PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Ijtimoiy_himoya

Piskentlik 237 nafar fuqaroga 283 million so‘m moddiy yordam ajratiladi

Davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri aholini ijtimoiy himoya qilish masalasi bilan bog‘liq. Iyun oyi davomida Piskent tuman hokimligi va sektor rahbarlariga o‘z sog‘lig‘ini tiklash, oilasiga moddiy yordam ko‘rsatish kabi mazmunda jami 261 nafar fuqarodan murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu murojaatlar mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p farzandli, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz qariyalar, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalq deputatlari tuman kengashining 67-sessiyasida 237 nafar fuqaroga "Mahalla" jamoat fondi huzuridagi "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan 283 million so‘m moddiy yordam ajratish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tabrik

Piskent tumani hokimligi jamoasi nomidan tuman hokimligi yuristkonsulti Ziyodilla Yo‘ldoshevni tavallud kuni bilan tabriklaymiz.

Sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ishlarida muvaffaqiyat hamroh bo‘lsin!

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tabrik

Piskent tumani hokimligi jamoasi nomidan tuman hokimligi bosh mutaxassisi Axyorxon Saidaxralovni tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabriklaymiz.

Uzoq umr, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va ishlarida rivoj tilaymiz!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Эксперт_минбари

Дебатларда Президентликка номзодлар томонидан қандай иқтисодий ташаббуслар илгари сурилмоқда?

💠Жорий йил 25 июнь ва 2 июль кунлари “O‘zbekiston-24”, “O‘zbekiston”, “Mahalla”, “UzReport”, “Renessans”, “Zo'rTV”, “MY5”, “Sevimli” ва “Milliy” телеканаллар орқали 5 та сиёсий партиядан Ўзбекистон Республикаси Президентлигига кўрсатилган 4 нафар номзоднинг вакиллари ўртасидаги теледебат эфирга берилди. Таъкидлаш жоизки, президентликка номзодларнинг вакиллари ўртасида бўлиб ўтган мазкур теледебат кенг жамоатчилик ўртасида, ижтимоий тармоқларда муҳокамаларга сабаб бўлди.

⚪️Албатта, бундай кўрсатувларнинг ташкил этилиши, биринчидан, сайловчиларнинг номзодлар тўғрисида кенгроқ маълумотларга эга бўлишларига олиб келса, иккинчидан, номзодлар жамиятдаги муаммоларнинг ичига қанчалик кира олганликлари ҳамда уларнинг мазкур муаммоларни ҳал этиш борасидаги ташаббуслари билан яқиндан танишишга имконият яратади. Бу эса номзодлар ўртасида рақобат шаклланиши ҳамда сайловчиларнинг кимга овоз бериш бўйича мустақил қарор қабул қилишига ёрдам беради.

🔗 Батафсил

✍️ Нодирбек Расулов,
Макроиқтисодий ва ҳудудий тадқиқотлар институти лойиҳа раҳбари, иқтисодиёт фанлари доктори

@olimlar_minbari
#Ijtimoiy_himoya

Murojaat yo'llagan piskentlik fuqarolarga moddiy yordamlar ajratilmoqda

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGI BOG‘CHA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Bugun Oybek mahallasi bolajonlari uchun ajoyib sovg‘a-yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi. Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 13-bo‘g‘cha 1970 yilda qurilgan, moslashtirilgan binoda faoliyat yuritar edi. Hududda bolalar soni ortishi yangi va zamonaviy binoga ehtiyoj tug‘dirdi.

Mana bugun esa Investitsiya dasturi asosida 2 milliard 600 million so‘m evaziga 90 o‘rinli yangi bino bolajonlar ixtiyoriga topshirildi. Tantanali ochilish marosimida Piskent tumani hokimligi mas’ullari, viloyat va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlari, deputatlar, faollar va nuroniylar, ota-onalar jam bo‘lishdi.

Muassasada sifatli ta’lim-tarbiya olish uchun barcha sharoit yaratilgan. Keng, shinam va yorug‘ xonalar, mashg‘ulot va ovqatlanish zallari, oshxonalar issiqlik tizimiga ulangan.

Tadbir doirasida OAV vakillari uchun press tur tashkil etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
MITAN MAHALLASIDA HAM YANGI BOG‘CHA OCHILDI

Bolajonlar va ota-onalarining bayram kayfiyati davom etmoqda. Gap shundaki, bugun yana bir yangi hususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tantanali ochildi.

Mitan mahallasida joylashgan yangi bog‘cha ayniqsa tuman markazida joylashgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi onalarga katta qulaylik yaratdi. Yosh tadbirkor Sh.Atayeva tashabbusi bilan qad rostlagan muassasa 50 nafar bolajonlarni o‘z bag‘riga oldi. Shinam va yorug‘ xonalarda bolajonlar ona tilidagi mashg‘ulotlardan tashqari rus va ingliz tili, musiqa va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Tadbirda qatnashgan Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari S.Azimova, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari B.Ishmurodova o‘z so‘zida bolajonlar bu maskanda yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalanib, Vatanimiz kelajagi uchun zarur insonlar bo‘lib yetishiga tilak bildirdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi