriy yilning 10 iyul kunidan  10 avgust kuniga qadar respublikamiz hududida "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun"" tadbiri o‘tkaziladi.

Hurmatli tumandoshlar! Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi